Tovarlarning yashash davri mobaynida narxlarning




Download 29,17 Kb.
bet3/3
Sana20.12.2023
Hajmi29,17 Kb.
#124938
1   2   3
Bog'liq
10-mavzu. Marketing tizimida narx siyosati (2-soat)

3.Tovarlarning yashash davri mobaynida narxlarning
o’zgaruvchanligi
Bozor tez uzgarib boradi va shunga kura xar bir maxsulot xam uz yashash davrini xam utaydi. Shu vakt davomida firmalar doimo narxlarga uzgartirishlar kiritadi.
Yangi maxsulotga narx belgilash eng jiddiy bosqichlardan biridir. Yangi maxsulotni ishlab chikarish bilan boglik xarajatlar bozordagi talab darajasi, rakiblar xarakati xali yetarli darajada ma’lum emas.
Narx belgilashning kiyinligi, muayyan darajada maxsulotning yangiligi darajasiga xam boglik. Bu daraja esa uchga bulinadi:
- eng yangi maxsulot
- texnikaviy ilgor maxsulot
- original bulmagan (yangi taklidiy) va urinbosar maxsulotlar.
Bozor talabi xali noma’lum, shu sababli noyeb maxsulotga narx belgilashda asosiy masala “Kaymogini olish” yeki “Kirib olish” siyesatini kabul kilishdan iboratdir.
Bunda mutaxassislar narxga nisbatan asosiy iste’molchilarning munosabati darajasini belgilaydilar, shuningdek, rakiblar bozorga kay darajada tezlik bilan kirib kelishi mumkinligini urganadilar. Uziga uxshash urinbosarlari bulgan yangi maxsulot taklidiy yoki moslashtirilgan maxsulot tarzida tasnif etiladi. Bunday xollarda narx siyosati ilgarigi taktikasini davom ettiradi va narx darajasi mukobil tovarlar urtasida mavjud bulgan sifat va mikdorga karab uzgaradi.
Maxsulotning bozorga kirib kelishi va usishi bosqichidan tuyinish bosqichiga xarakati darajasiga karab, narxlarni puxta boshkarish narx marketingni strategiyasini amalga oshirishning kaliti xisoblanadi.
Tuyinish bosqichida narxlarni kutarish odatda talabning kupayishi emas, balki ishlab chikarish xarajatlarining kiymatini ortishi okibatidir. Shu sababli maxsulotning turiga karab ye erkin narxlar kuyiladi yeki tovardlar sotish xajmini kupaytirish uchun narxlar pasaytiriladi.
Yo’qolib ketayotgan maxsulotlarga narx belgilash.
Narx marketingida keyingi rejalarga karab ikki mukobil narx belgilash yuli kullaniladi. Ishlab chikarishni kiskartirish uchun narxlarni bosqichma-bosqich pasaytirish strategiyasi jami gamlamalar sotib tugatilgunga kadar amalga oshiriladi. Unga mukobil xolda foydani kuvvatlash yulida kushimcha xarajatlar, xususan maxsulot sotishni ragbatlantirish xarajatlarini kiskartiriladi, narxlar esa ilgarigi darajada saklab kolinadi. Rakiblarning bozorni tashlab chikib ketishiga karab, bozor ta’minoti manbalari kiskaradi va aksariyat bunday vaziyatda shu maxsulotga xali muxtoj bulgan muayyan bozor segmenti saklanib koladi. Bu esa maxsulot yashash davrining sunggi bosqichi davrida bozorda kolgan firmaga uz narxini oshirish imkonini yaratishi mumkin.
Savdo-sotik faoliyatida marketing mutaxassisari uchun narx belgilashning ikkita asosiy siyosati mavjud, bu “kaymogini olish” va “kirib olish” siyosatidir.
“Kaymogini olish” siyosati avvalo, tovar narxi ishlab chikarish narxidan ancha yukori urnatib asta-sekin uni tushirib boradi. “Kaymogini olish” siyosatidan aksariyat bozorga yangi maxsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narx kandaydir bir yukori darajada belgilanadi, maxsulot esa segmentasiya natijasida asosiy deb e’tirof etilgan bozorda sotiladi. Bozorning tuyinishidan sung iste’molchilarni jalb kilish maqsadida narx pasaytiriladi. Shunday yul bilan tulik daromad eng kup mikdorga yetkaziladi.
Shu sababli yagona yul – tovar sotish bozorlarini kengaytirish, yangi segmentlar izlashdir.
“Kaymogini olish” va “Kirib olish” siyosatlari narx belgilashning favkulodda namoyon bulishi xisoblanadi. Uning birinchisi – kimmat naxlar, ikkinchisi – arzon narxlar strategiyasidir.
Download 29,17 Kb.
1   2   3




Download 29,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tovarlarning yashash davri mobaynida narxlarning

Download 29,17 Kb.