Binar siklli bug‘ – kuch qurilmasi




Download 133,08 Kb.
bet4/6
Sana12.01.2024
Hajmi133,08 Kb.
#135747
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ma ruza 10

3. Binar siklli bug‘ – kuch qurilmasi

Bug‘ – kuch qurilmasida ishchi jism sifatida suvning jiddiy kamchiligi shundan iboratki, suvning kritik temperaturasi nisbatan katta bo‘lmagan holda (tkr=374,150 S), kritik bosimi ancha yuqoridir (pkr=221,15 bar).


Shu sababli siklning termik F.I.K. ni oshirish uchun, bug‘ning boshlang‘ich temperaturasini yuqori boshlang‘ich bosim bilan birgalikda ko‘tarish lozim bo‘ladi, bunga esa, qo‘llanilayotgan o‘tga chidamli materiallar bardosh bera olmaydi.
Agar, suvga nisbatan o‘rtacha bosimda kritik temperaturasi yuqori bo‘lgan ishchi jismni topish mumkin bo‘lganda edi, Renkin siklini F.I.K.ni oshirish mumkin bo‘lar edi. U holda siklga issiqlik keltirishni, izotermik jarayonda yuqori temperaturada va past bosimlarda amalga oshirish mumkin bo‘lar edi. Shu bilan birgalikda past temperaturalar sohasida ishchi jismning to‘yinish bosimi juda ham kichik bo‘lmasligi lozim. Afsuski, hozirgi vaqtda bu shartlarning yetarli darajada qoniqtiradigan ish jismi ma’lum emas. Zamonaviy issiqlik energetikasida eng ko‘p tarqalgan ish jismi – suv, siklning past temperaturali qismi uchun juda mos ishchi jism bo‘ladi. Lekin, yuqorida aytib o‘tilganidek, suvning kritik temperaturasi nisbatan pastligi tufayli, siklning yuqori temperaturali qismi uchun u mos kelmaydi.
Boshqa ish jismlariga boshqacha kamchiliklar hos bo‘ladi. Masalan, simob yuqori temperaturada past to‘yinish bosimiga va yuqori kritik parametrlarga ega bo‘ladi: Pkr = 151 MPa, tkr = 1490 0S; masalan 557 0S da to‘yinish bosimi atigi 15 barni tashkil etadi. Lekin boshqa tomondan olganda, atrof muhit temperaturasiga yaqin temperaturada simobning to‘yinish bosimi juda past: t=3000S da P=0,36 Pa. Odatda bug‘ turbinalari kondensatorida qo‘llaniladigan bosim uchun (P  4Pa) simobning juda ham katta temperaturasi (t217,10S) mos keladi. Pastki temperaturasi shunchalik katta bo‘lgan siklning termik F.I.K. katta bo‘lmaydi.
Shunday qilib, simob ish jismi sifatida siklning yuqori (yuqori temperaturali) qismi uchun yaxshi, pastki qismi uchun qoniqarsiz bo‘ladi. Hozirgi vaqtda siklning barcha temperaturalari intePvalida aytib o‘tilgan talablarni qoniqtiradigan ish jismlari bo‘lmagani uchun, siklni ikkita ish jismi o‘zaro uyg‘unligidan foydalanib amalga oshirish mumkin; bu ikkita ish jismining har qaysisi eng ko‘p afzalliklarga ega bo‘lgan temperaturalar sohasida qo‘llaniladi. Bunday turdagi sikllar binar sikllar deb aytiladi. Binar simob – suv sikli amalga oshiriladigan bug‘ kuch qurilmasining sxemasi 5 – rasmda va Ts – diagrammasi 6 – rasmda ko‘rsatilgan.
Simob qozoni I da simobga issiqlik beriladi, simob bug‘lanadi va simobning to‘yingan quruq bug‘i p1s bosimda simob turbinasi II ga kiradi, bu yerda u turbina bilan birlashtirilgan elektr generatoriga beriladigan ishni bajaradi. Ish bajargan va ps bosimga ega bo‘lgan simob bug‘i kondesator – bug‘latgich III ga yuboriladi, u yerda bug‘ kondesatsiyalanadi, so‘ngra esa suyuq simob nasos IV yordamida qozon I ga yuboriladi; simob bosimi nasosda p2s dan p1s gacha ortadi. Kondensator-bug‘latgich IAA dan iborat bo‘lib, kondensatsiyalanayotgan simob bug‘i o‘z issiqligini bu yerda sovituvchi suvga beradi. Bu issiqlik hisobiga kondensator – bug‘latgichdagi suv qaynash temperaturasigacha isiydi va bug‘lanadi. To‘yingan quruq suv bug‘i bug‘ qizdirgich 1 ga yuboriladi. O‘ta qizigan suv bug‘I p1suv bosimda bug‘ turbinasi 2 ga kiradi. Ish bajargan suv bug‘i P2suv bosimda kondensator 3 da kondensatsiyalanadi, so‘ngra suv nasosi 4 yordamida kondensator – bug‘latgichga yuboriladi.






Download 133,08 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 133,08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Binar siklli bug‘ – kuch qurilmasi

Download 133,08 Kb.