• 8.Murojaat birliklari va ularning matnni shakllantirish imkoniyatlari.
  • TOPSHIRIQLAR
  • Nominativ (atov) va infinitiv gaplar




    Download 33,12 Kb.
    bet6/6
    Sana13.05.2024
    Hajmi33,12 Kb.
    #229940
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    12-mavzu matn qismlarini bog’lovchi vositalar matn qismlarini b

    7.Nominativ (atov) va infinitiv gaplar ham matnni shakllantiruvchi sintaktik birliklar hisoblanadi. Atov gaplar bosh kelishikdagi ot orqali ifodalangan grammatik asos yordamida ifodalangan narsa-buyumning mavjudligini anglatadi. Atov gaplar matnda yolg‘iz qo‘llanmaydi, ulardan keyin atov gap mazmunini ochuvchi, tavsiflovchi boshqa gap yoki gaplar keltiriladi. Natijada matn hosil bo‘ladi. Masalan: Bugun bayram. Ko‘chalar gavjum. SHo‘x-sho‘x kuylar yangraydi. Guras-guras odamlar o‘tadi. O‘yin-kulgi, shodon shovqin bahor osmonini titratadi(O‘.Hoshimov).
    Infinitiv gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so‘z yoki so‘z birikmasidan iborat bo‘lgan gaplardir: Sevmoq! Bu toshga qarab ham gulni ko‘rmoqdir. YOki, Kutish! Soniyalar daqiqalarga, daqiqalar soatlarga aylanadigan bekat.


    8.Murojaat birliklari va ularning matnni shakllantirish imkoniyatlari. Murojaat birliklari kundalik hayotimizda, nutq faoliyatida – nutq jarayonida keng qo‘llaniladigan, o‘zaro aloqa aralashuvga faol xizmat qiladigan, so‘zlovchining tinglovchiga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan, o‘zida turli modal ma’nolarni tashiydigan o‘tkir, ta’sirchan vositadir. Murojaat birliklaridan nutqda tinglovchi e’tiborini tortish, xitob qilish, undash kabi maqsadlarda foydalaniladi. Bunday birliklarda so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi yaqinlik, hurmat, ishonch; masofa (subordinatsiya), hurmatsizlik, ishonchsizlik kabi kommunikativ munosabatlar ham ifodalangan bo‘ladi.


    TOPSHIRIQLAR

    1.Matnkomponentlario‘rtasidagisintaktikaloqahaqidama’lumotbering.


    2.Mazmuniy yaqinlik va mazmun izchilligi tushunchalarini izohlang.
    3.Kontakt va distant aloqa deganda nimani tushunasiz?
    4.Matn qismlari qanday vositalar yordamida bog‘lanadi?
    5.Murojaat birliklarining matnni shakllantirish imkoniyatlari haqida ma’lumot bering.

    1Мамажонов А. Ўша асар, 15-б.

    2Шукур Ҳолмирзаев. «Сайланма» Ҳикоялар.2-жилд. -Т: «Шарқ», 2005. Кейинги мисоллар ҳам шу нашрдан олинган.

    3Мамажонов А. Ўша асар. 18-б.

    4Бу ҳақда қаранг: Мамазияев О.Х. Ўзбек поэтик нутқида хиазм ва градация. НДА.,
    -Фарғона., 2004.

    5Ҳакимова М. Ўша асар. 135-б.

    6Тошалиев И. Ҳозирги ўзбек тили. Синтаксис. Синтактик ва синтагматик қайта бўлиниш. Парцелляция. –Т: «Zarqalam», 2004, 88-б.

    Download 33,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 33,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nominativ (atov) va infinitiv gaplar

    Download 33,12 Kb.