|
„hisoblayman oldindan berilgan
|
bet | 1/2 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 2,09 Mb. | | #264210 |
Bog'liq hisobot umida
Men Fargona ko‘p tarmoqli texnikumi talabasi Asqarova Umida ishlab chiqarish amalyotini YATT Rasulov Qobiljon xususiy korxonasida olib bordim . Amalyotim davomida shaxsiy kompyuterlarga servis xizmat koʻrsatish hamda dasturlar bilan ishlashni oʻrgandim . Amalyot oʻtash joyimda menga O‘rinboyeva amaliyot raxbari etib tayinlandi. Menga amalyot raxbarim shaxsiy kompyuterlar , kompyuter hamda notebooklar operatsion sistemalari bilan , monobloklar, WiFi tarmog‘i , linux OS va koʻplab ma`lumotlar berib oʻrgatdi xamda amalyotda birgalikda bajardik.Amaliyot o‘tashda sovutish tizimlari bilan tanishdik ularga texnik hizmat ko‘rsatdik shaxsiy kompyuterlarga xizmat koʻrsatish , kompyuter va notebooklarga operatsion sistema bosish , monobloklarga kulon bosish , WiFi tarmog‘i ,VPN tarmog‘i , Linux OS , Hyper-V , mobil qurilmalar uchun operatsion tizim turlari va koʻplab malumotlarni oʻrgatdi xamda amalyotda birgalikda bajardik.Tarmoqda ma’lumotlarni uzatish tizimlari (FTP, Gopher) FTP (File Transfer Protocol-fayllarni uzatish qaydnomasi) qaydnoma ma’lumotlar almashish xizmatidir. Bu xizmat orqali har bir foydalanuvchi o‘z kompyuterida mavjud FTP dasturdan foydalanib, uzoqdagi FTP server kompyuteriga ulanishi, fayllarni uzatishi yoki o‘z kompyuteriga fayllarni qabul qilib olishi mumkin. FTP orqali faqat matnli emas, balki ikkili fayllarni (matnli bo‘lmagan ixtiyoriy faylni) ham jo‘natish va qabul qilib olish mumkin. Hatto uzoqdagi kompyuterga anonymous (nomsiz) foydalanuvchi nomi bilan kirib, FTP serveriga (ruxsat berilgan fayllarga) yozib qo‘yish imkoniyati mavjud. Bunday fayllar FTP-serverning maxsus incoming katalogiga yoziladi. O‘z navbatida FTP server mijoz/server texnologiyasida ishlaydigan tizimdir.
Kompyuter (inglizcha: computer — „hisoblayman“) — oldindan berilgan dastur boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida kompyuter ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi.
Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370, (AQSh), YESEVM (Rossiya) va boshqalar, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar oʻrnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo boʻldi. Shaxsiy kompyuter (mikro va mikro EHM) tushunchasi XX asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmga kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yil IBM shirkati shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni, Apple shirkati esa Macintosh (talaffuzi: „Makintosh“) yoki oddiygina „maki“ deb ataladigan kompyuterni yaratishdi. XXI asr boshlarida dunyoda oʻnlab million shaxsiy kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEVM) boʻlgan. Kompyuterlar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar oʻrnatilgan kompyuterdan, hujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan kompyuterdan foydalaniladi. Istalgan kompyuter tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda boʻlardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar blokida kompyuterning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor (displey) matn va turli tasvir koʻrinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura kompyuterga buyruq va turli axborotlarni kiritadi.
Koʻpincha, kompyuter tarkibiga „sichqoncha“ manipulyatori va printer kiritiladi. „Sichqoncha“ ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida kompyuter ishi osonlashtiriladi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy kompyuterlar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi kompyuterning barcha qurilmalari ishini muvofiqlashtiradi va boshqaradi. Protsessor kompyuterning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetik-mantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish-chiqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Kompyuter oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud. Ular yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin. Kompyuterning universalligi axborotni aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan oʻzgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni oldindan aytib berishda meteostyalar va sunʼiy yoʻldoshlardan keladigan axborotlarni yigʻib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay boʻlgan shaklda ifodalaydi.
Shaxsiy EHEM qurulmasi:
1. Monitor 2. Ona plata 3. Protsessor 4. Port ATA 5. Tezkor xotira 6. Kengaytiruvchi kartalar 7. Quvvat bloki 8. Diskovod 9. Qattiq disk 10. Klaviatura 11. Sichqon
Ma’lumki, jamlovchi qismlari va detallarining har bir komponenti kompyuterning noto‘g’ri yoki nuqsonli ishlashiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar kompyuter umuman ishlamasa, ishlamayotgan buzilgan elementini ShK detallarini navbat bilan ishlashi aniq bo‘lgan detallarga almashtirib, osongina aniqlab olish mumkin. Agar shunday imkoniyat bo‘lmasa, tekshirmoqchi bo‘lgan barcha detallarini olib, do‘stingiz yoki qarindoshingiznikiga borishingiz mumkin. Ishlab turgan kompyuter orqali o‘z detallaringizni navbat bilan almashtirib ko‘rib, buzilgan detalni osongina topish mumkin. To‘xtab qoladigan komponentni topish ancha qiyinroq bo‘ladi. Shunday holatlarda kompyuter o‘zidan-o‘zi “to‘xtab qolishi”, yuklanishi yoki ekrani moviy rangli bo‘lib qolishi mumkin. Mana shu nosozliklar sabablarini qanday aniqlash to‘g’risida ma’lumotlar keltirib o‘tamiz.Umuman olganda, ShK muammolarini quyidagi: ishlab turgan kompyuter qotib qolishi, BSOD, o‘z-o‘zidan qayta yuklanishi va o‘z-o‘zidan o‘chib qolishi kabi guruhlarga ajratish mumkin. Quyida mana shu nosozliklarni aniqlash va qaysi dasturlar bilan ularni “davolash” kerakligini batafsil o‘rganib chiqamiz.
ShK qotib qolishi. Agar ShK tez-tez qotib qoladigan bo‘lsa, unda bu holatning asosiy sababi quyidagilar: kompyuterning qizib ketishi, sifatsiz quvvat manbai, bir yoki bir necha komponentlarining notekis ishlashi, dasturiy ta’minotdagi (operatsion tizim, drayverlar, qo‘shimchalarda) xato yuz bergan bo‘lishi mumkin.Tizimning qaysi bir komponenti qizib ketayotganligini aniqlash uchun monitoring dasturlari biridan foydalanish kerak bo‘ladi. Shundan keyin ShK eng ko‘p qotib qoladigan sharoitlarni hosil qilish kerak. Monitoringni kuzatib borib, kompyuterda nima qizib ketayotganligini aniqlang va qo‘shimcha sovitish manbai kiritish to‘g’risida o‘ylang. Agar hammasi joyida bo‘lsa ham, muammo bartaraf etilmayotgan bo‘lsa, quvvat manbai blokiga e’tibor qarating. Birinchi navbatda, quvvat manbai bloki bilan korpusni arzon narxda sotib olganlar shunday qilishlari kerak. Arzon bahoda sotib olgan bo‘lsangiz, ishlab chiqaruvchilarning bloklarini ko‘rasiz.
Aytib o‘tilgan “brendlarning” mahsulotlar sifati yaxshi emas. Bundan tashqari, uy sharoitlarida blokni test sinovlaridan o‘tkazish metodikasini ham o‘rganib qo‘ygan ma’quldir.O‘rnatilgan dasturiy ta’minotdagi nuqson ham kompyuterning tez-tez qotib qolishi sabablaridan biri hisoblanadi. Agar kompyuter qaysidir dastur (masalan, tizim drayverlari, qo‘shimcha tizim xizmatlari va boshqalar) o‘rnatilgandan so‘ng qotib qoladigan bo‘lib qolsa, unda avvaliga uni o‘chirib tashlab sinab ko‘rish kerak. Juda bo‘lmaganida tizimni qayta o‘rnatish zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, barcha shleyflar yaxshi ulanganligini, xotira plankalarini, kengaytirish platalarini tekshirib chiqish kerak. Ular mahkam va tekis ulangan bo‘lishi kerak. Ba’zida sistemani oxirgi vintigacha yechib tashlash va puxta o‘ylab, yaxshilab qayta yig’ish ham yordam beradi. Juda og’ir holatlarda unchalik zarur bo‘lmagan barcha komponentlarni – tovush kartalari, optik disklar, tyunerlarni atrof qo‘shimcha qurilmalarini o‘chirib qo‘yish ham juda foydali bo‘ladi. Agar shunday holatda ShK yaxshi ishlasa, unda “devayslarni” navbat bilan o‘z joyiga qaytarib, qotib qolishga sababchi aybdorni topish mumkin.
Moviy ekran muammosi. Monitor moviy ekrani ko‘pincha bir yoki bir necha qurilmalar ishida nosozliklar bo‘lganida hamda dasturiy ta’minotda muammolar bo‘lganida paydo bo‘ladi. Kompyuter qotib qolishidan BSOD’ning farqi ShK ishlamay qolganida moviy fonda oq rangli matn ko‘rinishida ogohlantirishga ulguradi. Ba’zida ekranda umuman o‘qib bo‘lmaydigan “yozuvsimon shakllarni” ko‘rish mumkin. Agar o‘chib qolish sabablari to‘g’risidagi axborotni o‘qib ulgursangiz BSOD bergan axborot qaysi qurilmaga taalluqli ekanligini aniqlashga urinib ko‘ring. Agar aniqlay olmasangiz, Internetdagi temirlar to‘g’risidagi saytlar forumiga yordam bilan murojaat eting.Shundan keyin BSOD tomonidan shikoyat qilingan qurilmani almashtirish yoki test sinovidan o‘tkazish bilan ayb qayerda ekanligini aniqlashga harakat qiling. Agar moviy ekran paydo bo‘lib, tezda yo‘q bo‘lsa va ShK qayta yuklana boshlasa, operativ xotira va quvvat blokini tekshiring. Operativ xotirani boshqa kompyuterda tekshirib ko‘rish mumkin. Ba’zida kontaktlarni oddiy qalam bilan tozalab keyin spirt bilan artish ham yordam beradi.O‘z-o‘zidan qayta yuklanish.
Agar ShK o‘z-o‘zidan qayta yuklanadigan bo‘lsa (ayniqsa, ishga tushirilganida yoki murakkab qo‘shimchalar ishlash jarayonida), unda birinchi bo‘lib, quvvat blokini tekshirib ko‘rish zarur bo‘ladi. Buni oddiy tajriba usuli bilan – quvvat bloki test sinovi rejimida S&M dasturi ishga tushiriladi. O‘z-o‘zidan qayta yuklanishning yaxshi ma’lum bo‘lgan va jonga tekkan ta’minot blokidagi boshqa sabablardan biri biror-bir joyida kontaktlari yomonligi bo‘lishi mumkin. Barcha ulangan qismlarni tekshirib chiqing. Agar kompyuter oldindan hozir qayta yuklanish sodir bo‘lishi to‘g’risida ogohlantirsa, bundan oldin hech qanday dasturni o‘rnatmagan bo‘lsangiz va qayta yuklanishni to‘xtata olmasangiz, unda bunga zararli Sasser dasturi yoki uning ko‘plab sharhlaridan biri sababchi bo‘lishi mumkin. Bunday holatda yangi antivirusni takror ishga solish kerak.ShKning o‘z-o‘zidan o‘chib qolishi. Kompyuterning o‘z-o‘zidan o‘chib qolishida markaziy protsessorning yoki quvvat blokining qizib ketishi eng birinchi sabablardan hisoblanadi. Zamonaviy ona platalar protsessor ma’lum darajada qizib ketganida quvvat manbaidan o‘chiradi. O‘chirilishi kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlar BIOS’da o‘rnatiladi. Shunday muammoga duch kelganingizda birinchi navbatda, albatta protsessorni yetarlicha sovitilayotganligiga ishonch hosil qiling. Ba’zi platalarda dasturiy monitoring, ko‘rsatkichlarni ba’zan juda oshirib yuborib, ba’zan juda pasaytirib yuborib, aniq ishlamaydi. Bunday holatlarda protsessor kuleri radiatoriga barmoqlarni tekkizib ko‘rib (ehtiyot bo‘ling – kuyib qolish mumkin!) haroratni aniqlash eng oddiy usul hisoblanadi. Agar barmoqni uzoq vaqt tekkazib turish mumkin bo‘lsa, demak, hammasi joyida. Agar uzoq vaqt tekkazib turish mumkin bo‘lmasa, kulerning yaxshi o‘rnatilganligini tekshirib ko‘rishga to‘g’ri keladi. Agar kuler to‘g’ri o‘rnatilgan, biroq uning quvvati yetmayotgan bo‘lsa (buni ishlab chiqaruvchi saytidan u qaysi protsessorlar uchun mo‘ljallanganligini topib aniq bilib olish mumkin), unda yanada kuchliroq sovutish tizimini o‘rnatish haqida o‘ylashga to‘g’ri keladi. Ko‘pincha sistema bloki ichiga chang to‘planishi (bu holat yerda turadigan sistema bloklarida ko‘p uchraydi), ventilyatori to‘xtab qolishi yoki juda issiq yoz kunlari sababli qizib ketish muammosi paydo bo‘ladi.Quvvat manbai bloki qizib ketishi sababini aniqlash ham oson. Birinchi navbatda, ventilyatori ishlayotganligini tekshirib ko‘rish zarur. Agar ishlayotgan bo‘lsa, haydalayotgan havo harorati qanday? Iliq “shabada” xavf tug’dirmaydi. Issiq havo esa ta’minot bloki ortiqcha yuklama bilan ishlayotganligini bildiradi. Zamonaviy bloklarning ko‘pi qizib ketishdan himoyalanish tizimi bilan ta’minlangan. Quvvat elementlari harorati 100oC darajaga yetganida avtomatik tarzda o‘chiriladi. Agar shunday muammoga duch kelgan bo‘lsangiz, quvvat blokini almashtirishga to‘g’ri keladi.ShK barqarorligini tekshirish uchun S&M eng oddiy dastur hisoblanadi. Xalq orasida unga “sado maza” deb nom berdilar. S&M yordamida protsessorni kuchli ishlatish va maksimal qizdirish mumkin bo‘ladi. Agar test sinovlari jarayonida protsessor qizib ketmasa, demak, sovutish masalasida muammolar yo‘q. Qiziqarli tomoni faqat bitta yadrosi qizishini tanlash mumkin. Protsessor yuklamasini 100 foizdan kamga qo‘yilganida ish rejimi siklik davriy pulsatsiyaga aylanadi – protsessor va ta’minot bloki quvvat tizimini tekshirish uchun haqiqiy “sado”ga aylanadi. “Quvvat bloki” qismi ham juda qiziqarli. Uni tekshirish paytida dastur faqat xotira bilan protsessorni emas, balki videokartani ham yuklaydi. Ventilyatorlar harorati, quvvati va aylanish tezligining shaxsiy monitoringini birlashtirish ham juda foydali bo‘ladi.
Universal dasturlar haqida bir necha fikr
Nosozlikni aniq ko‘rsatib beruvchi “mo‘jizakor dastur” hozircha mavjud emas. Biroq bu sohada najot yo‘li yo‘q degani emas. Barcha testlarni navbat bilan ishga solib kompyuter ishlashini kuzatamiz. Xotiraning o‘tkazish qobiliyatini test sinovi bilan tekshirish paytida uzilish sodir bo‘lsa birinchi navbatda aynan OZU ga e’tiborni qaratish zarurligi aniq bo‘ladi. Testlardan tashqari Sandra ShK konfiguratsiyasini yaxshiroq aniqlashga imkon beradi. Agar yordam izlab forumlarga murojaat etishga qaror qilgan bo‘lsangiz bunday optsiya juda foydali bo‘ladi- bunday holatda albatta o‘z sistemangiz tarkibini batafsil ko‘rsatish va muammoning o‘zini va uning namoyon bo‘lishi xususiyatini iloji boricha aniqroq ta’riflash kerak bo‘ladi.Nosozlik sababini aniqlashda ShK ovoz raporti yordam berishi mumkin. Quyida nosozlikni “aniqlash”ga imkon beruvchi BIOS’ning ovoz kodlari mazmuni keltirilgan.
Asosiy xatolar: 1 ta qisqa. Test jarayoni yaxshi o‘tdi. 2 ta qisqa. Operativ xotira ishlashini tekshiring. 3 ta qisqa. OZU birinchi 64 Kbaytida xato. Operativ xotirani boshqa ShKda tekshiring yoki almashtiring. 4 ta qisqa. Sistema taymerida xato. Bu yerda gap ona plata to‘g’risida boradi – uning sozligiga ishonch hosil qiling yoki almashtiring. 5 ta qisqa. protsessorda xato. CPU dagi muammolardan tashqari bu yerda ona platada ham nosozliklar bo‘lishi mumkin. 6 ta qisqa. Klaviatura kontrollerida xato. PS/2 porti va klaviaturaning o‘zi sozligiga ishonch hosil qiling. 7 ta qisqa. Himoyalangan rejimdagi xato. 8 ta qisqa. Videobuferga yozish-o‘qishni tekshirishda xato. Videokartani tekshiring. 9 ta qisqa. ROM BIOS kontrol yig’indisida xato. BIOS’a mikrosxemasida nosozlik bo‘lishi mumkin. 10 ta qisqa. CMOS o‘qish-yozishini tekshirishda xato. Ona platani tekshiring. 11 ta qisqa. Kesh-xotirasi xatosi. Protsessorda muammolar mavjud. Uni boshqa ShK da tekshiring. Agar u yaxshi ishlasa unda ona platada muammolar bor.
Uzluksiz qisqa signallar. Kompyuter protsessori ishlaganida qizib ketadi va uning chastotasi BIOS vositalari bilan majburiy pasaytirilgan. Bu yerda sifatli sovutish to‘g’risida tashvishlanish kerak. Bular: 1 uzun, 1 qisqa. ona platadagi nosozlik. 1 uzun, 2 qisqa. Videokarta ishlamayapti yoki uning kabellari uzilgan. 1 uzun, 3 qisqa. Monitor ulanmagan (kiritilgan VGA bilan ona platalar uchun). 1 uzun, bir necha qisqa. videokarta xatosi (qisqa signallar soni video BIOS’si versiyasiga bog’liq bo‘ladi). Doimiy takrorlanadigan uzun. OZU xotirasi fatal xatosi. Uzluksiz signal. Quvvat manbai bloki nosozligi.
BIOS signallari. AWARD BIOS signallari. Signallar yo‘q. Quvvat manbai bloki nosoz yoki ona plataga ulanmagan. Uzluksiz signal. Quvvat manbai bloki ishlamayapti. 1 ta qisqa. Xatolar aniqlanmadi. 2 ta qisqa. Arzimas xatolar aniqlandi. Monitor ekranida CMOS Setup Utility dasturiga kirish va vaziyatni tuzatish taklifi paydo bo‘ladi. Qattiq disk va ona plata razyomlarida shleyflar mustahkam ulanganligini tekshiring. 3 ta uzun – klaviatura kontrollerida xato. Kompyuterni qayta yuklang. 1 ta uzun, 1 ta qisqa – operativ xotirada muammolar bor. 1 uzun, 2 qisqa. Videokartada muammolar bor – eng ko‘p uchraydigan nosozlik. Platani chiqarib olish va qayta qo‘yish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, monitor ulanishini tekshirib ko‘ring. 1 uzun, 3 qisqa. Klaviaturani initsia-lizatsiya qilishda xato yuzaga keldi. Ishonchli ulanganligini tekshirib ko‘ring. Agar hammasi joyida bo‘lsa, klaviaturani almashtirib ko‘ring. 1 uzun, 9 qisqa. Doimiy xotira mikrosxemasidan axborotlarni o‘qishda xato yuzaga keldi. Kompyuterni qayta yuklang yoki mikrosxemdagi ma’lumotlarni aniqlang.1 ta uzun takrorlanadigan. Xotira modullari noto‘g’ri o‘rnatilgan. 1 ta qisqa takrorlanadigan. Quvvat manbai blokida muammolar mavjud.Linux operastion tizimi haqida gapirilganda uni Nan Linux, ba'zida GNU/Linux deb nomlashadi. Aslini olganda Linux bu operatsion tizimning yadrosidir. Ushbu operatsion tizimni ishlashini ta'minlovchi ko'pgina dasturlar GNU dasturiy ta'minoti hisoblanadi. GNU bu Unix emas degan ma'noni beradi va u Linux uchun foydalanish mumkin bo'lgan barcha dasturiy ta'minot, tahrirlovchi dasturlar, kompilyatorlar, ishlab chiqarish vositalari, utilitlar, paketlar va boshqa barcha yangiliklar mutlaqo bepul bo'lishi kerak deganidir. Shunday ekan operatsion tizimni GNU/Linux deb nomlash to'g'riroq bo'ladi, Linuks termini esa uning yadrosiga nisbatan ishlatish mumkin.Linuks operastion tizimi boshqa operatsion tizimlar kabi uzoq o'tmishga ega bo'lmasada, ochiq tizimli operatsion tizimlar ichida eng ommabopi hisoblanadi. EHM ning birinchi davrida operatsion tizim hali ishlab chiqilmagan davrda katta va qimmat hisoblash mashinalarini faqatgina bitta odam(foydalanuvchi) foydalana olgan. Unga misol qilib, IBM 701, Fortran Monitor System uchun yaratilgan General Motors Operating System(GMOS) va IBM 709 uchun ishlab chiqilgan North American Aviation ni keltirishimiz mumkin. 1960 yilda Massachusets texnologiya universitetida GE-645 mashinasi uchun eksperemental operatsion tizim — Multics (Multiplexed Information and Computing Service) yaratildi. Ushbu operatsion tizimni yaratuvchilaridan biri AT&T kompaniyasi loyihadan ajralib chiqib, 1970 yilda o'zining shaxsiy Unix operatsion tizimini yaratdi va uni ishlashi uchun C dasturlash tilidan foydalanadi.Yigirma yildan so'ng Endru Tannenbaum shaxsiy kompyuterlarda ishlovchi Unix ning MINIX (minimal Unix) deb nomlanuvchi mikroyadroli versiyasini ishlab chiqadi. Ochiq kodli MINIX operatsion tizimi Xelsinki universiteti talabasi Linus Torvalds ni ilxomlantirib yubordi va 1990 yillar boshida Linux yadrosini yaratishga olib keldi.1991 yil 25 avgusta USENET nomli konferenstiyada Linus Torvalds o'zining Linux nomli operatsion tizimini e'lon qilib, bu unchalik katta loyiha emasligini ta'kidlab o'tdi. Bir necha oylardan so'ng Tarvalds barchani bu loyiha ustida ishlashga taklif etdi. Shundan so'ng C dasturlash tilidan xabardor juda ko'p foydalanuvchilar o'z kodlarini jo'natib, operatsion tizimni mukammal ko'rinishga olib kelishga xarakat qilishdi. Operatsion tizimning ishlovchi yaxshi varianti 1995 yilda shakllandi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, 1997 yilga borib 6 millinga yaqin shaxsiy kompyuter va serverlarga GNU/Linux operatsion tizimi o'rnatildi.
Bu operatsion tizimni foydalanuvchilarini aniq hisoblab bo'lmaydi, chunki bu operatsion tizimni istalgan foydalanuvchi, istalgan kompyuteriga o'rnatish mumkin, eng asosiysi hech qayerda ro'yxatdan o'tish shart emas.Hozirgi kunda Linux operatsion tizimini asosan server kompyuterlariga o'rnatishmoqda. Chunki bu tizim xavfsizlik jihatidan juda kuchli hisoblanadi. Bu tizimni juda ko'p distributivlari(Mandriva, Gentoo, Redhat,.. )mavjud bo'lib, ularning versiyalari ham juda tez suratda yangilanib bormoqda.VPN (inglizcha: Virtual private network) shaxsiy tarmoqni jamoat tarmog'i orqali uzaytiradi va foydalanuvchilarning shaxsiy tarmoqqa bevosita ulangan bo'lsa, foydalanuvchilarga birgalikda yoki umumiy tarmoqlarda ma'lumotlarni qabul qilish va olish imkonini beradi ("Qisqasi, u sizning kompyuteringiz va VPN xizmat serverlari o'rtasida tunellangan xavfsiz, shifrlangan aloqa yaratadi"). Buning uchun VPN ilovalari foydali bo'lishi mumkin. Xususiy tarmoqni boshqarish imkonini beradi. VPN-lar korporativ bo'lmagan korporativ intranetlardan xavfsiz foydalanishni ta'minlaydi. Ular geografik jihatdan integratsiyalangan tarmoqlarni birlashtiradigan tarmoqni ta'minlash uchun ishlatiladi. Individual Internet foydalanuvchilari o'zlarining proksi-serverlariga VPN bilan simsiz operatsiyalarni amalga oshirish, geografik cheklovlar va tsenzurani to'xtatish yoki shaxsiy identifikatsiyani va joylashuvni himoya qilish uchun ulanishlari mumkin.
Biroq, ayrim veb-saytlarga geografik cheklovlar uchun ma'lum VPN texnologiyasiga kirish taqiqlanadi. VPN alohida ulanishlar, virtual tunnel protokollari yoki shifrlash transporti bilan virtual portni o'rnatish orqali yaratiladi. U katta Internet tarmog'iga ega VPN keng maydonli (WAN) tarmoqning afzalliklarini ta'minlaydi. Foydalanuvchilar nuqtai nazaridan, xususiy tarmoq ichida masofadan turib foydalaniladigan resurslarga kirish.
An'anaviy VPN-lar nok-to-nuqta topologiyasida tasvirlanadi va ta'sirni tasdiqlamaydi yoki ta'sir qilmaydi, shuning uchun Microsoft Windows NetBIOS to'liq qo'llab-quvvatlanmaydi yoki Mahalliy Tarmoq (LAN). Dizaynerlar virtual cheklovlarni bartaraf etish uchun Virtual Private LAN Services (VPLS) va layer-2 tunnel protokollari kabi VPN-larni ishlab chiqdi.VPN-ni foydalanish tarmoq xavfsizligini oshirish, internet foydalanuvchilari uchun maxfiylikni ta'minlash, korporativ tarmoqda ishlash, geografiyaning chegaralarini o'tish, engil tarmoqlarga ulanish berish va boshqa turli maqsadlarga erishish uchun qo'llaniladi. Shuning uchun VPN bugungi kunda internet foydalanuvchilari uchun muhim tarmoq vositasidan biri hisoblanadi.Windows xavfsizlik devori - bu ruxsatsiz ulanishlar va kompyuterlarga kirishdan himoya qilish uchun mo'ljallangan Microsoft Windows-ning xususiyati. U Windows 10, 8 va 7 da sukut bo'yicha yoqilgan, lekin o'chirib qo'yilishi yoki ehtiyojlaringizga mos ravishda sozlanishi mumkin.Windows xavfsizlik devori sozlamalari kompyuteringizni kiruvchi ulanishlar va kirishlardan himoya qilish imkonini berad i. -
Ammo shuni yodda tutingki, Windows xavfsizlik devori ba'zi qonuniy dasturlarning internetga ulanishini ham bloklashi mumkin. Agar bu sodir bo'lsa, dasturni Internetga kirishga ruxsat berish uchun qo'lda sozlashingiz kerak bo'lishi mumkin.Server radiusi
Bu RADIUS uchun qo'llanma, foydalanuvchi xizmatida dial-in masofaviy kirish xizmati, undan qanday foydalanish mumkin va nima uchun uni mahalliy tarmoqqa (LAN) kirishni boshqarish uchun ishlatishingiz mumkin. RADIUS-server-bu foydalanuvchilarning kompyuter tarmog'iga kirishini tartibga solish mexanizmi. Ushbu maqola Windows Server 2012 va FreeRADIUS-da radius haqida umumiy ma'lumot beradi.Veb-server - bu lokal yoki uzoq mashinada ishlaydigan dastur bo'lib,uning asosiy maqsadi foydalanuvchiga veb-hujjatlarni ko'rishga imkon berishdir. Sayt manzili manzil satriga kiritilganda, Enter ni bosganingizda, brauzer masofaviy kompyuterga yuborilgan so'rovni yaratadi - veb-server.
Apache HTTP serveri (inglizcha qisqacha server) - veb-ishlab chiquvchilar va Internet-resurslar ma'murlari uchun yaratilgan eng mashhur va keng tarqalgan dasturlardan biri. Mustaqil tadqiqotchilarga ko'ra, Apache HTTP serverlarining barcha foydalanuvchilarining 50% kompyuterlariga o'rnatiladi.
Kompyuter periferik qurilmalari haqida
Hozirgi kunda kompyuter olami juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga juda ko'p sabablar bor. Eng asosiy sabablardan biri bu — kompyuter orqali inson tomonidan bajariladigan ishlarning deyarli barchasi bajarilmoqda. Nafaqat bajarilmoqda, balki osonlik va tez bajarilmoqda. Undan tashqari maromiga yetkazilib, ishlar bitkazilmoqda. Bu ishlarni bajarishda, kompyuter bir o'zi emas, balki kompyuterga ulanadigan periferik
qurilmalar yordamida amalga oshirmoqda.
|
| |