• Yangi mavzu bayoni
  • O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash
  • V. Darsni yakunlash va uyga topshriq berish.
  • O’tilgan mavzuni so’rash va baholash




    Download 134.5 Kb.
    bet4/4
    Sana24.03.2017
    Hajmi134.5 Kb.
    #1591
    1   2   3   4
    O’tilgan mavzuni so’rash va baholash

    “Kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi”ni mavzuga oid savollar orqali o`tilgan darsni so`raladi va baholadi.

    Savollar:

    I. Ta`lim to`g`risidagi Qonunning maqsadi nima?

    2. Ta`lim turlarini ayting?

    3. Kadrlar tayyorlashning milliy modelini ayting?

    4. Shaxs nima?

    5. Ishlab chiqarish nima?



    Yangi mavzu bayoni:

    Reja:

    1. Mulkchilik turlari haqida.

    2. Marketing faoliyati haqida.

    3. Menejment faoliyati haqida.

    Mulk- moddiy va ma’naviy boyliklarni qonuniy ravishda va belgilangan tartibda kishilar tomonidan o’zlashtirish shaklidir.

    Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining ximla-xil bo`lishini talab qiladi, chunki tovar muayyan mulk ob`yekti bo`lgandagina oldi-sotdi qilinadi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham : “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllaridagi mulk tashkil etadi” deb ta`kidlangan.








    Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida bu mulk o`z ichiga davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va matbuot sohalridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shaklarini va xususiy mulklarini oladi. Shu sababli “O`zbekiston Respublikasining mulkchilik to`g`risida”gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllari kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk. aralash mulk. Quyidagi chizmada turli mezonlar asosida mulkchilik shakllarining tasniflanishi keltirilgan:






    Davlat mulki – mulk davlatga tegishli bo`lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo`ladi. Davlat mulki asosan ikki yo`l bilan hosil bo`ladi:

    1)ta’limiy: xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat hisobiga o`tkazish hisobiga;

    2)tarbiyaviy: davlat mablag`lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarga investitsiyalar kiritishni amalga oshirish

    Jamoa mulki – muayyan maqsad yo`lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma`naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o`zlashtirishni bildiradi. Bir necha kishilardan iborat jamoaga tegishli bo`lgan mulk jamoa mulki deb yuritiladi.

    Oilaviy mulk, mahalla mulki, jamoat korxonasi mulki, fermer xo`jaligi jamoasi mulki, mamlakat aholisining mulki jamoa mulkiga misol bo`la oladi. Agar singdoshlar pul yig`ib to`p sotib olsangiz, bu to`p ham jamoa mulki hisoblanadi. Jamoa mulkiga jamoaning hamma a`zosi birgalikda egalik qiladi. Masalan, mahalla uchun hashar usulida qurilgan choyxona mahalla ahlining mulki hisoblanadi.

    Biror shaxsning yolg`iz o`ziga tegishli bo`lgan mulk shaxsiy mulk deb ataladi. Shaxsiy mulk mulk shakllari ichida munim o`rin tutadi. Shaxsiy mulk – fuqarolar mulki bo`lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. “Shaxsiy mulk” bilan bir qatorda “xususiy mulk” iborasi ham ishlatiladi. “Aliyevning xususiy yoki shaxsiy do`koni bor. Valiyevning shaxsiy yoki xususiy firmasi bor”, degan so`zlarni ko`p eshitgan bo`lsangiz kerak. Demak, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda foydalanilayotgan shaxsiy mulkni xususiy mulk deb ham atash mumkin ekan.

    Xususiy mulk – ayrim sohiblarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o`z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Turli shakldagi muklarning birikib ketishi matijasida aralash mulk paydo bo`ladi. Bu mulk alohida ob`yektning turli mulkdorlar ishtirokida o`zlashtirilishini bildiradi.

    Tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko`rsatuvchi har qanday tashkilot korxona deb ataladi. Siz bilgan zavod va fabrikalar, qurilish boshqarmasi, avtomobil parki va ta`mirlash ustaxonalari, jamoa va fermer xo`jaliklari, universitet, institut, kollej, litsey va maktablar, birja va banklar, kasalxonalar, bolalar bog`chalari- bularning hamma- hammasi korxona deb atalishi mumkin. Chunki ularda nimadir ishlab chiqariladi yoki qandaydir xizmat ko`rsatiladi.

    Korxonada tovar ishlab chiqarishni amalga oshirish murakkab va serqirra jarayon bo`lib, u odilona boshqarishni taqozo etadi.

    Ma’lumki, korxonada tovar ishlab chiqarish uchun ishchi kuchi, bino va asbob uskunalar, xom-ashyo va materiallar, turli xil ma`lumotlar va pul mablag`lari zarur bo`ladi. Qancha ishchi kuchi, qancha va qanday xom-ashyo va materiallar kerak? Qaysi asbob-uskunalardan foydalangan ma`qul? Ishlab chiqarishni qaysi texnologiya bo`yicha yuritgan yaxshiroq? Bularning hammasi uchun qancha pul mablag`lari kerak? Ishlab chiqarish jarayonida bu va bunga o`xshash o`nlab savollar tug`iladi, ularni yechish ancha murakablashadi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonini boshqarish lozim bo`ladi.

    Korxona tovar ishlab chiqarishni boshqarish jarayonini menejment, bu ish bilan shug`ullanuvchi menejerlar deb ataladi.

    Menejer – maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning sir-asrorlari,qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassislar - yollanma boshqaruvchilar bo’lib, aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi.

    Rivojlangan davlatlarda kompaniya, bank, moliya muassasalari va ularga qarashli bo`linmalarning rahbar xodimlari menejerlardir.

    Bozor iqtisodi sharoitida menejerlarning roli oshub bormoqda. O`zbekistonda ham bu soha xodimlari ko`paymoqda. Xususan, Toshkent iqtisodiyot dorulfununida, Toshkent boshqaruv va siyosatshunoslik institutida ham menejerlar tayyorlash yo`lgan qo`yilmoqda.

    Korxonada menejerlar odatda bir nechta bo`lib, ulardan biri bevosita mahsulot ishlab chiqarish jarayonini boshqarsa, biri xom-ashyo resusrlari va materiallar ta`minotini boshqaradi. Yana biri mahsulot sifatini va ishlab chiqarish texnolagiyasini boshqarsa, boshqa biri korxona xodimlarini boshqaradi.

    Bozorni o`rganish, narxlarni shakllantirish, mahsulotni sotish bilan bog`liq ishlarni jamlab, bitta nom bilan marketing deb atashadi. Marketing xaridor ehtiyojlarini to`larioq qondirish asosida tovarlar va xizmatlar bozorida ayirboshlash jaroyonlarini jadallashtirishga qaratilgan keng turdagi faoliyat bo`lib, uning asosiy maqsadi yuqori foyda olishni ta`minlashdir.


    Marketing –firma yoki korxona ishini bozor sharoitiga moslashtirishga qaratilgan maxsus faoliyat bo’lib, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining etakchi tushunchalaridan biri, marketing faqat bozordagi talay ehtiyojni qondirish vositasidagina bo`lmay, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun ham xizmat qiladi. Marketing holatini o`rganish, uni oldindan baholash, tovar ishlab chiqarish va sotish orqali undan yaxshi foyda olishni ham uyushtiradi. Marketing ishi maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi.





    Marketing quyidagi asosiy qoidalarga amal qiladi:

    1. Tovarga nisbatan bozor talabini o`rganish.

    2. Tovar ishlab chiqarishga nisbatan korxonaning imkoniyatini o`rganish.

    3. Xaridorning talab-ehtiyojlarini to`la qondirish va o`rganish.

    4. Mo`ljallangan bozorda tovarlar aytilgan vaqtda bekgilangan miqdorda sotilishini tashkil qilish.

    5. Korxonalarning bozor yo`nalishiga, xaridor talabiga moslashishini ta`minlaydi.

    Tovar ishlab chiqaruvchilar marketing tufayligina bizor bilan uzviy bog`lanadilar, ishlab chiqarish manbalarini bozortalab tovarlar yaratishga qarataldilar. Bunday zamonavoy bozorshunoslar – marketing bilan shug`ullanuvchi, menejerlar faoliyati , firmalar o`rtasidagi raqobat sharoitida korxonaning muvaffaqiyatini ta`minlashga katta ahamiyat kasb etadi. Bu o`rinda to`g`ri tanlangan, vaqtida o`tkazilgan reklamaning o`rni ham beqiyosdir. Menejmentning – menejerlarning birgalikdadi xatti-harakati, oxir-oqibat, korxonani oqilona boshqarishga, ishlab chiqarish resurslaridan rejali foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini, mehnat unumdorligini oshrishga qaratilgan bo`ladi. Menejer qaysi sohani boshqarmasin, u avvalo odamlar bilan ishlaydi, ularni boshqaradi. Menejer qo`l ostidagi xodimlar bilan o`zaro munosabati, ular bilan muomalasi umumiy ish natijasida bevosita ta`sir ko`rsatadi. Ishning umumiy muvaffaqiyati oxir –oqibat menejer bilan xodimlar orasidagi insoniy musabatlarga borib taqaladi.



    O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

    O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Mulkning qanday asosiy shakllari bor?

    2. Shaxsiy mulk qachon xususiy mulk deb yuritiladi?

    3. Jamoa mulkiga egalik qilish deganda nimani tushunasiz ?

    4. Korxona deb nimaga aytiladi?

    5. Turli xil korxonalarga misollar keltiring?

    Mustaqil ish.

    Korxona ishini yaxshilash uchun qo’shimcha 100 minh so’m sarfladi.Natijada uning foydasi 5 million so’mdan 5.2 million so’mga yetdi.Boshqa korxona 200 ming sarflab ,olgan foydasini 10.3 million so’mga etdi. ?

    Hisoblab ko’ringchi, qaysi korxonada memejment samaradorligi yuqori bo’lgan?
    V. Darsni yakunlash va uyga topshriq berish.

    Uyga vazifa: mavzuga oid qo`shimcha ma`lumotlar topib kelish va sinfdagilarga so`zlab berib, ular bilan ma`lumotlarni muhokama qilish.

    Kelgusi mavzu uchun kerakli narsalarni aytish.



    Ish o’rnini yig’ishtirish, o’quvchilarni baholash.

    Download 134.5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 134.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’tilgan mavzuni so’rash va baholash

    Download 134.5 Kb.