• REKRUTMENT JARAYoNI SAMARADORLIGINI BAHOLASh USLUBIYaTI.
  • 10-Mavzu. Korxona/tashkilotlarda rekrutment jarayonining samaradorligini baholash




    Download 93.91 Kb.
    bet1/7
    Sana27.03.2024
    Hajmi93.91 Kb.
    #179372
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    12. РЕКРУТМЕНТ. 10-мавзу[1] (Автосохраненный)
    user file 5ec40af3d1af1, 002dars, Презентация1

    10-Mavzu. KORXONA/TAShKILOTLARDA REKRUTMENT JARAYoNINING SAMARADORLIGINI BAHOLASh.

      1. TAShKILOTLARDA REKRUTMENT JARAYoNI SAMARADORLIGI TUShUNChASINING MAZMUNI VA MOHIYaTI.

      2. REKRUTMENT JARAYoNI SAMARADORLIGINI BAHOLAShDA QO‘LLANILADIGAN KO‘RSATKIChLAR.

      3. REKRUTMENT JARAYoNI SAMARADORLIGINI BAHOLASh USLUBIYaTI.


      1. TAShKILOTLARDA REKRUTMENT JARAYoNI SAMARADORLIGI TUShUNChASINING MAZMUNI VA MOHIYaTI.

    Bugungi kunda zamonaviy kompaniyalar oldida turgan muhim masalalardan biri kompaniyaga munosib kadrlarni tanlash va ularning kompaniyaga keltiradigan nafliligi oshirishdan iborat. Chunki, rekrutment jarayoni ko‘p vaqt va xarajat talab qiladigan faoliyat hisoblanadi. Shunday ekan, bu jarayonga kiritiladigan investitsiyaning qaytimi ham kutilgan darajada bo‘lishi lozim bo‘ladi. Samaradorlik xarajat va vaqt nuqtai nazardan tejamkorlik orqali aniqlanadi. Qisqa vaqt ichida ko‘proq munosib nomzodlarni yollash kompaniyaning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda juda muhim hisoblanadi. «Fortune» nashri ro‘yxatidagi top 500 kompaniyalar keyingi 10 yil ichida faoliyatini to‘xtatishi taxmin qilinmoqda. Buning eng asosiy sabablarida biri sifatida rekrutment faoliyatining samarasizligi deb baholanmoqda.


    Avvalo, zamon bilan hamnafas bo‘lib, bugungi kun uchun dolzarb bo‘lgan kadrlarni tanlash va izlash usullaridan foydalanish lozimdir. Hozirda qidirish IT-texnologiyalar va ijtimoiy tarmoklarda tobora chuqurlashib bormoqda. Nomzoddarga ish topishda yordam berish uchun tobora ko‘proq ish qidirish xizmatlari paydo bo‘lmoqda. Ishga qabul qiluvchilar ko‘proq munosib nomzodlarni jalb etish va yollash uchun o‘z faoliyatlarida ijtimoiy tarmoqlar va turli kanallardan foydalanishni afzal ko‘rishmoqda. Rekrutment jarayoni samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan bir necha omillar mavjud:

    1. HR brendini rivojlantirish: kompaniyaning bozorda faol joylashuvi, turli tadbirlarda ishtirok etishi, ekspert xulosalari, marketing dasturlari va h.k.;

    2. «Eksklyuziv" mutaxassislarni tezda jalb qilish qobshshyati: eng munosib mutaxassislar har doim ham bozorga kiravermaydi, shuni hisobga olgan holda, bunday mutaxassislarni jalb etishda ko‘proq professional ijtimoiy tarmoklarda ularning profillarini kuzatish, tahlil qilish va sobiq nomzodlar bilan ham doimiy aloqada bo‘lish orqali munosib nomzod to‘g‘risida axborotga ega bo‘lish mumkin;

    3. Har bir nomzod bilan yaqin munosabatlarni o‘rnatish: kompaniyaga murojaat etgan har bir nomzod kompaniya to‘g‘risida ijobiy taassurot qoldirish maqsadida ular bilan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish, aloqalarni professional tarmoqlarda saqpash (Linkedln) kompaniya imijini oshirishga xizmat qiladi;

    4. Yosh mutaxassislar uchun amaliyot dasturlar: kompaniyaning strategik maqsadlari va ehtiyojlarini qondirish uchun kompaniyalar yosh mutaxassislarni jalb etishda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amaliyot dasturlarini ham joriy qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Bunday dasturlar bo‘lajak kadrni kompaniyaga bo‘lgan ijobiy taassurotini va sadoqatini oshirishda muhim hisoblanadi.

    Rekrutingda yo‘l qo‘yilgan xatolarning kompaniya faoliyatiga ta’sirinn quyidagi holatlar bo‘yicha izohlash mumkin.

    • xodimlarning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq yo‘qotishlar: past mahsuldorlik, past foyda, past sifatli mahsulot yoki xizmatlar

    • tashkilot obro‘sining pasayishi, xaridorlar, iste’molchilar va yetkazib beruvchilar oldida tashkilotning noqulay obro‘si, tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning raqobatbardoshligini pasayishi va natijada foyda kamayishi

    • ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar, ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq xarajatlar

    • malakasiz ishchilarni o‘qitish, almashtirish va bo‘shatish bilan bog‘liq xarajatlar (bu xarajatlar ishdan bo‘shatish to‘g‘risida sudga shikoyat qilgan takdirda ishdan bo‘shatish yoki kompensatsiya to‘lashni o‘z ichiga olishi mumkin)

    • yangi ishchilarni topish, tanlash va o‘qitish xarajatlari. Yangi ishchi bajarishi kerak bo‘lgan ish qanchalik murakkab bo‘lsa, shunchalik mas’uliyatli bo‘ladi.

    Undan tashqari rekrutment jarayonining yomon tashkil etilganligi ham kompaniya uchun bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
    Agar tanlov jarayoni asossiz ravishda asta-sekin o‘tkazilsa, u holda bo‘sh lavozim uzoq vaqt to‘ldirilmay qolishi oqibatida, shu lavozim orqali kompaniyaga keladigan daromad ham yetarli bo‘lmaydi. Shu vaqt ichida hatto mijozlarni yo‘qotish xavfi ham yuzaga kelishi mumkin. Undan tashqari, agar nomzodpar yollovchilar bilan bo‘lgan munosabat jarayonida yoqimsiz taassurotga ega bo‘lsa, kompaniya ularni mijoz sifatida ham yo‘qotishi mumkin, natijada ular kompaniya mahsulotlarini sotib olishni yoki uning xizmatlaridan foydalanishni xohlamaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra ko‘ra, suhbat jarayonida nomzodlarda shakllangan yomon taassurot kompaniyaning sotuv 207 darajasini 10-12 % gacha pasayishiga sabab bo‘lishi ma’lum bo‘lgan. Chunki, ishga yollanmagan nomzod, o‘zining salbiy taassurotlarini ijtimoiy-tarmoqparda turli jamiyatlar yoki do‘stlari bilan bo‘lishishi kompaniya imijiga ta’sir ko‘rsatadi. Xuddi shu omil bo‘sh lavozimga bo‘lgan talabni ham tushib ketishiga sabab bo‘lishi aniqlangan.
    Yuqorida sanab o‘tilgan bir qator omillar rekrutment jarayoni samaradorligiga bevosita va bilvosita ta’sir qilishi mumkin. Shunday qilib, rekrutment jarayoni samaradorligi joriy va istiqboldagi bo‘sh lavozimlarni eng optimal va tejamkor usullarni qo‘llash orqali malakali kadrlar bilan to‘ldirishni nazarda tutadi deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi.








    Download 93.91 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 93.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-Mavzu. Korxona/tashkilotlarda rekrutment jarayonining samaradorligini baholash

    Download 93.91 Kb.