11-Ma’vzu. Impuls generatorlar reja: Impuls kengligi boshqariladigan o‘zgarmas tok o‘zgartkichlari




Download 189.25 Kb.
bet2/3
Sana26.04.2023
Hajmi189.25 Kb.
#54121
1   2   3
UIKM

11.3 – rasm. Tayanch kuchlanish generatorli IKMning funksional sxemasi
Kommutatordagi tiristor yoki tranzistorlar kalit rejimida ishlab, ularning ishlash taktlari IKMdan chiqqan signallarning ko‘rsatkichlariga bog‘liqdir. Tayanch kuchlanishi formasi arrasimon bo‘lganda, IKBO‘ning o‘rtacha kuchlanish tavsifi to‘g‘ri chiziqli funksiyani beradi


UO‘RT =Ub/UTKmaxUT =Ko‘zUb, (11.2)
bu yerda Ko‘z IKBO‘ning kuchaytirish koeffisenti.
IKBO‘ ning kuch sxemasi kommutasion ish rejimida ishlaydigan tiristorlar yoki kuch tranzistorlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Agar tiristorli elektr yuritmalarda tiristorlar tabiiy kommutasion rejimda ishlasa, IKBO‘li elektr yuritmalarda esa tiristorlar sun’iy kommutasion ish rejimdia ishlashi bilan farq qiladi. IKBO‘ larning quvvati 0,5 kVt gacha (kuchlanishi 110 V), tokining esa cheklanish qiymati 2 2,5 A bo‘lgan qurilmalarda ishchi sxema kuch tranzistorlari asosida yaratiladi. Bu avvalambor, hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan kuch tranzistorlarining tok bo‘yicha imkoni chegaralanganligi, boshqarish sxemalarining murakkabligi va ayniqsa, tranzistorlar ketma–ket ulangan bo‘lsa yanada murakkablashishi, bu yarim o‘tkazgichlarni IKBO‘ning ishchi sxemalarida keng qo‘llanilishiga imkon bermaydi. Kuchlanish va tok qiymatlari bo‘yicha tranzistorlarning imkoniyati past bo‘lgani uchun ham katta qiymatli tok va kuchlanishga mo‘ljallangan qurilmalarda katta quvvatga ega tiristorlarni qo‘llash ishchi sxemalarini soddalashtirishga va ularni boshqarishni osonlashtirishga olib keladi. Tiristorlar ham ba’zi juziy kamchiliklardan xoli emas, chunonchi sun’iy kommutatsiyaning zaruriyligi rostlash tizimining murakkablashishiga olib keladi; tok qiymati yuklanish tokining qiymatiga teng bo‘lganda o‘z–o‘zidan o‘chib qolishi; tiristorni ochiq holda ushlab turish uchun kerak bo‘lgan tok qiymatining kichikligi; yuklanishning xarakteri induktiv bo‘lganda tiristorlarni ochiq holda ushlab turish uchun tokning kerak bo‘lgan qiymati darajasigacha o‘sishi uchun kechga qolish vaqtining mavjudligidir.
Noreversiz IKBO‘ning ishchi sxemasi sodda bo‘lib, tiristor kalit V1 dan va diod D1dan iboratdir (11.4a–rasm). Yuklagich Zyuk dagi kuchlanish quyidagi formula yordamida aniqlanadi

Download 189.25 Kb.
1   2   3




Download 189.25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11-Ma’vzu. Impuls generatorlar reja: Impuls kengligi boshqariladigan o‘zgarmas tok o‘zgartkichlari

Download 189.25 Kb.