-mavzu: 1991-2017-yillarda




Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/35
Sana15.06.2022
Hajmi0.92 Mb.
#23679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
2 5298881000535754063
Kalendar REAJ (AX ), Bank ichki nazorati, uning turlari va ahamiyati-fayllar.org
7-mavzu: 1991-2017-yillarda 
Kavkazorti davlatlari (48 ta) 
 
1.Ozarbayjon Respublikasi qachon o‘z
mustaqilligini e‘lon qildi?
A) 1991-yil 9-aprel B) 1991-yil 21-sentabr
C) 1991- yil 18-oktabr D) 1991-yil 16-dekabr
2. Qaysi omillarga ko‘ra Ozarbayjon davlati
Rossiya va G‘arb manfaatlari orasida mohirlik
bilan muvozanatni saqlab kelmoqda?
A) AQSh bilan tashqi savdoda yaxshi munosabatda
ekanligi
B) suv va o‘rmon resurslariga boy ekanligi
C) Kaspiy dengizida erkin harakatlanishlari uchun
keng imkoniyatlarni ta‘minlab kelayotganligi uchun
D) katta neft va gaz zahiralariga egaligi, strategik
joylashuvi bois
3. Ozarbayjonning tashqi siyosatdagi
muvaffaqiyatlariga qaramasdan, bir qator ichki
muammolar saqlanib qolmoqdA) Bular qatoriga
birinchi navbatda,…..kiritish mumkin.
A) mustaqillikka erishgandan kiyingi oziq-ovqat
tanqisligini
B) Ta‘limdagi muammolarni
C) Tog‘li Qorabog‘ muammosini
D) Yangi konstitutsiyani yaratish muammosini
4. XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida
Ozarbayjonda qaysi muammo yana kutarildi?
A) oziq-ovqat tanqisligi
B) Neft konlarining Rossiya tomonidan
o‘zlashtirilishi
C) Tog‘li Qorabog‘ muammosini
D) Kaspiy dengizidagi chegaralanish muammosini
5. Tog‘li Qorabog‘ga to‘g‘ri berilgan tarifni
toping?
A) Ozarbayjon hududida joylashgan va asosan
arman millatiga mansub aholi yashaydigan
avtonom viloyat
B) Armaniston hududida joylashgan va asosan
ozarbayjon millatiga mansub aholi yashaydigan
avtonom viloyat
C) Gruziya hududida joylashgan va asosan arman
millatiga mansub aholi yashaydigan avtonom


viloyat
D) Ozarbayjon hududida joylashgan va asosan
gruzin millatiga mansub aholi yashaydigan
avtonom viloyat
6. Qaysi voqea sababli mintaqadagi milliy
muammilarni chigallashtirib yubordi?
A) Boku shahrida muholifatchi siyosiy tashkilot- 
Ozarbayjon Xalq frontining namoyishining
o‘tkazilishi
B) Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati
rahbarlarining viloyatni Aramaniston tarkibiga
qo‘shishini so‘rab qilgan murojaati
C) Milliy mudofaa kengashi tuzilganligi
D) Sovet armiyasining Boku shahriga kiritilishi
7. Qachon Boku shahrida muxolifatchi siyosiy
tashkilot – Ozarbayjon Xalq frontining namoyishi
boshlandi?
A) 1990-yilda B) 1991-yilda
C) 1989-yilda D) 1992-yilda
8. Xalq fronti kimning boshchiligida Milliy
mudofaa kengashi tuzilganligini e‘lon qildi?
A) Avaz Mutalibov B) Abulfayz Elchibey
C) Geydar Aliyev D) Ilhom Aliyev
9. Bokudagi armanlar qirg‘iniga bevosita turtki
bo‘lgan sabab nima edi?
A) armanlarning ―non isyonlari‖
B) Ozarbayjon shifokorining arman millatchilari
tomonidan o‘ldirilishi
C) Xalq frontining millatchilik ruhidagi mitinglari
D) to‘g‘ri javob yo‘q
10. Sovet armiyasining Bokuga kiritilishiga nima
sabab bo‘ldi?
A) armanlarning ―non isyonlari‖
B) Ozarbayjon shifokorining arman millatchilari
tomonidan o‘ldirilishi
C) Xalq frontining millatchilik ruhidagi mitinglari
D) Bokudagi armanlar qirg‘ini
11. Qachon Bokuda davlat tuntarishi yuz berib
Ayaz Mutaliboy hokimiyatdan ketadi?
A)1990-yil fevralda B) 1991-yil martda
C) 1989-yil aprelda D) 1992-yil mayda
12. Ayaz Mutaliboydan kiyin hokimiyat tepasiga
kim keldi?
A) Zviad Gamsaxurdiya B) Abulfayz
Elchibey
C) Geydar Aliyev D) Ilhom Aliyev
13. Geydar Aliyev prezidentlikka nomzodi
qo‘yilguncha qaysi lavozimda ishlar edi?
A) Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi
B) Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri
C) Ozarbayjon oliy sud raisi
D) Ozarbayjon moliya vaziri
14. 1993-yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik
saylovlarida kim yutib chiqadi?
A) Zviad Gamsaxurdiya B) Abulfayz Elchibey
C) Geydar Aliyev D) Ilhom Aliyev
15. Quyidagi Ozarbayjon Prezidentlaridan qaysi
biri hokimiyatni o‘n yil boshqardi?
A) Zviad Gamsaxurdiya B) Abulfayz Elchibey
C) Geydar Aliyev D) Ilhom Aliyev
16. Geydar Aliyev o‘tkazgan islohatlar va erishgan
yutuqlarini qayd eting?
1.ziddiyatli ahvolni yumshatishga erishdi; 2.
Fuqarolarning davlat organlariga murojaat
qilishlarini yengillashtirdi; 3. Mamlakatning tinch
tarqqiyotini ta‘minladi; 4. Soliqlarni kamaytirdi; 5.
Qo‘shnilar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlari
o‘rnatdi; 6. Ziyolilar bilan munosabatini bo‘zdi; 7.
Tog‘li Qorabog‘ faol jang harakatlarini to‘xtatdi,
muzokaralar boshladi.
A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 1,3,5,6
C) 2,4,6 D) 1,3,5,7
17. Geydar Aliyev qachon vafot etdi?
A) 2000-yil fevralda B) 2001-yil martda
C) 2003-yil aprelda D) 2003-yil dekabr
18. Gruziya aholisi qachon referendumda
mamlakat mustaqilligi uchun ovoz berdi?
A)1990-yil fevralda B) 1991-yil martda
C) 1989-yil aprelda D) 1992-yil mayda
19. Gruziya qachon o‘z mustaqilligini e‘lon qildi?
A) 1991-yil 18-oktabr B) 1991-yil 9-aprel
C) 1991-yil 21-sentabr D) 1991-yil 21-may
20. 1991-yilda Gruziyada o‘tkazilgan prezidentlik
saylovlarida kim g‘alaba qozondi?
A) Zviad Gamsaxurdiya
B) Eduart Shevardnadze
C) Mixail Saakashvili
D) Georgiy Margvelashvili
21. Gruziyada qaysi prezidentning hokimiyatni
boshqaruv davri sakkiz oy davom etdi?
A) Zviad Gamsaxurdiya
B) Eduart Shevardnadze
C) Mixail Saakashvili
D) Georgiy Margvelashvili
22. Zviad Gamsaxurdiya davrida yuz bergan
voqealarni qayd eting?
1.ziyolilar bilan aloqasini buzdi; 2. Fuqarolarning
davlat organlariga murojaat qilishlarini
yengillashtirdi; 3. Millatlararo munosabatlarni
keskinlashtirib yubordi; 4. Soliqlarni kamaytirdi;
5. Qo‘shnilar bilan yaxshi hamkorlik
munosabatlari o‘rnatdi; 6.Tbilisida haqiqiy jangler
bo‘lib o‘tdi; 7.gruzin-abxaz majorosini keltirib
chiqardi
A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 1,3,5,6
C) 2,4,6 D) 1,3,6,7
23. 1991-yili Gruziya prezidenti Zviad
Gamsaxurdiyani qaysi partiya rahbarlari iste‘foga
chiqishini talab qilishdi?
A) Gruziya orzusi partiyasi
B) Gruziya xalq demokratik partiyasi
C) Komunistik partiya


D) Sotsial-demokratik partiya
24. Eduart Shevardnadze davlat tepasiga kelgan
paytda mamlakatda qaysi urush davom etayotgan
edi?
A) gruzin-osetin urushi B) fuqarolar urushi
C) gruzin-arman D) isroil-gruzin
25. Gruziyada kimning prezidentlik davrida gruzin- 
osetin urushi to‘xtatildi?
A) Zviad Gamsaxurdiya
B) Eduart Shevardnadze
C) Mixail Saakashvili
D) Georgiy Margvelashvili
26. 1991-yilning qaysi oyida Eduart Shevardnadze
Gruziya Oliy Kengashi raisi etib saylandi?
A) Oktabr B) Sentabr
C) Noyabr D) Dekabr
27. Eduart Shevardnadze boshqaruviga nisbatan
aholining noroziligining kuchayishiga
mamlakatdagi qaysi muammo sabab bo‘ldi?
A) ziyolilar bilan aloqasining buzilishi
B) Millatlararo munosabatlarni keskinlashtirib
yuborganligi
C) gruzin-abxaz majorosi
D) iqtisodiy ahvolning og‘irligi
28. Eduart Shevardnadze qachon iste‘foga
chiqanligini e‘lon qildi?
A) 2003-yilda B) 2002-yilda
C) 2001-yilda D) 2000-yilda
29. Eduart Shevardnadzedan kiyin hokimiyat
tepasiga kim keldi?
A) Zviad Gamsaxurdiya
B) Eduart Shevardnadze
C) Mixail Saakashvili
D) Georgiy Margvelashvili
30. Ma‘lumki, 2003-yili Gruziyda prezidentlik
saylovlari o‘tkaziladi va bu saylovlarda Mixail
Saakashvili g‘olib chiqadi. Aytingchi
mamlakatdagi bu jarayonlar Gruziya va G‘arb
matbuotida qanday nom bilan ataldi?
A) ―Gruziya bahori‖
B) ― Kavkaz inqilobi‖
C) ― Lola inqilobi‖
D) ―Atirgullar inqilobi‖
31. Mixail Saakashvili hukumati Gruziyada qanday
muhim islohatlarni amalga oshirdi?
1.ziyolilar bilan aloqasini buzdi; 2. Fuqarolarning
davlat organlariga murojaat qilishlarini
yengillashtirdi; 3. Millatlararo munosabatlarni
keskinlashtirib yubordi; 4. Soliqlarni kamaytirdi;
5. Qo‘shnilar bilan yaxshi hamkorlik
munosabatlari o‘rnatdi; 6.davlat mulkini
xususiylashtirish; 7. Korrupsiyaga qarshi urush
e‘lon qildi
A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 1,3,5,6
C) 2,4,6,7 D) 1,3,6,7
32. Qaysi muammo Mixail Saakashvili davrida
ham o‘z yechimini topmadi?
A) iqtisodiy ahvolning og‘irligi
B) Korrupsiya
C) soliqlarni kamaytirish
D) Gruziya bilan Janubiy Osetiya o‘rtasidagi
mojaro
33. 2008-yilda qaysi davlat Abxaziya va Janubiy
Osetiyaning mustaqilligini tan olib, ular bilan ikki
tomonlama munosabatlar o‘rnatdi?
A) Gruziya B) Rossiya
C) AQSH D) Ozarbayjon
34. 2008-yilda qaysi davlatlar o‘rtasida harbiy
to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi?
A) AQSH, Gruziya, Janubiy Osetiya va Abxaziya
B) Rossiya, Gruziya, Janubiy Osetiya va Abxaziya
C) Rossiya, Ozarbayjon, Janubiy Osetiya va
Abxaziya
D) AQSH, Gruziya, Tog‘li Qorabog‘, Abxaziya
35. O‘zbekistonda ―Mustahkam oila yili‖ deb e‘lon
qilingan yili Gruziyada….?
A) ―Gruziya orzusi‖ partiyasi g‘olib chiqdi
B) Rossiya, Gruziya, Janubiy Osetiya va Abxaziya
o‘rtasida harbiy to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi
C) Boylarga qo‘shimcha soliq solish to‘g‘risida
qaror qabul qilindi
D) BMTda ko‘ztuvchi sifatida qatnashadigan
bo‘ldi
36. 2012-yili Gruziyada ―Gruziya orzusi‖ partiyasi
vakili kim hukumat tepasiga keldi?
A) Zviad Gamsaxurdiya
B) Eduart Shevardnadze
C) Mixail Saakashvili
D) Georgiy Margvelashvili
37. Gruziyada 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida
qaysi partiya g‘alaba qozondi?
A) Gruziya orzusi partiyasi
B) Gruziya xalq demokratik partiyasi
C) Komunistik partiya
D) Sotsial-demokratik partiya
38. Armanistonda qachon respublika maqomi
bo‘yicha referendum o‘tkazildi?
A) 1991-yil 18-oktabr B) 1991-yil 9-aprel
C) 1991-yil 21-sentabr D) 1991-yil 21-oktabr
39. Armanistonning birinchi Prezidentini aniqlang?
A) Levon Ter-Petrosyan
B) Serj Sargsyan
C) Mixail Saakashvili
D) Georgiy Margvelashvili
40. Armanistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida
deklaratsiyasi qachon qabul qilingan?
A) 1991-yilda B) 1992-yil
C) 1993-yil D) 1990-yil
41. Armanistonda mustaqillik uchun kurash
qachondan boshlandi?
A) XXI asrning boshlari
B) XX asrning 80-yillari


C) XX asrning 90-yillari
D) XX asrning 70-yillari
42. Quyidagi davlatlarning qaysi birining
mustaqilligi uchun kurashi tashqi muammosi
qizigan bir paytda boshlandi?
A) Armaniston B) Gruziya
C) Ozarbayjon D) Estoniya
43. Qaysi masala arman jamiyatida etnik
birlashish, tarixiy adolatning qaror topishi sifatida
qaraldi?
A) iqtisodiy ahvolning og‘irligi
B) Korrupsiya
C) Tog‘li Qorabog‘ masalasi
D) Gruziya bilan Janubiy Osetiya o‘rtasidagi
mojaro
44. Armaniston mustaqilikdan so‘ng Moskva bilan
munosabatini aniq belgilab oldi va sovetlarning
aybi uchun zamonaviy Rossiyani ayblamadi.
Nega?
A) chunki, Rossiyadan katta miqdorda qarzi bor
edi
B) chunki, sovetlar davridagi kattalar ala qachon
ulib ketgan edilar
C) chunki, agar Gruziya va Rossiyaga qarshi bir
vaqtning o‘zida frontga kiraolmasdi
D) chunki, Tog‘li Qorabog‘ masalasida Rossiyaga
tayanar edi
45. Armanistonning Rossiyaga tayanishidan
boshqa chorasi yo‘qligi sabablarini to‘g‘ri toping?
1.Rossiyaga iqtisodiy jihatdan qaram bo‘lib
qolganligi; 2.Ozarbayjon bilan chegaralari amalda
yopiq edi; 3. Har tomonlama sherikchilik bo‘yicha
Rossiya bilan 10 yillik shartnoma tuzganligi; 4.
Turkiya bilan chegaralari amalda yopiq edi;
5. Gruziya bilan munosabatlari murakkab edi;
6.Eron bilan ancha jiddiy geosiyosiy
kelishmovchiliklari bor edi;
7. Armaniston fuqarolarining ko‘pchiligi
Rossiyada ishlab tirikchilik qilardilar.
A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 2,4,5,6
C) 2,4,6,7 D) 1,3,6,7
46. 2008-yilda kim Armaniston Prezidenti etib
saylandi?
A) Levon Ter-Petrosyan
B) Serj Sargsyan
C) Mixail Saakashvili
D) Georgiy Margvelashvili
47. Armaniston sanoati sovet davrida yaratilgan
bo‘lib SSSRning ichki bozoriga qanday
mahsulotlarni yetkazib beradi?
A) dastgohlar, uskunalar, to‘qimachilik
mahsulotlari
B) avtomobil ehtiyot qismlari, uskunalar,
to‘qimachilik mahsulotlari
C) dastgohlar, uskunalar, gusht mahsulotlari
D) vino, uskunalar, kimyo sanoati mahsulotlari
47. Armaniston SSSRning ichki bozoriga o‘z
mahsulotlarini yetkazib berib o‘rniga nima olar
edi?
A) yoqilg‘i va dori-darmon
B) xomashyo va elektr energiyasi
C) g‘alla va kartoshka
D) harbiy qurollar va o‘q dorilar
48. Armaniston – industrial-agrar mamlakat
hisoblanadi. Aytingchi unda ishlab chiqarishning
qaysi sohalari rivojlangan?
1.kimyo sanoati; 2.og‘ir metallurgiya; 3.sintetik
kauchuk; 4. To‘qimachilik; 5.oziq-ovqat sanoati;
6.qurilish materiallari ishlab chiqarish; 7.
mashinasozlik.
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 4, 5, 6
C) 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 3, 6, 7

Download 0.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish