|
Turli sohalarida katta ma'lumotlardan foydalanish
|
bet | 18/44 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #262104 |
Bog'liq 10-Mavzu Ma’lumotlar bazalari va katta hajmdagi ma’lumotlar bilTurli sohalarida katta ma'lumotlardan foydalanish.
Biznes va marketing sohasidagi katta ma'lumotlar. Inson ma'lum narsa va hodisalar to'g'risida qanchalik ko'p ma’lumotga ega bo’lsa, aniq bashorat qilish ehtimoli shuncha yuqori bo'ladi. BIG DATA biznes va marketing sohasi uchun juda muhim. Biznes strategiya, marketing faoliyati, reklama tahliliga va mavjud ma'lumotlar bilan ishlashga asoslangan. Katta massivlar katta miqdordagi ma'lumotni tahlil qilishga imkon beradi va shunga mos ravishda tovar, mahsulot, xizmatni rivojlantirish yo'nalishini iloji boricha aniqroq ko’rsatadi.
Masalan, RTB kim oshdi savdosi katta ma'lumotlar bilan ishlaydi va tijoriy takliflarini hammaga emas, balki kerakli auditoriyaga samarali ravishda reklama qilish imkonini beradi.
Biznes uchun foydasi:
foydalanuvchilar va xaridorlar orasida talabga mos bo'lgan loyihalarni yaratish.
kompaniyaning mavjud xizmati asosida mijozlar talablarini o'rganish va tahlil qilish. Hisob-kitob asosida xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning ishini yaxshilash.
Bloglar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa manbalardan olingan turli xil ma'lumotlarni tahlil qilish orqali mijozlar bazasining loyal yoki noroziligini aniqlash.
Ko'p sonli ma'lumot bilan tahliliy ish olib borish orqali auditoriyani jalb qilish va saqlab qolish.
Google Trends, Yandex va Wordstat (Rossiya va MDH uchun) texnologiyalaridan foydalangan holda mahsulotlarning ommabopligini taxmin qilish mumkin.
BIG DATA dan barcha yirik kompaniyalar - IBM, Google, Facebook va moliyaviy korporatsiyalar - VISA, Master Card, shuningdek, dunyodagi ba’zi vazirliklar foydalanadi. Masalan, Germaniyada ba'zi fuqarolar ishsizlik bo'yicha nafaqani asossiz olayotgani hisoblanib, ishsizlik bo’yicha nafaqa berish qisqartirildi. Shunday qilib, byudjetga taxminan 15 milliard yevro qaytarildi.
Yaqinda foydalanuvchi ma'lumotlarining tarqalishi sababli yuzaga kelgan Facebook bilan bog’liq mojaro saralanmagan ma'lumotlar hajmi o'sib borishini va hatto raqamli asrning gigantlari ham har doim konfidensiallikni to'liq ta'minlay olmasliklari ko’rinib qoldi.
Masalan, Master Card mijozlarning hisob varoqlari bilan bog’liq firibgarlik operatsiyalarining oldini olish uchun katta ma'lumotlardan foydalanadi. Shunday qilib, yiliga o'g'irlikdan 3 milliard AQSh dollaridan ko'proq mablag'ni asrab qolish mumkin.
O'yin sohasida katta ma'lumotlar o'yinchilarning xatti-harakatlarini tahlil qilish, faol auditoriyani aniqlash va shu asosda o'yinga qiziqish darajasini taxmin qilish imkonini beradi.
Bugungi kunda korxonalar o'z mijozlari haqida ularning o’zlaridan ham ko'proq ma’lumotga ega. Shuning uchun Coca-Cola va boshqa korporatsiyalarning reklama kampaniyalari muvaffaqiyat qozonadi.
Bank sektori yuqori xavfli guruhga mansubligini hisobga olsak, supermassiv tahlilni joriy etish juda muhimdir. Bu firibgarlikdan himoya qilib, xavfni boshqarish, xarajatlarni optimallashtirish va xizmat sifatini yaxshilashga yordam beradi. Bu omillarning barchasi potentsial mijozning sodiqligiga sezilarli darajada ta'sir qiladi, ya'ni foyda faqat oshadi. Tizimning samaradorligi allaqachon zamonaviy bank gigantlari tomonidan sinovdan o’tkazilgan: Sberbank, VTB24, Alfa-Bank, Tinkoff.
|
| |