Internet texnologiyalarida xuquqiy masalalar




Download 134,76 Kb.
bet21/24
Sana22.03.2021
Hajmi134,76 Kb.
#13352
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Internet texnologiyalarida xuquqiy masalalar.
Elektron pochtaning huquqiy masalalarga ta’sir etuvchi bir nechta aspektlari mavjud. Bularga copyright mualliflik huquqlari, tuhmat va maxfiylik kiradi. Foydalanuvchi fayllarni jo’natishda mualliflik huquqlarini buzishdan saqlanishi kerak. Mualliflik huquqlari bilan muhofaza qilingan axborotlar qanday yo’l bilan tarqatilishidan qat’i nazar, noqonuniy hisoblanadi. Internet orqali dasturlar yoki boshqa axborotlar bilan almashinish taqiqlanmagan, lekin bularning ko’pchiligi ommaviylashmagan. Ba’zi bir materiallarni tarqatish qonun tomonidan taqiqlangan. Bulardan pornografiyalar birinchi o’rinda turadi.

Elektron pochtada tuhmat matbuotdagi tuhmat bilan barobar deb hisoblanadi. Lekin tuhmat tushunchasi har xil davlatlarda turlicha tahlil qilinadi.

Elektron pochtada konfidentsial axborotlar huquqi qo’llanilmaydi. Foydalanuvchi ishlayotgan tashkilot unga kelayotgan yoki undan chiqayotgan xatlarni o’qishi taqiqlanmagan. Ba’zi hollarda u qonun bilan taqiqlanishi ham mumkin.
Elektron pochta etiketi

Hayotdagi etiket kabi EPda ham etiket mavjud. Ularning ba’zilariga to’xtaymiz.



  • Pochtangizni o’qing. Ko’pchilik foydalanuvchilar o’z xatlarini faqatgina bo’sh vaqtlaridagina o’qiydilar. Bu korrespondentlarga nisbatan bo’lgan behurmatlikdir. Buning oqibatida siz juda ham muhim bo’lgan axborotni qo’ldan boy berishingiz mumkin. Foydalanuvchi pochtasini har doim, o’z vaqtida o’qib borishi lozim.

  • Xatda albatta sarlavha (subject) ko’rsatish zarurdir. Bu mijozlarni ortiqcha ishlardan qutqaradi.

  • Xatingizni oluvchini biling va hurmat qiling.

  • Xatni xatosiz yozing. Grammatik va orfografik xatolar bilan yozilgan xat jo’natuvchi to’g’risida yaxshi taassurot qoldirmaydi.

  • Qisqa yozing. Elektron pochtada yozayotgan xatingizni mazmunini qisqa va aniq ko’rsata biling. Xatingizdagi xatolar va fikrdan chiqib ketishlik birinchi o’rinda xatingizni emas, balki sizning o’zingizni tavsiflaydi.

  • O’z xatingizni boshqa manzillarga ko’chirishlikdan saqlaning. O’z xatingizni faqatgina shu xat tegishli bo’lgan manzillarga jo’nating. Aks holda, xatlarni ko’p manzillarga jo’natish hamkorlaringizda yaxshi taassurot uyg’otmasligi mumkin.

  • Kerak bo’lmagan taqdirda o’z xatingizga javob va so’rovlar yo’llamang. Kerak bo’lmagan taqdirda «iltimos javob bering» yoki «iltimos xatni tasdiqlang» kabi so’rovlarni yo’llamang.

  • So’rovlarga to’liq javob bering. So’rovlarga javob berishda qisqa «ha» yoki «yo’q« kabi javob bermang. Bu hol xat oluvchida tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin.


Download 134,76 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 134,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Internet texnologiyalarida xuquqiy masalalar

Download 134,76 Kb.