• NAZORAT SAVOLLARI
  • 11-Ma’vzu. Impuls generatorlar reja: Impuls kengligi boshqariladigan o‘zgarmas tok o‘zgartkichlari




    Download 189.25 Kb.
    bet3/3
    Sana26.04.2023
    Hajmi189.25 Kb.
    #54121
    1   2   3
    UO‘RT=1/Tk *UT tulUT (11.3)
    D1 ning vazifasi kommutatorning T - tul vaqt oralig‘ida, ya’ni o‘chiq holatida o‘zinduksiya EYuK ta’sirida yuklanishda tokning uzilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Reversiz IKBO‘ning ishchi sxemasi ko‘prik sxema asosida bo‘lib, kalitlarning kommutatsiyasi turli qonuniyatlar asosida bajarilishi mumkin (11.4b – rasm). Tiristorlarni simmetrik boshqarish usuli bilan ochganimizda tul vaqtida tiristorlar jufti V1 va V3 ishlab, V2 va V4 tiristorlar o‘chirilgan bo‘ladi. Bunday kommutatsiya yuklanishda har xil ishorali impuls EYuK hosil qiladi, va bu reversiv IKBO‘ning o‘rtacha kuchlanishini beradi.


    UO‘RT=1/Tk (UT t0)=UT (2γ-1) (11.4)



    11.4 – rasm. IKBO‘ning noreversiv (a) va reversiv (b) kuch sxemalari
    Bunday kommutatsiya usulida ishlayotgan IKBO‘ning kuchlanishi UO‘RT = 0 bo‘lganida yuklanishdan o‘tayotgan tok uzilib qolmaydi va o‘zgartkichning tashqi tavsifi chiziqli xarakterga ega bo‘ladi. Tok pulsatsiya darajasining yuqori bo‘lishi IKBO‘ larning asosiy kamchiliklaridir.
    Tiristorlarni nosimmetrik boshqarganimizda IKBO‘ning chiqishidagi kuchlanish bir qutbli impluslardan iborat bo‘ladi. Har qaysi tiristorli juft kalitlar tul +Tk vaqt oralig‘ida va bitta tiristor kalitning boshqasiga nisbatan Tk davrga siljishi vaqtida ulanishi bilan xarak-terlanadi. Tiristorlarning navbat bilan ishlash tartibi quyidagicha: V1, V3–V1–V1, V3–V3–V1, V3 va h.k. tul vaqt oralig‘ida ikkala tiristor ulangan holda impuls EYuK hosil bo‘lib, bir tiristor ulangan t0 vaqt oralig‘ida impuls EYuK hosil bo‘lmay balki o‘zinduksiya toki ulangan tiristor va diod orqali yopiq kontur hosil qiladi. EYuK qutblarini o‘zgartirish uchun juft tiristorlar V2 va V4 ulanadi. Agar yuklanish vazifasini o‘zgarmas tok motori bajarganda IKBO‘ ning muhim ko‘rsatkichi bo‘lgan tok pulsatsiyasini aniqlaymiz
    , (11.5)
    bu yerda Rya – motor yakor zanjirining aktiv qarshiligi, Om.
    Tya –yakor zanjirining elektromagnit vaqt doimiyligi, s; k – sxema koeffisienti: bir qutbli EYuK impulslar uchun k = 1, har xil qutbli EYuK impulslar uchun esa k = 0,5.
    (11.5)–tenglamadan ko‘rinib turibdiki, nosimmetrik kommutatsiya rejimida ishlayotgan IKBO‘ning tok pulsatsiyasining darajasi simmetrik kommutatsiya rejimiga nisbatan ikki martaba kam bo‘ladi va shu bilan birga IKBO‘ning nosimmetrik qonuniyati bilan ishlaydigan kommutatsiyalanuvchi sxemalarning afzalliklari yaqqol ko‘rinadi.


    NAZORAT SAVOLLARI



    1. Impuls generator deb ataladi?

    2. Impuls kengligi boshqariladigan o‘zgarmas tok o‘zgartkichining qanday asosda ishlaydi va uning asosiy bloki qanday blok?

    3. Reversiv impuls kengligi boshqariladigan o‘zgarmas tok o‘zgartkichining kuch sxemasi qanday ishlaydi?

    4. Elektr yuritmalarda tiristorlar tabiiy kommutasion rejimini tushuntirib bering.

    Download 189.25 Kb.
    1   2   3




    Download 189.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-Ma’vzu. Impuls generatorlar reja: Impuls kengligi boshqariladigan o‘zgarmas tok o‘zgartkichlari

    Download 189.25 Kb.