Aralashtirish jarayoninig maqsadi va moxiyati




Download 118,53 Kb.
bet4/5
Sana20.05.2024
Hajmi118,53 Kb.
#245140
1   2   3   4   5
Bog'liq
Lecture 12

Aralashtirish jarayoninig maqsadi va moxiyati
Tayyorlanayotgan mahsulot sifatini oshirishga bo‘lgan zarurat yigirilayotgan ipning ravon, toza, pishiq va elastik bo‘lishini taqozo etmoqda.
Yigirilgan ipning sifatli bo‘lishi, texnologik jarayonlarning barqarorligi nafaqat tolalar aralashmasiga, balki komponentlarning aralashtirish jarayonini oqilona tashkil etishga ham ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Bir yoki bir necha namunalar tarkibidagi tabiiy tolalar o‘zlarining xususiyatlari bilan o‘zaro farq qiladi. Masalan, bitta chigit yoki ko‘sakdan olingan paxta tolalari bir-biridan o‘zining uzunligi, chiziqiy zichligi, pishiqligi va boshqa xususiyatlar bilan farq qiladi. Bitta teridan olingan jun tolalari nafaqat uzunligi bilan farq qiladi,
balki tuzilishi ham turli xil bo‘ladi. Tabiatda uchraydigan tola aralashmalari bir xil xususiyatlarga ega bo‘lmaydi. Lekin bunday tabiiy aralashmalar bilan korxonada
olinadigan bir nechta komponentlardan iborat bo‘lgan aralashmalar orasidagi farq juda katta bo‘ladi. Tabiiy aralashma turli xil tolalarga nisbatan yaxshi aralashgan bo‘ladi. Agar ma’lum miqdorda paxta tolasidan namuna olib, uni yigirilsa, olingan ip ma’lum bir kata bo‘lmagan bo‘lakchalarda paxta tolalari turli xil ekanligi ko‘rinadi, bu esa, o‘z navbatida, tabiiy aralashmadan dalolat beradi.
Sun’iy aralashmalarda esa, bir necha komponentlardan aralashma olinadi va bunda tolalarning, yuqorida aytib o‘tilganidek, ravon aralashmasi hosil bo‘lmaydi. Har bir aralashma tarkibida komponentlar bo‘lakcha sifatida bo‘ladi, bu bo‘lakchalarda tolalar turli xil o‘lchamlarga ega, tolalar boshqa bir bo‘lakcha tolalari bilan aralashmaydi. Hamma bo‘lakchalarni butunlay alohida tolalarga ajratish yo‘li bilan aralashtirishga erishiladi.
Agar aralashma faqatgina bo‘lakchalardan iborat bo‘lsa, ular aralashmani hosil qiladigan element hisoblanadi, agar barcha bo‘lakchalar alohida tolalarga ajratilgan bo‘lsa, aralashma elementi tola hisoblanadi. Bu ikki holatni birlashtirib, aralashma tarkibidagi elementlarni ma’lum bir hajmda ravon taqsimlanganini ko‘rib chiqsa bo‘ladi. Ammo yetarli titilmagan bo‘lakchalar mavjud bo‘lsa, unda aralashma zichligini hisobga olish kerak bo‘ladi, chunki har bir bo‘lakcha tarkibida boshqa bir komponent tolalari bilan aralashmagan bitta komponent tolalari mavjud, bunda esa bo‘lakchalarni emas, balki tolalarni aralashtirish kerak.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, aralashtirish bilan titish orasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Titish jarayonida bo‘lakcha o‘lchamlari kichiklashadi, bu esa, o‘z navbatida, aralashtirish jarayoni samarali kechishiga yordam beradi.

Download 118,53 Kb.
1   2   3   4   5




Download 118,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aralashtirish jarayoninig maqsadi va moxiyati

Download 118,53 Kb.