Bir bosqichli porshenli kompressorlarning tuzilishi




Download 83.12 Kb.
bet2/6
Sana01.08.2021
Hajmi83.12 Kb.
#16446
1   2   3   4   5   6
2 Bir bosqichli porshenli kompressorlarning tuzilishi
Kompressorlarda sodir bo’ladigan protsesslarni tekshirish va tahlil qilish uchun, ish printsipi oddiyroq bo’lgan bir bosqichli porshenli kompressorlarni ko’rib chiqamiz (1-rasm).



    1. 1- rasm.

U silindr 1 va ichida harakatlanadigan porshen 2 dan ibo­rat. Silindr devori ichi bo’shliq 6 dan iborat bo’lib unda sovituvchi suv aylanma harakat qiladi. Porshen shatun 3 vositasida krivoship 4 orqali kompressorning tirsakli vali 5 bilan birlashtirilgan va ilgarilama-qaytma harakat qiladi.

Porshen chapdan o’ngga siljiganda kompressor silindrida siy­raklanish vujudga keladi. Tevarakdagi muhitning bosimi ta’sirida so’rish klapani 7 ochiladi va silindrga siqilishi lozim bo’lgan gaz to’ladi.

Porshen o’ngdan chapga tomon siljiganida so’rish klapani yopila­di va porshen silindrdagi gazni siqadi. Siqilgan gaz haydash kla­pani 8 ochilib silindrdan itarib chiqariladi va gaz yig’gichga haydaladi, undan esa iste’molchiga beriladi.

Bunda kompressorning ish protsessi porshenning ikki marta harakatlanishida amalga oshadi, bu esa valning bir marta aylanishiga muvofiq keladi.

Nazariy (ideal) bir bosqichli kompressorni ishlashini ko’rib chiqamiz.

Ishqalanishni yengishga sarf bo’ladigan ish yo’q, silindrning geo­metrik hajmi foydali ish hajmiga teng va qoldiq bo’shliq hajm hosil kilmaydi, deb faraz qilamiz. Gazni silindrga so’rish va yig’gich­ga haydash o’zgarmas bosimda amalga oshadi.








Download 83.12 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 83.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bir bosqichli porshenli kompressorlarning tuzilishi

Download 83.12 Kb.