|
Tovarlarni sotish tarmoqlarini shakllantirish
|
bet | 2/9 | Sana | 18.09.2024 | Hajmi | 89,36 Kb. | | #271576 |
Bog'liq 11-mavzu. Marketing tizimida sotish siyosati reja11.2. Tovarlarni sotish tarmoqlarini shakllantirish.
Iqtisodiy taraqqiyotning keyingi bosqichida ishlab chiqaruvchi tovar tarqatishni bir joyda va kelishilgan vaqtda o’tkazish ma’qulroq ekanligini tushunib yetadi, jami ishlab chiqaruvchilar uchrashishlari mumkin bo’lgan markaziy “bozor”ning joriy etilishi tovar tarqatishda navbatdagi rivojlanish bosqichi bo’ldi.
Pulning paydo bo’lishi bilan tovar tarqatish jarayonida jiddiy ravnaq qulga kiritildi. Endi tovar tarqatish tovar-pul ko’rinishida amal qilib, to’liq ekvivalent asosga ega bo’ldi. Ammo markaziy "bozor" va pul tovar tarqatish ko’lamini kamaytirmadi. Ishlab chiqaruvchi o’z tovarlarini sotish uchun kerakli yo’l-yo’riqni o’zi belgilashi lozim edi. Ishlab chiqaruvchi ikki qiyofaga — ishlab chiqaruvchi va sotuvchi qiyofasiga ega bo’ldi. Bu vazifalarni bajarish uchun anchagina vaqt va mablag’ talab etilardi. Bunday sharoitda ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy resurslari hamma vaqt ham tovar taqsimoti uchun yetavermas edi. Natijada ishlab chiqarilgan tovarlar zahirasi hosil bo’lib qolar edi. Iqtisodiy taraqqiyot jarayonining davom etishi natijasida bozor ishtirokchisi sifatida vositachilarning kirib kelishi tovar tarqatish jarayonini tubdan o’zgartirib yubordi. Vositachilar o’zlarining aloqalari, tajribasi, ixtisoslashuvi hamda faoliyatining kulami bilan ishlab chiqaruvchi korxonaga uning yolg’iz o’zi qila olishi mumkin bo’lganidan ko’ra ko’proq narsa taklif etadi. Shu sababli ko’pchilik ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini bozorga vositachilar orqali taklif etishni maqul topishdi.
Iqtisodiy taraqqiyotning 19-asr oxiri va 20-asr boshidagi bosqichida bozor faoliyatining rivojlanishi, iste’molchilar ehtiyojining yuksalib, differensiallashi marketing va uning konsepsiyalarini ravnaq topishiga olib keldi. Bu esa tovar tarqatish jarayonidagi tub burilish va rivojlanishga sabab bo’ldi. Ayniqsa iqtisodiy taraqqiyotning bu bosqichida marketing ilmining paydo bo’lishi va marketing qarashlarining rivojlanishi tovar tarqatish jarayoniga yangicha yondoshishlarni talab etdi. Xususan, marketing evolyusiyasining ikkinchi bosqichida paydo bo’lgan konsepsiyalar tovar tarqatish kanallarini shakllantirish, tovar harakatini jadallashtirish, sotilishlar hajmini maksimal qilish, buning uchun esa, raqiblarga nisbatan bozorni qamrab olish, bunda vositachilar xizmatidan foydalanish, tashqi bozorlarga chiqish rivojlandi.
Mamlakatimiz mustaqillikni erishgandan keyin sobiq markazlashtirilgan tovar tarqatish tizimi o’z faoliyatini yakunladi. Mustaqillikkacha bo’lgan davrda ishlab chiqaruvchilar tovar tarqatish uchun ortiqcha harakatlarni amalga oshirmas edi. Chunki ishlab chiqarayotgan tovarlari markazlashtirilgan tartibda ulgurji savdo tashkilotlariga yetkazib berish mexanizmi yo’lga qo’yilgan edi. Bu yerda ishlab chiqaruvchilar tovar sotish bilan amalda shug’ullanmas edi. Mustaqillikdan keyin ishlab chiqaruvchilar erkin faoliyat olib borishi o’z faoliyatini haqiqiy egasiga aylandi va o’zi ishlab chiqargan tovarni xoxlagan tarzda tarqatish huquqiga ega bo’ldi.
|
| |