• Salbiy auditorlik xulosasi
  • 115. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi. Auditorlik tashkiloti mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida «Auditorlik faoliyati to’g’risida»




    Download 27.99 Kb.
    bet4/6
    Sana20.03.2023
    Hajmi27.99 Kb.
    #46078
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    114-121. Audit
    2-maqola, Kurs ishi mavzu Milliy hisoblar tizimida Yalpi ichki mahsulot k
    Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga ko’ra ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xo’jalik muomalalarining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim.

    Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli to’g’risida ishonarli ma’lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning moliya-xo’jalik faoliyati hisobi amaldagi me’yoriy qonunchilik talablariga mos kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o’z vaqtida tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itishi mumkin.

    Salbiy auditorlik xulosasi tuzish auditorlik amaliyotida kamdan-kam uchraydigan holat bo’lib, bunga quyidagi muayyan vaziyatlar sabab bo’lishi mumkin:




    • auditor tomonidan aniqlangan buxgalteriya hisobotidagi xato-kamchiliklar muhim va salmoqli bo’lgan holatlar; ayrim mijoz-korxonalarda bunday holatlar ularning iqtisodiy nosorligi bilan birgalikda yuzaga , hatto amal qilayotgan korxona printsipining buzilishiga etib boradi;


    • moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun zarur bo’lgan dastlabki hujjatlar, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari va hisob registrlari hamda boshqa hujjatlarning katta qismi korxona ma’muriyati tomonidan taqdim etilganda; bunda auditorlik tashkiloti vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda №70-AFMSga muvofiq auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechishi ham mumkin;


    • ijobiy auditorlik xulosasi tuzishga to’sqinlik qiladigan boshqa ob’ektiv vaziyatlar ham, xususan, vaziyat taqazosi vujudga keladigan srhani cheklashlar;


    • mijoz-korxona ma’muriyati moliyaviy hisobot ma’lumotlarini asosan to’g’ri deb, auditorlik xatolar va noaniqliklar to’g’risidagi asosiy xulosalari bilan rozi bo’lmasdan, tegishli hisob yozuvlarini tuzatishni batamom rad etish holatlari va hakozo.





    Download 27.99 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 27.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    115. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi. Auditorlik tashkiloti mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida «Auditorlik faoliyati to’g’risida»

    Download 27.99 Kb.