|
Proxy-serverlar. Izlash tizimlari
|
bet | 6/24 | Sana | 22.03.2021 | Hajmi | 134,76 Kb. | | #13352 |
Wais (Wide Area Information System)-keng qamrovli axborot tizimi. Kirish uchun ochiq berilganlar bazasi tizimi. U tarmoq resurslarini ko’rsatkichlangan ma’lumotlarini saqlovchi global berilganlar bazalarining majmuidir. Wais taqsimlangan berilganlar bazasida qandaydir satr yoki kalit so’zlar yordamida ma’lumotlarni topish imkoniyatini beradi. Bundan ko’rinib turibdiki, Wais fayl nomlari va formati bilan emas, balki ularda joylashgan matnlardan tashkil topgan berilganlar bazasi bilan ish ko’radi.
Wais da boshqa xost kompyuterlarda mavjud berilganlar bazasi bilan bevosita aloqa bog’lab, kerakli hujjatni undan avtomatik ravishda oladi. Demak, Wais tufayli intermurojaatlar turli bazalar tizimi bilan ham bog’langan. Bundan tashqari Waisda mavjud berilganlar bazasiga yangi berilganlar bazasini qo’shish mexanizmi yaxshi ishlab chiqilgan, Waisda ishlatiladigan matnlardan tashkil topgan fayllardagi matnlar o’lchoviga hech qanday chegara yo’q. Bunday imkoniyat hozirda tijorat maqsadlarida ma’lumot olishda keng qo’llanilmoqda.
|
| |