Yong’inni oldini olish sistemasi – yong’in sodir bo’lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidan iboratdir.
Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda mumkin qadar ko’proq yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallarni ishlatish, texnologik jarayonlarni to’liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong’inga xavfli qurilmalar o’rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqalardan ajratish yoki ularni mumkin qadar tashqarida o’rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi gaz, bug’ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to’g’ri foydalanish va shu kabi boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Yonuvchi muhitda yong’inga olib keluvchi manbaning hosil bo’lishini oldini olish esa, ishlab chiqarishda yong’in manbasini hosil qilmaydigan mashinalar, mexanizmlar va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoidalari va rejimlariga to’liq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, materiallar va moddalarning issiqlik ta’sirida, ximiyaviy va mikrobiologik usulda o’z-o’zidan alangalanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong’inga qarshi tadbirlarni to’liq amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
|