|
10-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritish tizimi. R e j a
|
bet | 6/9 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 23,99 Kb. | | #110366 |
Bog'liq 10-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritis-azkurs.org3. Ishlab chiqarish bo’limi umum almashinadigan va maxalliy shamollatish bilan jihozlanishi lozim. Birinchisi quyidagi sxema bilan tashkil qilinadi: bir tomoni berk postlar va oqim qatorlarining oxiri, tepasidan havoni so’rish; ish zonalari va ko’rish chuqurliklariga toza havo berish. Chuqurliklarga beriladigan toza havo hajmi 125 m3, teshiklardan chiqish tezligi 2,0–2,5 m/sek va chuqurlik tubi tekisligiga 450 burchak bilan tushishi kerak; harorati sovuq kunlarda 160Cdan kam va 250Cdan ortiq bo’lmasligi kerak. Avtomobilning agregat va detallarini kaustik soda bilan yuvadigan joyda havo so’ruvchi inshoot kerak. Bo’yash bo’limi. Ishlab chiqarish bo’yoq purkaladigan bo’limlarda so’rib tortuvchi yong’indan xavfsiz shamolatish quriladi. Kuzovlar, qanotlar, dvigatel va boshqa agregatlarga bo’yoq purkash ishlari, havoni so’rib tortadigan va filtrdan o’tkazib tashqariga chiqarib tashlaydigan kameralarda bajariladi.Yangi bo’yalgan kuzovlar, kabinalar va qanotlar maxsus kameralarda quritiladi; bu kameralar ishlab chiqarish binosi ichiga o’rnatiladi, ularning ventilyastiyasi shunday bo’lishi kerakki, atrofdagi havo doim siyraklanib tursin. Bo’yash bo’limi. Ishlab chiqarish bo’yoq purkaladigan bo’limlarda so’rib tortuvchi yong’indan xavfsiz shamolatish quriladi. Kuzovlar, qanotlar, dvigatel va boshqa agregatlarga bo’yoq purkash ishlari, havoni so’rib tortadigan va filtrdan o’tkazib tashqariga chiqarib tashlaydigan kameralarda bajariladi.Yangi bo’yalgan kuzovlar, kabinalar va qanotlar maxsus kameralarda quritiladi; bu kameralar ishlab chiqarish binosi ichiga o’rnatiladi, ularning ventilyastiyasi shunday bo’lishi kerakki, atrofdagi havo doim siyraklanib tursin. Bo’yoqchi ishchining stoli va bo’yoq tayyorlash stoli tepasida panelli mahalliy so’rish qurilmasi bo’lish kerak; Havo 2 m/sek tezlikda harakatlanadi. Bo’yash bo’limiga kiritiladigan havo bino ichining yuqori zonasiga beriladi.
4. Yoritilganlik turlari va ularga qo‘yiladigan talablar
Yorug‘lik insonning hayot faoliyatida va mehnat faoliyatida juda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. Umumiy olinadigan ma’lumotning taxminan 90% ko‘z orqali olinadi.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarini ratsional yoritish sifatli mahsulot ishlab-chiqarishni ta’minlash bilan birga ishlab-chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarning charchashdan saqlaydi va ish unumdorligini oshiradi. Oqilona yoritilgan zonalarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bo‘ladi; shuningdek xavfsiz mehnat qilish sharoiti yaratiladi va buning natijasida baxtsiz hodisalar keskin kamayadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, sanoat korxonalarini yoritishga faqatgina gigiyenik talab qo‘yilmasdan, balki texnik-iqtisodiy talablar ham qo‘yiladi.
Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch xil ko‘rnishdagi yoritilganlikdan foydalaniladi, ya’ni ular tabiiy, sun’iy va aralashgan xolda bo‘ladi.
Odam ko’rnish organlarining buyum va atrof (fan) yoritilishidagi ozgina farqni seza bilishi “kontakt sezgirlik” deyiladi; ish joyining yoritilganligi qancha kuchli bo’lsa u ham shuncha katta bo’ladi. Ko’rish organlari kerakli sezgirlikni saqlab qolishi uchun moslashishi kerak. Buni “akkomodastiya” va “adaptastiya” (moslashish) deyiladi. Akkomodastiya ko’zga nisbatan har xil masofada turgan predmetlarni, aniq ko’rish xususiyati.
Adaptastiya (moslashish)–ko’zning ravshanligi turlicha bo’lgan yorug’likka (nurga) moslashish xususiyati.
Yorug’lik texnikasida yoritilganlikni tavsiflash va me’yorlash uchun quyidagi atamalar ishlatiladi:
Yorug’lik oqimi – nur energiyasi oqimining bir qismi bo’lib, ko’zimiz uni yorug’lik sifatida qabul qiladi; yorug’lik oqimi birligi qilib “lyumen” (lm) qabul qilingan;
Yorug’lik kuchi – fazoda yorug’lik oqimining zichligi; o’lchov birligi – kandella (kd);
Yoritilganlik–yoritilayotgan yuzaga tushayotgan yorug’lik oqimining zichligi; o’lchov birligi “lyuks” (lk).
Agar yorug’lik manbadan yuzaga tik tushayotgan bo’lsa, yoritilganlik quyidagi formula bilan aniqlanadi:
|
| |