android:layout_above: Elementni belgilangan elementning ustiga joylashtiradi
android:layout_below : Elementni belgilangan element ostida joylashtiradi
android:layout_toLeftOf: Elementni belgilangan elementning chap tomoniga joylashtiradi
android:layout_toRightOf: Elementni belgilangan elementning o'ng tomoniga joylashtiradi
"@id/XXXXXX" elementga uning identifikatoriga murojaat qilish uchun ishlatiladi. Esda tutish kerak bo'lgan narsa shundaki, element e'lon qilinishidan oldin unga murojaat qilish xatolikka olib keladi, shuning uchun bunday hollarda @+id/ dan foydalanish kerak.
Boshqa elementlar bilan moslashtirish
android:layout_alignBaseline: Yangi elementning asosiy chizigʻini belgilangan elementning asosiy chizigʻi bilan tekislaydi
android:layout_alignBottom: Yangi elementning pastki qismini belgilangan elementning pastki qismiga tenglashtiradi