|
Yong’inning tarqalishini oldini olish sistemasi
|
bet | 5/9 | Sana | 03.02.2021 | Hajmi | 23,94 Kb. | | #13107 |
Yong’inning tarqalishini oldini olish sistemasi yong’inga qarshi to’siqlarni o’rnatish, qurilmalar va inshootlarda avariya holatida o’chirish va qo’shish jihozlaridan va yong’indan to’suvchi vositalardan, yong’in vaqtida yonuvchi suyuqliklarning to’qilishini oldini oluvchi vositalardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Tashkiliy-texnik tadbirlarga yong’indan himoyalanish xizmatini tuzish, uni texnik jihozlar bilan ta’minlash, yong’in xavfsizligi bo’yicha ob’ektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong’in muhofazasi bo’yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni o’qitish, yong’in xavfsizligi bo’yicha yo’riqnomalar va aholi o’rtasida turli xil tadbirlar o’tkazish, yong’inga qarshi ko’rsatmalar ishlab chiqish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.
|
| |