• Microsoft Office Publisher dasturida Buklet tayyorlash.
  • Microsoft Office Publisher dasturida Taqvim tayyorlash.
  • Microsoft Office Publisher dasturida Veb-hujjat tayyorlash.
  • 10-amaliy mashg’ulot Mavzu




    Download 58.5 Kb.
    Sana09.11.2022
    Hajmi58.5 Kb.
    #29611
    Bog'liq
    10-amaliyot
    3-amaliyot, 8-amaliyot

    10-amaliy mashg’ulot
    Mavzu: Elektron ofisda nashriy vositalarni yaratish texnologiyalaridan foydalanish.


    Microsoft Office Publisher dasturi.
    Microsoft Office Publisher dasturi nashrdan yoki bosmadan chiqarish uchun turli ko’rinishdagi e’lonlar, bukletlar, taqvimlar, konvertlar, taklifnomalar va h.o. larni elektron shaklda tayyorlash dasturiy mahsuli hisoblanadi. Publisher Microsoft korporatsiyasining Microsoft Office amaliy dasturlar jamlanmasi tarkibida joylashgan bo’lib, OFFICE dasturlar to’plamidagi MsWord, MsExcel, Ms PowerPoint dasturlar bilan birga o’rnatiladi. Dasturninng asosiy qulayliklaridan biri bu foydalanuvchining hujjat tayyorlash jarayonida keng ko’lamdagi, turli shakl va ko’rinishdagi oldindan tayyorlangan hujjat namunalarini ko’rsatish mumkin. Ms Publisher dasturida ishlash jarayonida foydalanuvchi o’zining ehtiyojlaridan kelib-chiqib boshidan mustaqil hujjat ustida ish olib borishi bilan bir qatorda dastur tarkibida mavjud shablon va maketlardan ixtiyoriy vaqtda foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Ms Offise dasturlar to’plamining qolgan dasturlari kabi Publisherda ham hujjatni habar shaklida kompyute tarmog’i orqali jo’natish yoki web-sahifa shaklida tayyorlash mumkin.
    Microsoft Office Publisher dasturini ishga tushirish. (rasm 1)
    Dasturni ishga tushirish uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi:
    Пуск→Все программы→ Microsoft Office→Microsoft Office Publisher
    Microsoft Office Publisher dasturining muloqot oynasi.
    Publisher ishga tushirilganda quyidagi asosiy qismlaridan iborat muloqot oynasi ishga tushadi (rasm2)
    Hujjat nomi – dastur ishga tushirilganda Публикация1 - Microsoft Publisher - печатная публикация nomli fayl yaratiladi. Bu satrda Публикация1 fayl nomi kompyuter xotirasida saqlashda o’zgartirilishi munkin, Microsoft Publisher fayl yaratilgan dastur nomi, печатная публикация bosmadan chiqarishga tayyorlanayotgan hujjatni bildiradi. Menyu satri – hujjatlarni qayta ishlashda qo’llaniladigan, mantiqan Файл, Правка, Вид, Вставка, Формат, Сервис, Таблица, Расположение, Окно va Справка bo’limlariga birlashtirilgan buyruqlardan tashkil topgan muloqot oyna qismi. Ushbu menyulardagi buyruqlar orqali dastur foydalanuvchilari hujjat va hujjat elementlari ustida turli xil amallarni o’ziga qulay tarzda bajarishi munkin.

    Microsoft Office Publisher dasturida Buklet tayyorlash.
    1. MsPublisher dasturini ishga tushiramiz.
    2. Muloqot oynasining chap qismida tayyor Buklet maketini tanlaymiz.
    3. Ochilgan oynada Bukletlar namunalaridan birini tanlaymiz.
    4. Ekranga biz tanlagan ikkita sahifadan tashkil topgan Buklet namunasi yuklanadi. Hujjatimizni ikki sahifadan iboratligi uning old va orqa tomonlarini bildiradi.
    5. Hujjatimiz vertikal chiziqlar bilan uch qismga avtomatik ravishda bo’linadi. Bu keyinchalik uni bosmadan chiqarganimizda bukiladigan joylarini bildiradi.
    6. Ehtiyojlarimizdan kelib-chiqib hujjatning grafik (rasm) va matn obyektlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishimiz munkin.
    7. Hujjatimizni bosmadan chiqarishimiz uchun Файл menyusidan Печать buyrug’idan foydalanamiz.

    Microsoft Office Publisher dasturida Taqvim tayyorlash.
    1. MsPublisher dasturini ishga tushiramiz.
    2. Muloqot oynasining chap qismida tayyor Kalendari maketini tanlaymiz.
    3. Ochilgan oynada Kalendar (taqvim) namunalaridan birini tanlaymiz.
    4. Ekranga biz tanlagan Kalendar namunasi yuklanadi. Bu hujjatdagi ma’lumot faqat bir oy ya’ni Aprel oyiga tuzilgan.
    5. Oynaning chap qismida zarurat tug’ilganda taqvimni yillik namunasini tayyorlashimiz munkin. Buning uchun Месяц или Год bo’limida на год tugmasini bosamiz.
    Natijada oynamizga yillik taqvim namunasi yaratiladi.
    Hujjatimizni bosmadan chiqarishimiz uchun Файл menyusidan Печать buyrug’idan foydalanamiz.
    Microsoft Office Publisher dasturida Veb-hujjat tayyorlash.
    1. MsPublisher dasturini ishga tushiramiz.
    2. Muloqot oynasining chap qismida tayyor Веб узлы и электронная почта maketini tanlaymiz.
    3. Ochilgan oynada Веб узлы (Построитель простых веб-узлов) satrini tanlaymiz.
    Yordamchi muloqot oynasida biz bo’lajak hujjatimizda joylashtirilishi kerak bo’lgan ma’lumotlarni belgilaymiz. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki har bir tanlagan bandimiz natijada hujjatimizga kamida bittadan sahifa qo’shadi. Aynan shu sahifalar bir-biri bilan giperhavola orqali avtomatik tarzda ulanib, asosiy va unga giperhavola yordamida ulangan qolgan sahifalar shaklida hujjat yaratiladi. Biz o’z misolimizda beshta bandni belgilab OK tugmasini bosamiz.
    4. Natijada 11 sahifadan iborat hujjat yaratiladi.
    5. Har bir sahifaga kerakli o’zgartirishlarni kiritib Файл menyusidagi Предворительный просмотр веб-страницы buyrug’ini tanlaymiz.
    6. Bizning hujjatimiz bu safar Internet brauzeri yordamida ochiladi.
    7. Brauzerni yopib hujjatni veb-sahifa ko’rinishida kompyuter xotirasida saqlaymiz
    8. Bizning hujjatimiz Ish stolida Index veb-sahifasi va index.files papkasi shaklida saqlanadi. Bu yerda Index nomli fayl asosiy ishchi hujjat hisoblanadi, index.files papkasi esa yordamchi fayllardan iborat bo’ladi. Keyinchalik ularni Internetga joylashtirish munkin.
    Download 58.5 Kb.




    Download 58.5 Kb.