-rasm. Avtomatik toytitgichlarning ishlashi va harakatlanishi




Download 118,53 Kb.
bet3/5
Sana20.05.2024
Hajmi118,53 Kb.
#245140
1   2   3   4   5
Bog'liq
Lecture 12

4-rasm. Avtomatik toytitgichlarning ishlashi va harakatlanishi
itish organlarining turi, garni- turalari va o‘lchamlari.
Ishchi organlar orasidagi razvodka.
Ta’minlash va titish organlarining harakat tezligi.
Ta’minlanayotgan tolali qatlamning qalinligi.
Bunkerlarning (kameralarning) to‘lganlik darajasi.
Shuni ta’kidlash kerakki, titish jarayonining samaradorligi mazkur jarayonning jadalligi bilan uzviy
mutanosiblikdadir. Jadallik oshgan sari titish samaradorligi ham oshadi, lekin tolalar shikastlanishini ham inobatga olish kerak.



5-rasm. Ta’minlovchi-aralashtiruvchi mashinaning texnologik sxemasi.


1- chang havoni so‘rish quvuri; 2- tituvchi baraban; 3- ajratuvchi baraban; 4- titilgan paxtani keyingi mashinaga uzatish quvuri; 5- ignali panjara; 6- uzatuvchi transportyor; 7- perfopanjara; 8, 9- fotoelement;
10- ta’minlovchi transportyor; 11- ignali panjara tagligi
Turli to‘qimachilik mashinalari ishlab chiqaruvchi fir- malar tomonidan tolalarni titib-ta’minlovchi mashinalarning konstruksiyalari ishlab chiqarilgan.
Titib-ta’minlovchi mashinalarning texnik tavsifi

2-jadval




Mashina
markazi

(Truetzschler)

(Marzoli)

(Rieter)

TavsiP\
ko‘rsat-
kichlari

BO-C

BO-R

BO-U

V 14

V 15

V 18

V 33

V 34

V 25

1.

Ishlatiladigan tolaning uzun- ligi, mm gacha

60

60

60

65

65

65

65

65

65

2.

Unumdorligi,
kg/soat

300

100

1700

1000

300

300

600

600

60

3.

O‘rnatilgan quvvat, kvt/ soat

2,9/
2,0*

2,9/
2,0*

6,7/
4,7*

4,43

2,75

4,99

2,4

2,4

3,5

4.

Mashina
o‘lchamlari,
mm
eni
uzunligi

1464
5265

1464
5265

2464
7010

1693
5723

1493
4900

1493
4900

1600
3250

1600
3250

1150
5000

* - ishchi quvvat
Ignali panjara va tituvchi baraban orasidagi masofa
Asosiy titish ignali va ta’minlovchi panjara o‘rtasida amalga oshadi. Ta’minlagichlardan o‘tkazilgan paxta bo‘lakchalarining o‘rtacha og‘irligi, ya’ni titish darajasi m = 0,5 ^ 1 grammni, mashinaning unumdorligi esa An=100 ^ 120 kg/soatni tashkil etadi.
Unumdorlikka va bo‘lakchaning o‘rtacha massasiga, kameraning to‘lganlik darajasi, ignali panjara va tekislovchi panjara tezligi va ular o‘rtasidagi razvodka ta’sir etadi. Ignali panjara tezligi oshishi bilan unumdorlik ortadi. Razvodkaning ortishi bilan unumdorlik ko‘payadi, lekin titilganlik darajasi pasayadi.
Kameraning paxta bilan to‘lishi 2/3 nisbatda bo‘lishi tavsiya etiladi.
Paxta tolasining titish darajasi va titish samaradorligi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, tolalar qancha ko‘p titilsa, ularning titilganlik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Yuqori darajada titilgan bo‘lakchani takroran titilganda ham bo‘lakchalarning massasi kamaymaydi.
Tituvchi sirtlarning garnituralari. Tituvchi garniturani bo‘- lakchaga oson sanchilishi uchun ular o‘tkir uchli, tepasi konussimon etib tayyorlanadi.
Igna panjarada ignalar alumin plankalarga qotiriladi, plankalar ma’lum oraliqda o‘rnatiladi, bu tolali materialni bir tekisda bir me’yorda titilishini ta’minlaydi. Ko‘p hollarda, tolalar bir yoki ikki juft valiklar yordamida kuchli siqilgan holda tituvchi sirt ta’siriga uzatiladi. Bunda tolalar valiklardan sirg‘alib chiqmay, yaxshi titiladi.
Uskunalarning ishchi qismlari ignalar, qoziqchalar, pichoqlar va arra tishli garnituralar bilan jihozlanadi. Tolalarning tabiiy xossalariga shikast yetkazmasdan titish uchun titish garnituralari ta’sirini ketma-ket oshib boruvchi holatda ishlatish tavsiya etiladi.
Ko‘p hollarda, ignalar, qoziqchalar va tishlar harakat yo‘nalishi bo‘ylab ma’lum burchak ostida og‘dirib o‘rnatiladi, bu tola bo‘lakchalarini ilib olib, ketishini osonlashtiradi.
Yuqorida bayon etganimizdek, tolalarni titish uchun qoziqli, pichoqli, tishli, ignali va maxsus shakldagi garnituralarning ta’sir kuchlaridan foydalaniladi. Tola bo‘lakchalarining katta-kichikligidan qat’i nazar, tituvchi ishchi qismning garnitura o‘lchamlari, ularning joylashuv zichligi, uzun-qisqaligi, qanday burchak ostida o‘rnatilganligi vaa ularni joylashtirish usuli ketma-ketligi katta ahamiyatga ega. Agar tolalarning titishga ko‘rsatadigan qarshiligi yuqori bo‘lsa, uchi biroz bukilgan tishlar qo‘llanadi (masalan jun, qanop tolalarida). Qoziqchalar, tishlar va ignali garnituralarning yuqori ilashtirish qobiliyati bo‘lib, ularning uzunligi va o‘rnatilish zichligi ortishi bilan bo‘lakchalarni yaxshi ilashtiradi.
Ishchi qism sirtida garnitura qancha zich joylashgan bo‘lsa, bunday holatda bo‘lakchalarni ilashtirib olish yaxshi amalga oshadi.
Ishchi qismning yuza birligida garnituralar qancha ko‘p bo‘lsa, ular tolalarni o‘zida yaxshi ushlab turadi va titish samarali amalga oshadi. Agar ularning orasidagi masofa (qadami) katta bo‘lsa, bo‘lakcha ular orasiga tiqilib, titish samaradorligi kamayadi.
Bu omil tolalarni titishda katta ahamiyatga ega. Agar garnituralar ketma-ket bir qator terilgan bo‘lsa, bo‘lakchani ular yaxshi ilashtira olmaydilar, bo‘lakchalar kameraga takroran (ko‘p marotaba) qaytishi natijasida jgut deb nomlanuvchi (arqonsimon) nuqson hosil bo‘ladi.
Agar ignalar parallel ketma-ket terilgan bo‘lsa, birinchi qator ignalari o‘qi davom ettirilsa, ikkinchi qator ignalari o‘qiga mos keladi, bunda tola bo‘lakchalari ignalar orasidan qarshiliksiz bemalol o‘tadi va ignada mustahkam joylashmaydi, ignadan oson ajraladi, aksincha, ignalar shaxmat tartibida joylashtirilgan bo‘lsa, tolali material bo‘lakchalari ignalarga nisbatan burchak ostida harakatlanadi, ignalarda mahkam joylashib, yaxshi titiladi, ignalarning joylashuv zichligi bir xilda bo‘lsa ham shaxmat usulida joylashuvi natijasida titish samarali bo‘ladi.
Ishchi qismlarning tezligi ortishi bilan uning sirtidagi qoziqcha, igna va arra tishlarni tola massasiga bo‘lgan ta’sir kuchi ortishini va ularning ta’siri tezlashganini tushunish qiyin emas. O‘z-o‘zidan ma’lumki, tolalarning titilish darajasi va samaradorligi ortadi, shuningdek, jarayon jadalligi ham keskinlashadi, ammo tezlik haddan ziyod oshirilsa, tola shikastlanadi va uzilishi ham mumkin, agar ulardan birining tezligini, masalan, ignali panjaranikini oshirilsa, ignalar bo‘lakchalarni yaxshi va ko‘p ilashtirib olib chiqadi. Tezligi o‘zgarmagan tituvchi valik bo‘lakchalari mashinadan chiqishga qarshilik qiladi, bo‘lakchalarni mashina kamerasiga qaytarib tushiraveradi. Ko‘p hollarda, ko‘plab bo‘lakchalar o‘tib ketib, titish samaradorligi pasayadi, unumdorlik ortadi. Aksincha, tituvchi valik tezligi oshirilsa, bo‘lakchalar yaxshi titilib, samaradorlik yuqori bo‘ladi.
Yigirish texnologiyasi uchun ishlab chiqarilgan har bir mashina foydali ishlashidan tashqari, tolalarga zarar yetkazishi ham mumkin. Bu turdagi zararlar uch xil ko‘rinishda bo‘ladi: 1) tolalarnihg uzilishi va shikastlanishi; 2) chigalliklar hosil bo‘lishi; 3) iflosliklarning maydalanib ketishi.
Har bir mashinada, kam miqdorda bo‘lsa ham, tolalar uzilishi sodir bo‘ladi. Ip yigirishda ishlatiladigan texnologik mashinalarning ishchi organlari tolalarga kuchli va jadal ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holat yigirish ishlab chiqarishida tolalarga dastlabki ishlov berish natijasida, ya’ni titish jarayoni davomida yuz beradi. Tolalarga dastlabki ishlov berishda katta hajmdagi mahsulot qayta ishlanadi va uning tolalari titilishiga hamda undagi nuqsonlarni tozalashga katta qarshilik ko‘rsatadi. Tolalarning dastlabki ishlashida titilish samarasi yuqori bo‘lishi uchun mashina ishchi organlarining tezliklari oshiriladi hamda razvodkalar kamaytiriladi, ishchi organlarda qo‘llanilayotgan garnituralarning ta’siri kuchli bo‘lishi uchun ularning uchlari harakat yo‘nalishi tomon qiya burchak ostida joylashtiriladi.
Yuqoridagi tadbirlar titish darajasi kerakli miqdorda bo‘lishini ta’minlash maqsadida bajariladi. Lekin bunda ba’zi bir tolalar uzilishi sodir bo‘ladi. Tolalarnihg uzilishini kamaytirish uchun ularga emulsiya bilan ishlov berilib, kerakli namlikka keltirilib, turli mexanik ta’sirlarga qarshiligi oshiriladi.
Titish jarayonida qo‘llaniladigan ishchi organlarda aylanma harakat ishlatiladi. Aylanish tezligi katta bo‘lgan ishchi organlarga juda yaqin masofada kolosnikli panjaralar o‘rnatiladi. Kolosniklar va baraban qoziqchalari orasidagi tola tutamchalari, bir tomondan qoziqchalar ta’sirida oldinga harakatlanishga majbur bo‘lishadi, ikkinchi tomondan, markazdan qochma kuch ta’sirida tolalar kolosnik sirtiga uriladi va panjara sirtiga yopishib, ularning harakatlanishi sekinlashadi. Harakat yo‘nalishiga ta’sir ko‘rsatadigan bu va boshqa kuchlar tutamcha tolalari chigallashishiga olib keladi. Bundan tashqari, kichik o‘lchamdagi tutamchalarning (1-2 mm gacha) chigallashishi natijasida mayda va kichik tugunaklar hosil bo‘lishi ham mumkin.
Tola tarkibida mavjud bo‘lgan nuqsonlar tituvchi organlar ta’sirida mayda qismlarga bo‘linib ketadi. Juda mayda nuqsonlar tola tarkibidan qiyin ajraladi, chunki ularning ilashish darajasi yuqori va massasi kichik bo‘ladi. Ba’zan mayda nuqsonlar bilan birgalikda tugunaklarning hosil bo‘lishi ham kuzatiladi. Ushbu nuqsonlarni tozalash juda qiyin bo‘lib, ular dastlab tarash mashinasida taram tarkibida, so‘ngra yigirilgan ipda ham saqlanib qoladi. Ularni bartaraf qilish uchun tozalash mashinalari parametrlari to‘g‘ri tavsiya etiladi.

Download 118,53 Kb.
1   2   3   4   5




Download 118,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Avtomatik toytitgichlarning ishlashi va harakatlanishi

Download 118,53 Kb.