10-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Tarmoqda xavfsiz soketlarlarni yaratish
Ishning maqsadi: Talabalarda Java dasturlash tilining javax.net.* va
javax.net.ssl.* paketlari klasslaridan foydalanib tarmoqda
xavfsiz soketlarlarni
yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Ishni bajarish tartibi
Secure Socket bilan ishlash uchun avval keyStore-lar
generatsiya qilib
olinishi kerak. Bular bizga Client va Server ma’lumot almashayotganda xabarlarni
maxfiy holatda saqlash uchun shifrlash va deshifrlash uchun xizmat qiladi.
Birinchi bo’lib ixtiyoriy diskingiz ichida papka
yarating, (misolda
rabochiy
stolda “TDA Secure Sockets” papkasi yaratildi).
Va u papka ichida kontekst
menyu orqali ”Open in Windows Terminalini ishga tushiring.
Quyidagicha oyna hosil bo’ladi.
U yerga keytool -genkey -keyalg RSA -keysize 2048 -validity 360 -alias mykey -
keystore myKeyStore.jks komandasini kiriting.
Keyin password
yaratish xabarini beradi, esingizda qoladigan va 6 ta
belgidan kam bo’lmagan parolni ikki marta kiriting (Boshqa qismlarida ham ushbu
parolni yozishingiz tavsiya qilinadi). Sizdan quyidagi ma’lumotlarni kiritishingizni
talab qiladi. Kerakli joylarni to’g’ri holatda to’ldiring hamda keyStore.jks
fayli
sizga generatsiya qilib beriladi.
Endi navbat myKey.cert faylini generatsiya qilishga keldi.
Buning uchun siz davomidan ushbu komandani kiritishingiz kerak: keytool -export
-alias mykey -keystore myKeyStore.jks -file myKey.cert
Natijada sizda yaratgan papkangiz ichida uchta fayl hosil bo’lganini ko’rishingiz
mumkin:
Va nihoyat java application project yaratamiz.
Ushbu fayllarni yaratgan
projectingizning src package qatoriga (ichiga emas) qo’shib olamiz.