• 1-§. Korrupsiya: tushunchasi,genezisi,evolyusiyasi va yashovchanlik tendensiyalari 1. «Korrupsiya» atamasining ma’nosi. «
  • 11-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati




    Download 68.05 Kb.
    bet1/16
    Sana25.05.2023
    Hajmi68.05 Kb.
    #64355
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    9-global korrupsiya
    Week 1, ANTIK DAVR PSIXOLOGIYASI, Telegram@pdfimage bot (3), 7, 1664886513, Документ Microsoft Word, 5-Amaliy ish, E va S 5-lab, psixologiya fanining predmeti mavzus (1), 2-mustaqil-ish-tarmoq-xavfsizligi-titul, 8. Mustaqil ish, amaliy ish, 1. БХДК матн, marketing test 111

    11-mavzu. GLOBAL KORRUPSIYa IJTIMOIY-MADANIY
    INQIROZ OQIBATI

    XXI asrga kelib globallashuv jarayonlari barcha xalqlarning hayotiga chuqur kirib borar ekan,ularni bir tomondan zamonaviy ilg‘or texnika,texnologiyalardan unumli foydalangan holda barqaror taraqqiyot sari boshlayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan,katta boyliklarni qo‘lga kiritib har bir joyda o‘zlarining hukumronliklarini o‘rnatish uchun ochiq yoki pinhona tarzda faoliyat olib borayotgan «Kimsa»larni ko‘rish mumkin. Bu «Kimsa»lar,shunchaki,savodsiz,bilimsiz odamlar emas,balki,iqtisodiyot «alifbo»sini yaxshi o‘zlashtirgan,eng zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalana olish qobiliyatiga ega bo‘lgan,o‘zgalarni har qanday yo‘l bilan o‘ziga og‘dirib olish san’atini yaxshi egallagan shaxslardir. Bularni xalq tilida “korrupsioner”lar deb atashadi. Ularning qilmishlariga hayratomuz nafrat bilan qarashadi.



    1-§. Korrupsiya: tushunchasi,genezisi,evolyusiyasi va yashovchanlik tendensiyalari

    1. «Korrupsiya» atamasining ma’nosi. «Korrupsiya» atamasi lotincha «sorrumpere – sorruptio» degan so‘zdan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida «ifloslangan», « pora evaziga og‘dirish, buzilish,aynish,tanazzul,sotib olish, sotib yuborish, buzish, parchalash,sindirish,shikast yetkazish» degan ma’nolarni anglatadi. Bu atama, odatda mansabdor shaxs tomonidan unga ishonib topshirilgan vakolatlar va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar uchun jamiyat tomonidan o‘rnatilgan qonunlar va axloqiy tamoyillarga zid bo‘lgan holda foydalanishni anglatuvchi tushuncha hisoblanadi. Bulardan tashqari, korrupsiya mafiyalashgan davlatlarga xos bo‘lgan tipik holat,ya’ni mansabdor shaxslarni sotib olish,ularning sotqinlik qilishini ham anglatadi. Shu tariqa,Evropa tillariga tegishli bo‘lgan mazkur atama,o‘zining dastlabki asl ma’nosidan ko‘ra kengroq ma’noni anglatadi,ya’ni semantik1 ahamiyat kasb etadi.
    Korrupsiyaning xarakterli belgisi mansabdor shaxsning xatti-harakatlari bilan uning ish beruvchisi manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyat yoki saylangan shaxsning xatti-harakatlari bilan jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyat hisoblanadi. Odatda, korrupsiyaning ko‘p turlari mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan firibgarlikdan iborat bo‘lib,ular davlat organlariga qarshi jinoyatlar toifasiga kiradi.
    Har qanday mansabdor shaxs – amaldor, deputat, sudya, huquqni muhofaza qilish organlari xodimi, ma’mur va boshqalar o‘zlariga tegishli bo‘lmagan har qanday resurslarni tarqatish sohasida korrupsiyaga duchor bo‘lishi mumkin. Korrupsiyani rag‘batlantiruvchi asosiy omil – bu hokimiyatdan foydalanish bilan bog‘liq holda ko‘proq iqtisodiy foyda olish imkoniyatining mavjudligi bo‘lsa, ularni tiyib turuvchi omil esa qilmishining oshkora bo‘lib qolishidan hadiksirash va jazo olishdan qo‘rqishidir.
    Korrupsiyaning tizimli xususiyatlaridan biri korrupsiyalashgan davlat tashkilotlarida ishlaydiganlar mansabdorlarning o‘z lavozimini saqlab qolish uchun quyi pog‘onadagilardan majburiy tarzda pora yig‘ib olishi orqali olgan porasini yuqori pog‘onadagi mansabdorlar bilan bo‘lishishida namoyon bo‘ladi. Bunday holatning mavjudligi jamiyatning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga jiddiy to‘sqinlik qiladi. Odamlarni esa ma’naviy-mafkuraviy tanazzulga duchor etadi.

    Download 68.05 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 68.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati

    Download 68.05 Kb.