12 ma’ruza. Bir bosqichli porshenli kompressorlar




Download 83.12 Kb.
bet3/6
Sana01.08.2021
Hajmi83.12 Kb.
#16446
1   2   3   4   5   6
2- rasm.
2-rasmda kompressorda siqilgan gaz olishni nazariy indikator diagrammasi tasvirlangan.

Kompressorda porshen chapdan o’ngga qarab harakatlanganda silindrga bosimi R1 bo’lgan gaz kiradi. Bu protsess diagrammada 0-1 chizig’i bilan tasvirlanib so’rish chizig’i deyiladi.

Porshen o’ngdan chapga harakatlanganda gazni R2 bosim va V2 hajmgacha siqadi. 1-2 chizig’i siqish protsessi deyiladi. Porshen chapga tomon harakatlanishda davom etib, siqilgan gazni haydash klapani orqali gaz yig’gichga siqib chiqaradi. 2-3 chizig’i haydash chizig’i deyiladi.

Porshen qaytadan o’ng tomonga harakatlana boshlaganida so’rish klapani ochilib silindrda bosim juda tez R2 dan R1 ga tushadi.

3-0 chiziq va ish protsessi yana shu tarzda takrorlanadi. Nazariy indikator diagrammasidagi 0-1-2-3-4 yuza kompressor valini bir marta aylanishiga sarf bo’ladigan,ya’ni siqilgan gaz olishga sarf­lanadigan ish miqdorini ifodalaydi va quyidagi ifoda bilan to­piladi:

(12.1)

R -diagrammada siqilish ishi:

12561 yuza bilan haydash ishi 43254 yuza bilan, so’rilish ishi lsur esa 01640 yuza bilan tasvirlanadi.

2-rasmda keltirilgan diagrammadan ko’rinib turibdi­ki, kompressor silindrining devorlaridan issiqlik olib ketilma­ganda gazni siqish protsessi 1-2 adiabata bo’yicha boradi. Silindr devorlaridan issiqlik tez olib ketib turilganda protsess 1-2 izoterma bo’yicha sodir bo’ladi.

Ko’rinib turibdiki, ikkala protsessdan izotermik protsess tejamlirok, chunki izotermik siqishda sarf bo’ladigan ish adiabatik siqishdagiga qaraganda son jihatdan 12 21 yuzaga teng miqdorda kam bo’ladi. Lekin real kompressorda gazni izotermik siqib bo’l­maydi, chunki silindrni sovituvchi suv havoni siqishda chiqadigan issiqlikning hammasini olib keta olmaydi. SHuning uchun real sharo­itlarda siqilish protsessi 1-2 politropa bo’yicha ketadi. Politropa chizig’i izoterma va adiabata chizig’i orasida bo’lib, politropa ko’r­satkichi Pq 1,18 1,25 atrofida bo’ladi.

Kompressor silindrida 1 kg siqishda sodir bo’ladigan pro­tsessning xarakteriga qarab, kompressorning to’liq solishtirma ishi l turlicha qiymatga ega bo’ladi.

Izotermik protsessda bo’lganligi uchun:

(12.2)

Adiabatik protsessda siqilish ishi:



(12.1) formulaga ko’ra kompressorning to’liq solishtirma ishi:



(12. 3)

Politropik siqilishda kompressorning to’liq solishtirma ishi quyidagiga teng:



(12.4)
Yuqorida aytib o’tilganidek, kompressor iste’mol qiladigan ishni kamaytirish uchun uning silindrini suv bilan tez sovitib turish kerak. Bundan tashqari surkov moyining o’z-o’zidan alangalanishi­ning oldini olish maqsadida siqilayotgan gazning temperaturasini pasaytirish uchun ham silindrni sovitib turish lozim.

Bir bosqichli kompressor bosimini oshirishni cheklovchi yana muhim omillardan biri-haydash bosimi oshishi bilan unumdorligining pasayishidadir. SHuning uchun bir bosqichli kompressorlar bosimi 0,8-1,0 MPa dan yuqori bo’lmagan siqilgan gaz olishda ishlatiladi.

Gazni ancha yuqori bosimlargacha siqish uchun uni bosqich bi­lan, ya’ni oraliq sovitish yo’li bilan bir necha marta siqish kerak bo’ladi.



Download 83.12 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 83.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12 ma’ruza. Bir bosqichli porshenli kompressorlar

Download 83.12 Kb.