Amaliy qism
Ushbu ishning amaliy qismida biz brauzerimiz yordamida parol menejerini
o‘rnatish usullarini, shuningdek, misol sifatida Dashlane va LastPass dasturidan
foydalangan holda maxsus dasturlardan foydalanishni ko‘rib chiqamiz.
Google Chrome parol menejeri.
Brauzerdagi parol menejeri odatda istalgan
saytga birinchi marta kirganingizda yaratilgan parolni saqlashingizni so‘raydi.
Shundan so‘ng, parol menejeri uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzerga saqlaydi va uni
shifrlangan holda Google profilingizga yuklaydi (agar sizda akkaunt
sinxronizatsiyasi yoqilgan bo‘lsa).
Bundan tashqari, parol menejeri ro‘yxatdan o‘tganingizda kuchli parol
yaratishingizni taklif qiladi. Barcha parollar shifrlangan holda saqlanadi va ularni
qo‘lda
boshqarishingiz
mumkin.
Saqlangan
parollarni
ko‘rish
uchun
kompyuteringizning administrator parolini yoki Google akkauntingiz parolini
kiritishingiz kerak bo‘ladi.
Google Chrome parol menejerini ochish uchun kompyuteringizdagi brauzer
oynasining yuqori o‘ng burchagidagi profil belgisini bosing (10.4-rasm).
10.4-rasm. Google Chrome parol menejeri
Menyudan «
Пароли
» ni tanlang (10.5-rasm).
10.5
-rasm. «Пароли» yordamchi oynasi
10.6
-rasm. Menejerda saqlangan akkauntlarning parollar ro‘yxati
Menejer tizimi sizga qaysi parollar kuchli ekanligini aytib beradi.
Dashlane.
Dashlane, Bu xavfsiz va nafaqat parollarni boshqarish uchun, balki
umuman Internetda foydalanish uchun qulay bo‘lgan bir qator xususiyatlarga ega
parol menejeridir.
O‘rnatish va sozlash.
Agar sizda allaqachon Dashlane o‘rnatilgan bo‘lsa,
ushbu qadamni o‘tkazib yuboring. Agar siz Google Chrome brauzeridan
foydalanayotgan bo‘lsangiz, unda ish stoli dasturini yuklab olishdan oldin sizdan
avval brauzer kengaytmasini yuklab olish talab qilinadi.
Yuklab olish tugagandan so‘ng faylni ishga tushiring. Dashlane internetingiz
tezligiga qarab 3-10 daqiqagacha davom etishi mumkin bo‘lgan kerakli fayllarni
yuklab olishni boshlaydi.
10.7-rasm. Dashlane ning o‘rnatilish jarayoni
Va keyin tizimga kirish sahifasi ochiladi. U hech qanday o‘rnatish
jarayonlarini o‘z ichiga olmaydi.
10.8-rasm. Tizimga kirish sahifasi
Dashlane yordamida hisob yaratish.
Agar sizda allaqachon Dashlane hisob
qaydnomasi bo‘lsa, unda kirish ma'lumotlarini kiriting va davom eting, ammo agar
siz yangi foydalanuvchi bo‘lsangiz, "Hisob qaydnomasini yaratish" bandini tanlang.
10.9-rasm. Dashlane yordamida hisob yaratish.
Dashlane-ga kirish uchun yordam beradigan o‘rnatiladigan parol ko‘rsatmasi
mavjud, ammo parolingizni iloji boricha kuchli qilishingiz kerak. Bu asosiy parol,
shuningdek, siz eslab qolishingiz kerak bo‘lgan yagona parol, shuning uchun u
mustaxkam bo‘lishi kerak bo‘ladi.Bundan tashqari, Parol na serverida, na mahalliy
kompyuteringizda saqlanadi Dashlane barcha saqlangan parollaringizni shifrlaydi
va xavfsizlik siyosatining bir qismi sifatida foydalanadi. Bu xakerlarning parolni
o‘g‘irlay olmasligini ta'minlash orqali xavfsizlikni ta'minlashga yordam beradi,
ammo agar uni unutib qo‘ysangiz, saqlangan parollaringizga kirish huquqini
yo‘qotasiz. Asosiy parolni tiklash mumkin emas.
Parolingizni Dashlane-ga import qilish.
Shunday qilib, siz allaqachon
Dashlane hisobingizni sozlagansiz, endi parollaringizni boshqarishni boshlashingiz
mumkin. Birinchi qadam brauzeringizda saqlagan barcha parollarni Dashlane-ga
import qilish bo‘ladi. Dashlane sozlash paytida avtomatik ravishda brauzerlarni
tekshiradi va sizning vazifangiz import qilinadigan parollarni tanlash bo‘ladi.
10.10-rasm. Dashlane parolini import qilish
Agar ishga tushirish vaqtida ushbu qadam mavjud bo‘lmasa, uni qo‘l bilan
bajarishingiz mumkin. Faqat interfeysning yuqori qismida joylashgan fayllar
bo‘limiga o‘ting va import parollarini tanlang.
Dashlane sizga parollarni import qilishingiz mumkin bo‘lgan boshqa bir qator
parol menejerlari bilan birgalikda brauzerlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Qo‘llab-
quvvatlanadigan ba'zi parol menejerlari orasida LastPass, 1Password , RoboForm va
boshqalar mavjud.
10.11-rasm. Dashlane yordamida parolni qo‘lda import qilish
Bundan tashqari, Dashlane sizga CSV (comma-separated values, vergul bilan
ajratilgan qiymatlar fayli ma'lum bir formatga ega bo‘lgan matn fayli bo‘lib,
ma'lumotlarni jadval tuzilgan formatda saqlashga imkon beradi) faylidagi parollarni
import qilishga imkon beradi. Bu sizning kompyuteringizda parollarning jismoniy
nusxasi bor bo‘lganda yoki avvalgi parol menejeringiz Dashlane tomonidan qo‘llab-
quvvatlanadiganlar qatorida bo‘lmaganida ishlaydi. Ikkinchi menejer uchun avvalgi
menejeringizdan parollarni CSV-faylga eksport qilishingiz kerak bo‘ladi, keyin uni
Dashlane-ga yuklashingiz mumkin.
Fayl parametriga o‘ting, "Parollarni import qilish" va keyin Custom CSV
faylini tanlang. Bu sizni fayl boshqaruvchisiga yo‘naltiradi. CSV fayli saqlanadigan
papkaga o‘ting va uni oching.
10.12-rasm. CSV parolini yuklash
Shu bilan bir qatorda, har bir parolni qo‘lda qo‘shishingiz mumkin. Parollar
bo‘limiga o‘ting va yangisini qo‘shish-ni bosing. Sizdan saytning URL manzilini,
foydalanuvchi nomini va keyin saytga kirish uchun foydalanadigan parolni kiritish
talab qilinadi. Keyin Dashlane parolni o‘ziga qo‘shadi.
Bu yerda siz parolingizni turli xil toifalarga kiritishingiz mumkin, shunda ular
sizga kerak bo‘lganda ularni osongina topishingiz mumkin. Yoki siz Dashlane-ni
o‘zingiz uchun avtomatik toifalarga ajratish uchun qoldirishingiz mumkin.
10.13-rasm. Parolni qo‘lda qo‘shing
Dasturiy ta'minotdan foydalanishda davom etayotganingizda parollaringizni
Dashlanega saqlash imkoniyati mavjud bo‘lib. Har safar yangi veb-saytga
kirganingizda, Dashlane sizga boshqa yorliqni taqdim etadi va Dashlane ga parolni
saqlashni so‘rab, ochilgan oynani ko‘rsatadi.
10.14-rasm. Parolni saqlash so‘rovi.
Biroz vaqt o‘tgach, siz saytlarga avtomatik ravishda kirishingiz uchun barcha
parollaringizni zahirada saqlashingiz kerak. Ushbu funktsiya Dashlane brauzerining
kengaytmasi yoqilishini talab qiladi.
|