• Harakatning tartibini belgilovchi yo ‘ l belgi chiziqlariga yo ‘ lning qatnov qismiga , to ‘
  • Gorizontal yo ‘ l belgi chiziqlari
  • 6 m va undan ko‘p bo‘lgan
  • 11 Mavzu. Yo‘l belgi chiziqlarini tushirishga qo‘yiladigan umumiy talablar. Tayanch so‘zlar va iboralar




    Download 33.5 Kb.
    Sana01.04.2024
    Hajmi33.5 Kb.
    #184002
    Bog'liq
    11 Mavzu Yo‘l belgi chiziqlarini tushirishga qo‘yiladigan umumiy talablar.
    MATE 3, KURS ISHI. SABUROVA.Z. ATOM, 10-sinf-biologiya-yozma, 40720602 NUD to`plam NGQI ..., MT 5 51 02 02 Elektr stantsiyalari tarmoqlari va tizimlari, 1 QADIMGI XORAZM ME\'MORCHILIGIDA QURILISH ASHYOLARINING SHAKLLANISHI AHAMIYATI (TUPROQ QALA SAROYI MISOLIDA), O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org, MIKROPROTSESSOR грифли 100 та укув кулланма

    11 Mavzu. Yo‘l belgi chiziqlarini tushirishga qo‘yiladigan umumiy talablar.
    Tayanch so‘zlar va iboralar: yo‘l belgi chiziqlari; gorizontal; vertikal; nur qaytaruvchi elementlar; termoplastlar; tabiiy oq toshlar; farfor siniqlari; metal knopkalar.
    Yo‘l belgi chiziqlarini yo‘l sharoitlarining o‘zgarishiga qarab ishlatish qoidalari «Texnicheskie sredstva organizatsii dorojnogo dvijeniya», ularning elementlariga qo‘yiladigan talablar esa «Dorojnaya razmetka»da keltirilgan.
    Harakatning tartibini belgilovchi yol belgi chiziqlariga yolning qatnov qismiga, tosiqlarga va boshqa yol inshootlariga tushiriladigan chiziqlar, yozuvlar va har xil belgilar kiradi.
    Avtomobil yo‘llarida harakatni tashkil qilishning samarali usullaridan biri yo‘l belgi chiziqlarini ishlatishdir. Yo‘l belgi chiziqlarini ishlatish yo‘l-transport hodisalari sonining 30-50% kamayishiga olib keladi.
    Ishlatilish vazifasi bo‘yicha yo‘l belgi chiziqlari yo‘l belgilariga ko‘pincha mos keladi. Lekin ko‘pchilik hollarda yo‘l belgi chiziqlari bir qator afzalliklarga ega. Yo‘l belgi chiziqlari haydovchilarni yon atrofga qaratib chalg‘itmasdan, nigohini yo‘lning qatnov qismiga qaratgan holda ko‘rsatmalar beradi, shuning bilan birgalikda, ular haydovchiga yo‘l belgilariga nisbatan uzoq muddat mobaynida ta’sir qiladi. Yo‘l belgi chiziqlarining kamchiligiga tez yedirilish, iflos va qor tagidan ko‘rinmaslikni ko‘rsatish mumkin.
    Yo‘l belgi chiziqlari ikki guruhga bo‘linadi: gorizontal va vertikal.
    Gorizontal yo‘l belgi chiziqlari takomillashtirilgan qoplamali yo‘llarda tushirilib, quyidagilarga bo‘linadi:
    - bo‘ylama belgi chiziqlari;
    - ko‘ndalang belgi chiziqlari;
    - xavfsizlik orolchasi;
    - aholi yashash punktini, marshrut yo‘nalishini bildiruvchi yozuvlar va boshqa belgi chiziqlari.
    Gorizontal yol belgi chiziqlari aholi yashaydigan punktlarda tezyurar, magistral yo‘llarda, shuningdek, jamoat yo‘lovchi transportlari qatnaydigan yo‘llarda tushiriladi. Gorizontal yo‘l belgi chiziqlari aholi yashamaydigan punktlarda natural harakat miqdori 1000 avt/sut va undan ortiq hamda qatnov qismining kengligi 6 m va undan ko‘p bo‘lgan yo‘llarda tushiriladi. Bunda yo‘l belgi chizig‘i bilan belgilangan kenglik 3,0 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
    Vertikal yol belgi chiziqlari turli tayanchlarni, ko‘prik, yo‘l o‘tkazgichlarning to‘siqlarini, tonnellarning devorlarini, yo‘l to‘siqlarining yon tomonlarini, xavfli joylarda o‘rnatilgan xavfsizlik orolchalarini belgilashda ishlatiladi.
    Download 33.5 Kb.




    Download 33.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11 Mavzu. Yo‘l belgi chiziqlarini tushirishga qo‘yiladigan umumiy talablar. Tayanch so‘zlar va iboralar

    Download 33.5 Kb.