• Ishning mazmuni
  • 2- mustaqil ishi mavzu: jihozlarni ta’mirlash rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash reja grafigi ishning maqsadi




    Download 113.5 Kb.
    bet1/4
    Sana16.04.2024
    Hajmi113.5 Kb.
    #198157
      1   2   3   4
    Bog'liq
    2-MUSTAQIL ISH
    Mundarija

    2- Mustaqil ishi
    MAVZU: JIHOZLARNI TA’MIRLASH REJALI OGOHLANTIRUVCHI TA’MIRLASH REJA GRAFIGI

    1. Ishning maqsadi: Rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash grafigini tuzilishi, ta’mirlash mehnat sig‘imi va ishchilar sonini aniqlash bo‘yicha amaliy bilimga ega bo‘lish.

    2. Ishning mazmuni: ROT tizimi normativlarini hisoblash, rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash grafigini tuzilish, ta’mirlash mehnat sig’imi va ishchilar sonini hisoblash.

    3. Nazariy qism.

    Jihozlarni ta’mirlashni tashkil etishning samarali shakllaridan biri rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash (ROT) tizimi hisoblanadi. ROT tizimi tarkibiga jihozlarni kuzatib borish , ta’mirlashlar orasida xizmat ko‘rsatish, jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish, davriy rejali ta’mirlash kiradi. Ta’mirlash hajmi va moliyalashtirish manbasiga ko‘ra joriy, o‘rta va kapital ta’mirlashni ajratib ko‘rsatish mumkin. Sanab o‘tilgan ta’mirlash ishlaridan tashqari doimiy sur’atda texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish zarur.
    ROT tizimi asosida turli ta’mirlash ishlari tartibi va bajarilishining muddatini belgilovchi quyidagi normativlar yotadi: ta’mirlash sikli, ta’mirlash orasidagi davr, kuzatishlar orasidagi davr ta’mirlash ishlarining mehnat sig’imi normasi.
    Ketma-ket kapital ta’mirlash orasidagi davr ta’mirlash sikli deyiladi. Ana shu davr mobaynida amalga oshiriladigan kuzatishlar, kichik va o‘rta ta’mirlash ketma-ketligi ta’mirlash sikli strukturasi deyiladi.
    Barcha turdagi tikuv mashinalari uchun ta’mirlash sikli strukturasi quyidagicha:
    T-K-K-J1- K-K -J2- K-K -J3- K-K -J4- K-K -J5- K-K -J6- K-K -J7- K-K -J8- K-K -J9- K-K -J10- K-K -J11- K-K -T
    Demak , ta’mirlash sikli davomiyligi 3 yil bo‘lib , joriy ta’mirlash har 3 oyda , kuzatuv esa har oyda amalga oshiriladi. Ta’mirlash ishlarining murakkablik darajasini solishtirish va mehnat sig’imini aniqlash uchun barcha ta’mirlash ishlari shartli ta’mirlash birligiga aylantiriladi.
    Har bir jihozning konstruktiv va texnologik xususiyatlaridan kelib chiqib ta’mirlash murakkablik kategoriyasi belgilanadi. Ushbu ko‘rsatkich shu jihozni ta’mirlash murakkabligi shartli ta’mirlash birligi murakkabligidan necha marta yuqoriligini ko‘rsatadi.
    Ta’mirlash ishlarining umumiy mehnat sig’imini aniqlash maqsadida har bir ta’mirlash turi uchun mehnat sig’imi normativi belgilanadi.

    5-Jadval.



    Download 113.5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 113.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2- mustaqil ishi mavzu: jihozlarni ta’mirlash rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash reja grafigi ishning maqsadi

    Download 113.5 Kb.