|
12-Mavzu: Tranzistorli avtotebranuvchi multivibratorlarning sxemalari va ularning ishlash asoslari. Reja
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 76,12 Kb. | | #235553 |
Bog'liq 12-mavzu
12-Mavzu: Tranzistorli avtotebranuvchi multivibratorlarning sxemalari va ularning ishlash asoslari.
Reja:
Tranzistorli multivibratorlarning sxemalari.
Tranzistorli multivibratorlarning ishlash asosi.
Tranzistorli multivibratorlarning tuzulishi.
Tayanch so’zlar: Tranzistor; multivibrator; kuchaytirgich; emitter; kolletor; baza; kondensator; qarshilik; ampilatuda; chastota; kuchlanish; tok kuchi.
Tranzistorli multivibrator. Ishlash prinsipi ossilogrammalari Multivibrator ikki kaskadli musbat teskari aloqali kuchaytirgichdan iborat. RC kuchaytirgichdan iborat. Buning uchun ikki kaskadli UE li ulangan sxema (12.1-rasm) yoki ikkita invertirlovchi o‘zgarmas tokli operatsion kuchaytirgich ishlatiladi. Multivibratorni uyg‘otish uchun ikki shart bajarilishi kerak – fazasi va amplitudasi balansda bo‘lishi. Faza balansi,
φOC+φy = 0°,
Amplituda balansi
kβ ≥ 1.
Teskari aloqa omili, β = 1 i , φOC = 0° bo‘lganligi uchun.
Kuchaytirgichni faza siljishi φy = 0° bo‘lib, UE sxemali ikki kaskad bilan amalga oshiriladi.
Bipolyar tranzistorli multivibratorlar odatda kollektor-baza aloqali simmetrik sxemadan tuziladi (12.2-rasmga qarang), sxema simmetrikligi joylashgan elementlarining bir xilligini bildiradi: Rk1=Rk2, Rb1= Rb2, C1= C 2 rezistorlar va kondensatorlar; tranzistorlar parametrlari bir xil.
12.1-rasm. Multivibrator umumiy emitterli ikkita kuchaytirgich kaskadidan iborat bo‘lib, chiqish kuchlanishlari bazalariga uzatiladi. Keltirilgan multivibrator sxemasida p-n-p tipli tranzistor qo‘llanilgan. Sxemani Ek tok manbaiga ulaganda har ikkala tranzistor ochiq va kollektor toklari mavjud. Ularning ishchi nuqtalari aktiv sohada bo‘ladi, chunki, Rk1, Rk2 qarshiliklardan manfiy siljish kuchlanishi beriladi. Lekin sxemaning bunday holati noturg‘un. Sxemada musbat teskari aloqa bo‘lgani uchun β•kU ≥ 1 va ikki kaskadli kuchaytirgich o‘zi uyg‘onadi. Regeneratsiya jarayoni boshlanadi – bir tranzistorning toki tezkor ortib, ikkinchisiniki esa kamayadi.
VT1 – tranzistorning Ik1 – toki tranzistorning bazalari yoki kollektorlarida ixtiyoriy o‘zgarishi natijasida kamaysin desak. Bunda VT1 tranzistor kollektori manfiy ΔUke1± kuchlanishiga ega bo‘lmaydi. C1 – kondensatordagi kuchlanish bir onda o‘zgara olmaganligi uchun ushbu kuchlanish VT2 tranzistor bazasiga beriladi va uni ochadi.
VT2 tranzistor bazasidagi potensial manfiy Ik2 tok ortadi, Rk2 qarshilikdagi kuchlanish pasayishi ortadi. ΔUke1± ortishiga ega bo‘ladi va ΔUbe1 ga beriladi (ΔUke1 = ΔUbe1), ya’ni tok kamayadi, Ik2 tok esa ortadi, ushbu jarayon tez kechadi va natijada VT2 tranzistor to‘yinish rejimiga, VT1 tranzistor esa qirqish rejimiga kiradi.
Sxema o‘zining vaqtinchalik biror turg‘un holatiga o‘tadi (kvazi turg‘un holati), kvazi turg‘un holatida bo‘lishi sig‘imni qayta zaryadlash jarayoniga bog‘liq bo‘ladi.
VT1 tranzistor yopiq, VT2 tranzistor ochiq deb faraz qilsak, bu holat birinchi vaqtinchalik turg‘un holat. Zaryad zanjiri EB2, C1, Rk1, chunki VT1 yopiq, bunda Uke1 = Ek avvalgi holatda VT1 ochiq va kuchlanish unda Uke1 nas edi.
12.2-rasm. Sig‘im C1 ni zaryadlashda Izar kamayadi, Rk1 dagi sarf kamaya- di va Uke1 = Ek bo‘ladi.
Vaqt t< 0 momenti (avvalgi siklda) tranzistor VT1 to‘yingan VT2 – esa qirqish rejimida. Sig‘im C2 Ek = Uc2 gacha zaryadlan- gan. t= 0 vaqtdan boshlab, sig‘im zaryadlana boshlaydi. Razryad- lanish zanjiri Rb1, ± Ek, VT2ek va C2 kondensatorda.
Kuchlanish Uc2 VT2 tranzistor oshganligidan VT1 tranzistor- ni va emitterga beriladi.
Kondensator zaryadlanganidan so‘ng sxemani uloq holda qoldirganligida edi. Uc2 kuchlanish t1 da o‘zgaradi. Kuchlanish,
Ube1 = Uc2= 0 tranzistor VT1 ochiladi. Tranzistor VT2 yopiladi va tranzistorni birinchi holatdan ikkinchisiga o‘tishi boshlanadi. Ushbu jarayon natijasida tranzistor VT1 ochiladi, tranzistor VT2 yopiladi. Ikkinchi vaqtinchalik turg‘un holati boshlanadi.
Nazorat savollar:
Tranzistorning vazifasi?
Multivibratorlarda tanzistorning vazifasi?
Multivibratorlarda RC ning vazifasi?
Tranzistorli multivibratorlarning sxemasini tushuntiring?
|
| |