• Mavzu : Daromad va uni taqsimlash qoidalari
  • Usullar
  • O`qituvchi
  • O’tilgan mavzuni so’rash va baholash
  • Yangi mavzu bayoni
  • O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash
  • V. Darsni yakunlash va uyga topshriq berish.
  • O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Vazirligi Samarqand shahar




    Download 134,5 Kb.
    bet1/4
    Sana24.03.2017
    Hajmi134,5 Kb.
    #1591
      1   2   3   4



    O`zbekiston Respublikasi

    Xalq Ta`limi Vazirligi

    Samarqand shahar

    64-umumiy o`rta ta`lim maktabi

    mehnat ta’limi fani o’qituvchisi

    Dusiyorova Vaziraning
    Daromad va uni taqsimlash qoidalari

    mavzusidagi 1 soatlik





    Mashg`ulotning texnologik xaritasi va o`tkazilish ishlanmasi

    Mavzu:

    Daromad va uni taqsimlash qoidalari

    Maqsad va vazifalar

    Maqsadlar :

    a)ta’limiy maqsad: o’quvchilarga daromad turlari, uni taqsimlash qoidalari haqida ma`lumot berish;

    b)tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda daromad turlariga nisbatan ijobiy munosabatlarini shakllantirish;

    v)rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni iqtisodiy sohalar va kasblariga odi bilimlarini kengaytirish;

    Darsning vazifalari:

    -O`zbekitonda daromad turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi haqida ma`lumot berish;

    - daromad haqida ma`lumot berish;

    -ishlab chiqarish sohalarida daromad ahamiyatini uqtirish.


    O`quv jarayonining mazmuni

    O`quvchilarga yangi mavzu yuzasidan tushunchalar berilib, daromad turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi bilan tanishtirish

    O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiya-

    lari


    Usullar: og`zaki bayon qilish, suhbat o`tkazish, klaster, bahs – munozara

    Shakl: nazariy

    Vosita: kitob, kompyuter, slaydlar, tarqatma materiallar, ko`rgazmali qurollar

    Nazorat: og`zaki nazorat, savol-javob

    Baholash : rag`batlantirish yoki jarima berish

    Kutilayotgan natija

    O`qituvchi: daromad turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi haqidagi ma`lumotlarni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishiga erishadi. O`quvchilarning dars davomidagi faolligini oshira oladi. Ularda darsga, mavzuga, kasb-hunarga nisbatan qiziqish uyg`otadi. Nazariy va amaliy mashg`ulotlar jarayonida barcha o`quvchilarni baholashga erishiladi.

    O`quvchi:

    -dars yakunida o’quvchi quyidagilarga ega bo’ladi: bilim : daromad turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi haqidagi ma`lumotlarni egallaydi.

    -o’quvchi tushunadi, ko’nikma: daromad haqida tushunchalarni tahlil qiladi.

    -o’quvchida shakllanadi,malaka: yakka bo`lib ishlashni o`rganadi. Mustaqil holatda ishlash ko`nikmasi rivojlanadi.

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    O`z-o`zini nazorat qilishni o`rganadi. Qisqa vaqt ichida ko`p ma`lumotga ega bo`ladi va baholanadi.



    Kelgusi rejalar

    O`qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish, dars jarayoniga tadbiq etish , takomillashtirish, o`z ustida ishlash, pedagogik mahoratni oshirish.

    O`quvchi: texnologik xarita bilan mustaqil ishlashni o`rganadi. Mavzuga oid qo`shimcha ma`lumotlar bilan tanishib, xususiylashtirish va boshqa mulk shakllari haqida yangi ma’lumotlar to’plash va dars jarayoniga tadbiq qilishni, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. O`zining fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.

    Mashgu`lot bosqichlari

    Bosqich-lar

    Mazmuni

    Metodlar

    Ajratil-gan vaqt

    1-bosqich



    Tashkiliy qism salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish, mashg`ulotning borishi haqida tushuncha berish

    Suhbat o`tkazish



    3


    2-bosqich

    O`tilgan mavzuni mustahkamlash o`quvchilar o`rtasida “Mahsulot sifatini baholash, nazorat qilish ” mavzusi bo`yicha bahs-munozara tashkil qiladi. Mavzuga oid muammoli savollarni tarqatma material sifatida o`quvchilarga tarqatiladi. O`quvchilarga berilgan topshiriqlarni tekshiradi va baholaydi

    Bahs-munozara, savol-javob, tarqatma materiallar

    10


    3-bosqich



    Yangi mavzu bayoni:

    mavzuning maqsadi, asosiy ma`no-mazmuni, qo`llaniladigan ish usullarini o`quchilarga tushuntirib berish



    Suhbat, ko`rsatmalilik, klaster

    20

    4-bosqich


    Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash: mavzu bo`yicha, bahs – munozara va “Loto ” usulini o`tkazish va o`quvchilar bilimini mustahkamlash

    Test, bahs munozara, “Loto ” usuli

    10

    6-bosqich


    Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: “Daromad va uni taqsimlash qoidalari” mavzusi yuzasidan qo`shimcha adabiyotlardan foydalanib, mavzuni mustahkamlab, tayyorlanib kelish va mavzuga oid ma`lumotlarni to`plash.

    O’quvchilarni baholash.


    Og`zaki muloqot


    2


    O’tilgan mavzuni so’rash va baholash

    “Kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi”ni mavzuga oid savollar orqali o`tilgan darsni so`raladi va baholadi.

    Savollar:

    I. Ta`lim to`g`risidagi Qonunning maqsadi nima?

    2. Ta`lim turlarini ayting?

    3. Kadrlar tayyorlashning milliy modelini ayting?

    4. Shaxs nima?

    5. Ishlab chiqarish nima?

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.



    Yangi mavzu bayoni:

    Reja:

    1. Mulkchilik turlari haqida.

    2. Marketing faoliyati haqida.

    3. Menejment faoliyati haqida.

    Mulk- moddiy va ma’naviy boyliklarni qonuniy ravishda va belgilangan tartibda kishilar tomonidan o’zlashtirish shaklidir.

    Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining ximla-xil bo`lishini talab qiladi, chunki tovar muayyan mulk ob`yekti bo`lgandagina oldi-sotdi qilinadi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham : “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllaridagi mulk tashkil etadi” deb ta`kidlangan.








    Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida bu mulk o`z ichiga davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va matbuot sohalridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shaklarini va xususiy mulklarini oladi. Shu sababli “O`zbekiston Respublikasining mulkchilik to`g`risida”gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllari kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk. aralash mulk. Quyidagi chizmada turli mezonlar asosida mulkchilik shakllarining tasniflanishi keltirilgan:






    Davlat mulki – mulk davlatga tegishli bo`lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo`ladi.

    Mezon (arab. - tarozi) - 1) zodiak yulduzlar turkumi (Libra). Ung yorugʻ yulduzi 2,6 vizual yulduz kattaligida Ilon, Ilon eltuvchi, Aqrab, Sunbula yulduz turkumlari orasida joylashgan. Oʻzbekistonda qish oxiri, bahor va yoz boshlarida koʻrinadi;
    Davlat mulki asosan ikki yo`l bilan hosil bo`ladi:

    1)ta’limiy: xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat hisobiga o`tkazish hisobiga;

    2)tarbiyaviy: davlat mablag`lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarga investitsiyalar kiritishni amalga oshirish

    Jamoa mulki – muayyan maqsad yo`lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma`naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o`zlashtirishni bildiradi. Bir necha kishilardan iborat jamoaga tegishli bo`lgan mulk jamoa mulki deb yuritiladi.

    Oilaviy mulk, mahalla mulki, jamoat korxonasi mulki, fermer xo`jaligi jamoasi mulki, mamlakat aholisining mulki jamoa mulkiga misol bo`la oladi.

    Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
    Agar singdoshlar pul yig`ib to`p sotib olsangiz, bu to`p ham jamoa mulki hisoblanadi. Jamoa mulkiga jamoaning hamma a`zosi birgalikda egalik qiladi. Masalan, mahalla uchun hashar usulida qurilgan choyxona mahalla ahlining mulki hisoblanadi.
    Hashar - oʻzbeklar, ayrim boshqa turkiy xalqlar orasida udumga aylangan ijtimoiy hamkorlik va begʻaraz yordam shakllaridan biri. Asosan, tezkorlik bilan bajarish zarur boʻlgan ishlar (hosilni zudlik bilan yigʻib olish) va katta mehnat talab insho-otlarni bunyod etish (kanal qazish, yoʻl va koʻpriklar qurish)da qoʻllangan. H.

    Biror shaxsning yolg`iz o`ziga tegishli bo`lgan mulk shaxsiy mulk deb ataladi. Shaxsiy mulk mulk shakllari ichida munim o`rin tutadi. Shaxsiy mulk – fuqarolar mulki bo`lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. “Shaxsiy mulk” bilan bir qatorda “xususiy mulk” iborasi ham ishlatiladi. “Aliyevning xususiy yoki shaxsiy do`koni bor. Valiyevning shaxsiy yoki xususiy firmasi bor”, degan so`zlarni ko`p eshitgan bo`lsangiz kerak. Demak, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda foydalanilayotgan shaxsiy mulkni xususiy mulk deb ham atash mumkin ekan.

    Xususiy mulk – ayrim sohiblarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o`z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Turli shakldagi muklarning birikib ketishi matijasida aralash mulk paydo bo`ladi. Bu mulk alohida ob`yektning turli mulkdorlar ishtirokida o`zlashtirilishini bildiradi.

    Tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko`rsatuvchi har qanday tashkilot korxona deb ataladi. Siz bilgan zavod va fabrikalar, qurilish boshqarmasi, avtomobil parki va ta`mirlash ustaxonalari, jamoa va fermer xo`jaliklari, universitet, institut, kollej, litsey va maktablar, birja va banklar, kasalxonalar, bolalar bog`chalari- bularning hamma- hammasi korxona deb atalishi mumkin.

    Kollej (ing . college) - 1) Buyuk Britaniya, AQSH va ayrim boshqa mamlakatlarda oliy, oʻrta, yuqori oʻrta oʻquv yurti (ayrim hollarda universitet tarkibida). Dastlab 13-asr boshlarida Buyuk Brita-niyada vujudga kelgan; 2) Fransiya, Shveysariya, Belgiya, shuningdek, Afrika va Osiyoning ilgari fransuz mustamlaka imperiyasi tarkibiga kirgan bir qancha mamlakatlaridagi oʻrta va toʻliqsiz oʻrta oʻquv yurti. Fransiyada dastlabki K. oʻrta asrda universitetlarda paydo boʻldi; 3) Oʻzbekistonda oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurti. OʻzRning 1997 yil avg .da qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni hamda OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1998 yil fevral dagi qaroriga muvofiq, kasb-hunar kolleji sifatida tashkil etilgan.
    Chunki ularda nimadir ishlab chiqariladi yoki qandaydir xizmat ko`rsatiladi.

    Korxonada tovar ishlab chiqarishni amalga oshirish murakkab va serqirra jarayon bo`lib, u odilona boshqarishni taqozo etadi.

    Ma’lumki, korxonada tovar ishlab chiqarish uchun ishchi kuchi, bino va asbob uskunalar, xom-ashyo va materiallar, turli xil ma`lumotlar va pul mablag`lari zarur bo`ladi. Qancha ishchi kuchi, qancha va qanday xom-ashyo va materiallar kerak? Qaysi asbob-uskunalardan foydalangan ma`qul? Ishlab chiqarishni qaysi texnologiya bo`yicha yuritgan yaxshiroq? Bularning hammasi uchun qancha pul mablag`lari kerak? Ishlab chiqarish jarayonida bu va bunga o`xshash o`nlab savollar tug`iladi, ularni yechish ancha murakablashadi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonini boshqarish lozim bo`ladi.

    Korxona tovar ishlab chiqarishni boshqarish jarayonini menejment, bu ish bilan shug`ullanuvchi menejerlar deb ataladi.

    Menejer – maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning sir-asrorlari,qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassislar - yollanma boshqaruvchilar bo’lib, aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi.

    Rivojlangan davlatlarda kompaniya, bank, moliya muassasalari va ularga qarashli bo`linmalarning rahbar xodimlari menejerlardir.

    Bozor iqtisodi sharoitida menejerlarning roli oshub bormoqda. O`zbekistonda ham bu soha xodimlari ko`paymoqda. Xususan, Toshkent iqtisodiyot dorulfununida, Toshkent boshqaruv va siyosatshunoslik institutida ham menejerlar tayyorlash yo`lgan qo`yilmoqda.

    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.

    Korxonada menejerlar odatda bir nechta bo`lib, ulardan biri bevosita mahsulot ishlab chiqarish jarayonini boshqarsa, biri xom-ashyo resusrlari va materiallar ta`minotini boshqaradi.

    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
    Yana biri mahsulot sifatini va ishlab chiqarish texnolagiyasini boshqarsa, boshqa biri korxona xodimlarini boshqaradi.

    Bozorni o`rganish, narxlarni shakllantirish, mahsulotni sotish bilan bog`liq ishlarni jamlab, bitta nom bilan marketing deb atashadi. Marketing xaridor ehtiyojlarini to`larioq qondirish asosida tovarlar va xizmatlar bozorida ayirboshlash jaroyonlarini jadallashtirishga qaratilgan keng turdagi faoliyat bo`lib, uning asosiy maqsadi yuqori foyda olishni ta`minlashdir.


    Marketing –firma yoki korxona ishini bozor sharoitiga moslashtirishga qaratilgan maxsus faoliyat bo’lib, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining etakchi tushunchalaridan biri, marketing faqat bozordagi talay ehtiyojni qondirish vositasidagina bo`lmay, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun ham xizmat qiladi. Marketing holatini o`rganish, uni oldindan baholash, tovar ishlab chiqarish va sotish orqali undan yaxshi foyda olishni ham uyushtiradi. Marketing ishi maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi.





    Marketing quyidagi asosiy qoidalarga amal qiladi:

    1. Tovarga nisbatan bozor talabini o`rganish.

    2. Tovar ishlab chiqarishga nisbatan korxonaning imkoniyatini o`rganish.

    3. Xaridorning talab-ehtiyojlarini to`la qondirish va o`rganish.

    4. Mo`ljallangan bozorda tovarlar aytilgan vaqtda bekgilangan miqdorda sotilishini tashkil qilish.

    5. Korxonalarning bozor yo`nalishiga, xaridor talabiga moslashishini ta`minlaydi.

    Tovar ishlab chiqaruvchilar marketing tufayligina bizor bilan uzviy bog`lanadilar, ishlab chiqarish manbalarini bozortalab tovarlar yaratishga qarataldilar. Bunday zamonavoy bozorshunoslar – marketing bilan shug`ullanuvchi, menejerlar faoliyati , firmalar o`rtasidagi raqobat sharoitida korxonaning muvaffaqiyatini ta`minlashga katta ahamiyat kasb etadi. Bu o`rinda to`g`ri tanlangan, vaqtida o`tkazilgan reklamaning o`rni ham beqiyosdir. Menejmentning – menejerlarning birgalikdadi xatti-harakati, oxir-oqibat, korxonani oqilona boshqarishga, ishlab chiqarish resurslaridan rejali foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini, mehnat unumdorligini oshrishga qaratilgan bo`ladi. Menejer qaysi sohani boshqarmasin, u avvalo odamlar bilan ishlaydi, ularni boshqaradi. Menejer qo`l ostidagi xodimlar bilan o`zaro munosabati, ular bilan muomalasi umumiy ish natijasida bevosita ta`sir ko`rsatadi. Ishning umumiy muvaffaqiyati oxir –oqibat menejer bilan xodimlar orasidagi insoniy musabatlarga borib taqaladi.



    O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

    O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Mulkning qanday asosiy shakllari bor?

    2. Shaxsiy mulk qachon xususiy mulk deb yuritiladi?

    3. Jamoa mulkiga egalik qilish deganda nimani tushunasiz ?

    4. Korxona deb nimaga aytiladi?

    5. Turli xil korxonalarga misollar keltiring?

    Mustaqil ish.

    Korxona ishini yaxshilash uchun qo’shimcha 100 minh so’m sarfladi.Natijada uning foydasi 5 million so’mdan 5.2 million so’mga yetdi.Boshqa korxona 200 ming sarflab ,olgan foydasini 10.3 million so’mga etdi. ?

    Hisoblab ko’ringchi, qaysi korxonada memejment samaradorligi yuqori bo’lgan?
    V. Darsni yakunlash va uyga topshriq berish.

    Uyga vazifa: mavzuga oid qo`shimcha ma`lumotlar topib kelish va sinfdagilarga so`zlab berib, ular bilan ma`lumotlarni muhokama qilish.

    Kelgusi mavzu uchun kerakli narsalarni aytish.



    Ish o’rnini yig’ishtirish, o’quvchilarni baholash.
    Download 134,5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 134,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Vazirligi Samarqand shahar

    Download 134,5 Kb.