• Tolalarni titishni zarurligi
  • 12-ma’ruza mavzu: tolalartni titish tozalash va aralashtirish reja: Tolalarni titishdan maqsad




    Download 118.53 Kb.
    bet1/5
    Sana27.03.2024
    Hajmi118.53 Kb.
    #179263
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Lecture 12
    Newton, BMI-namuna 2022, БМИ, намуна БМИ, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Bitiruv malakaviy ishi, 0427cbaa-2a3f-4c8b-8989-6b6d24348c17, Abdimumin m 2 1 Copy , shiryaev pro-1, UZM2023, Xudoykulov Maruf, 1.ДИССЕРТАЦИЯ . Б ,М. доклад11, My daily routine for English CEFR, Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi-fayllar.org



    12-MA’RUZA


    Mavzu: TOLALARTNI TITISH TOZALASH VA ARALASHTIRISH


    Reja:

    1. Tolalarni titishdan maqsad

    2. Tolalarni titishni zarurligi

    3. Titish mashinalari va avtotoyitgichlar

    4. Aralashtirish jarayoninig maqsadi va moxiyati

    Tolali bo‘lakchalarni imkon darajasida yanada mayda bo‘laklargacha titish, uning tarkibidagi yigirishga yaroqsiz nuqsonlardan yaxshi tozalanishini ta’minlaydi. Chunki tolalar qancha yaxshi titilsa, xas-cho‘p, nuqsonlar bilan tola orasidagi ilashish kuchi ozayib, nuqson oson ajraladi.


    Tolali bo‘lakchalar yanada mayda bo‘lakchalarga titib ajratilsa, tolalar tarashga shuncha yaxshi tayyor bo‘ladi, natijada juda kichik bo‘lakchalardan shakllantirilgan tolali qatlamni tarash samarali amalga oshadi, yirik bo‘lakchalardan shakllangan tolali qatlam taralganda tolalar ko‘proq uziladi va shikastlanadi.
    Tolali bo‘lakchalar qanchalik mayda titib bo‘linsa, ularni aralshtirish shuncha oson va samarali amalga oshadi, natijada turli xossalarga ega bo‘lgan saralanma komponentlardan belgilangan sifat darajasidagi, bir tekis xomaki mahsulot tayyorlanadi. Ushbu xomaki mahsulotdan yigirilgan ipning har qanday ko‘ndalang kesimidagi komponent tolalarining ulushi bir xilda va teng taqsimlangan bo‘ladi.
    Tolalarni titish jaryonida qaytimlar - pilta uzug‘i, pilik uzug‘i, taram uzug‘i, halaqacha va michkalarni qaytim tituvchi mashinalarda bir oz titib o‘z saralanmasiga qayta qo‘shib ishlatish tavsiya etiladi.


    Tolalarni titishni zarurligi
    Tolalarni titishning zaruriyligini quyidagi omillar belgilaydi:
    Aralashma komponentlarini yaxshi aralashishi va tozalanishi uchun zarur sharoit titish natijasida yaratiladi.
    Tolalar tutamini nuqsonlardan tozalash jarayonini amalga oshirishda titish zaruriy shart bo‘lib, ularni kichik bo‘lakchalarga ajratish, nuqson va tolalar tutamining ilashish kuchi kamayishiga va buning natijasida nuqsonlar mexanik tarzda oson ajralishiga sabab bo‘ladi.
    Tolalarni titishda, ularning to‘g‘rilanishi va chigalliklarning tarqalishida titish organlari hamda mashinalarining ketma-ket ishlatilishi katta ahamiyatga ega.
    Tolali bo‘lakchani yanada maydaroq bo‘lakchalarga ajratishda titish zarur texnologik tadbir hisoblanadi.
    Titish mashinalarining ishlashini va ularni tahlil qilishni o‘rganishda undagi asosiy jarayonlar bilan birgalikda qo‘shimcha va yordamchi jarayonlarga e’tibor qaratish kerak. Ushbu oxirgi jarayonlar samarali, lekin ba’zi hollarda zararli bo‘lishi mumkin.
    Titish mashinalarida asosiy jarayon titish hisoblanadi. Biroq ba’zi bir mashinalarda titish jarayoni tozalash jarayoni bilan birgalikda kechadi va bu mashina uchun ushbu ikki jarayon ham asosiy ish hisoblanadi. Bu holat zarbiy ta’sir natijasida vujudga keladi, chunki bunda ham titish, ham tozalash jarayonlari sodir bo‘ladi. Masalan, paxta va jun tozalash mashinalarida yuqorida keltirilgan ikki jarayon ham yuqori samaradorlik bilan hamda jadallik bilan kechadi.
    Paxtani titish-ta’minlash mashinalarida va asosiy ta’- minlagichlarda chiqindilar ajralishi juda kam miqdorni tashkil etadi va bunda asosiy jarayon titish hisoblanadi. Keyingi mashinalarga o‘tish natijasida paxta tolasining titilishi davom etadi hamda tolalar tozalanishi oshib boradi, shuning uchun ikki jarayon asosiy hisoblanadi.
    Ba’zi ta’minlagichlarda pichoqli baraban o‘rnatilgan, bu barabanga titilgan paxta ignali panjara sirtidan ajratuvchi valiklar bilan ajratilgandan keyin ikkita ta’minlash valiklari bilan uzatiladi. Bu mashinalarda titish-tozalash jarayonlari asosiy hisoblanadi. Titish jarayoni aralashtirish jarayoni bilan ham birga kechadi. Titish jarayonida amalga oshiriladigan qo‘zhimcha va yordamchi jarayonlarga quyidagilar misol bo‘la oladi:
    changli havo yordamida mayda iflosliklar va changni tozalash;
    ma’lum darajada sodir bo‘ladigan qisman aralashtirish;
    namlikning o‘zgarishi, titish natijasida mahsulot zichligining kamayishi namlikning ozayishiga olib keladi.
    Ta’minlagichlarda titish bilan birga aralashtirish jarayonini samarali amalga oshishda mashinalar komponentlar bilan bir me’yorda va uzluksiz ta’minlanishi katta ahamiyatga ega.
    Titish jarayonida ishchi organlarning tolali bo‘lakchalarga ko‘rsatayotgan ta’siri, o‘z navbatida, bo‘lakchalarning titishga qarshilikning bir xil bo‘lishi va titilish darajasi yuqoriligiga olib keladi.




    Download 118.53 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 118.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-ma’ruza mavzu: tolalartni titish tozalash va aralashtirish reja: Tolalarni titishdan maqsad

    Download 118.53 Kb.