Tarmoqda ma’lumotlarni uzatish tizimlari (FTP, Gopher)




Download 134.76 Kb.
bet2/24
Sana22.03.2021
Hajmi134.76 Kb.
#13352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

Tarmoqda ma’lumotlarni uzatish tizimlari (FTP, Gopher)


FTP (File Transfer Protocol-fayllarni uzatish qaydnomasi) qaydnoma ma’lumotlar almashish xizmatidir. Bu xizmat orqali har bir foydalanuvchi o’z kompyuterida mavjud FTP dasturdan foydalanib, uzoqdagi FTP server kompyuteriga ulanishi, fayllarni uzatishi yoki o’z kompyuteriga fayllarni qabul qilib olishi mumkin. FTP orqali faqat matnli emas, balki ikkili fayllarni (matnli bo’lmagan ixtiyoriy faylni) ham jo’natish va qabul qilib olish mumkin. Hatto uzoqdagi kompyuterga anonymous (nomsiz) foydalanuvchi nomi bilan kirib, FTP serveriga (ruxsat berilgan fayllarga) yozib qo’yish imkoniyati mavjud. Bunday fayllar FTP-serverning maxsus incoming katalogiga yoziladi. O’z navbatida FTP server mijoz/server texnologiyasida ishlaydigan tizimdir.

Ilgari FTP dasturlari faqat UNIX da tuzilgan bo’lsa, hozirda FTP dasturlari IBM PC kompyuterlarining MS Windows muhitida ham bemalol ishlay oladi. Bu esa uning qulay interfeysidan foydalanishi mumkin deganidir. Xost kompyuter katalog va fayllari bilan grafik interfeysida foydalanganda go’yoki o’z katalog va fayllari bilan ishlayotgandek his qilinadi va mijoz kompyuteridan odatdagidek fayllar yozib olinadi.

FTP mijoz dasturlardan foydalanib uzoqdagi kompyuter bilan bog’lanayotganda, avvalo, unda ro’yxatdan o’tish lozim. Agar tizim administratori foydalanuvchi sifatida sizni ro’yxatdan o’tkazgan bo’lsa, bunda hech qanday muammo bo’lmaydi va sizga berilgan huquq (administrator o’rnatgan) doirasida undan bemalol, hatto lozim bo’lsa, server resurslaridan ham foydalanaverasiz.



Download 134.76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 134.76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoqda ma’lumotlarni uzatish tizimlari (FTP, Gopher)

Download 134.76 Kb.