12 zamonaviy protsessorlar, turlari va xususiyatlari negmatova Nilufar Ergash qizi




Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana13.05.2024
Hajmi1,22 Mb.
#229407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ZDIFT 0903 (6)

Protsessor razryadlari
. Agar protsessor takt chastotasini daryoda suvni oqish tezligiga 
qiyoslansa razryadlarini daryo o‘zani kengligiga qiyoslash mumkin. Ikki barobar katta razryadli 
protsessor bir vaqt birligida ikki marta ko‘p berilganlarni qayta ishlashga qodir. Albatta, buning 
uchun maxsus optimallashtirilgan dastur ta’minoti zarur. Xozirgi kunda protsessorlarni juda 
ko‘pchiligi 32-razryadli (ya’ni 32-bitli). Bu albatta, ochiq nomunosiblikdir, chunki kompyuter 
tarkibiga kiruvchi ko‘p qurilmalar, shu jumladan shina xam 64 va 128 bit razryadga ega! 64-
razryadli protsessorlarga o‘tish uchun operatsion tizimlarni yangi versiyalari zarurdir. 
Kesh-xotira o‘lchami. Bu ichki o‘rnatilgan xotiraga ( operativ xotira aloxida modullar 
ko‘rinishida chiqariladi) protsessor ko‘p uchraydigan berilganlarni joylashtiradi. Birinchi 
pog‘onadagi kesh-xotira xajmi Intel protsessorlarda asosan 32 kb va AMD protsessorlarini 
oxirgi modellarida 128 kb gacha. P rotsessorlarni turli modifikatsiyalari asosan ikkinchi 
pog‘onadagi kesh-xotira xajmi bilan farq qiladi . Intel oilasiga mansub eng katta xajmli Xeop 
modelida bu ko‘rsatkich 4 Mb, Athlon protsessorlarida esa 1024 kb dan 2 Mb gacha.
Yadro turi va ishlab chiqarish texnologiyasi . Ishlab chiqaruvchilar faqat xar bir avlodda emas, 
balki bir modifikatsiyani o‘zida yangilik kiritishga xarakat qiladilar. Ko‘p xollarda bu yangi 



 
13 
 
 
 
ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq, ya’ni protses sor «yadrosi» o‘zgarishi bilan. 
Texnologiya - protsessorni eng kichik elemen tlarini qalinligi bilan aniqlanadi, texnologiya 
qanchalik «yupqala sh ib» borsa, kristallga shuncha ko‘p tranzistorlar joylashtirish mumkin 
bo‘ladi. Bundan tashqari , yangi texnologiyaga o‘tish energiya iste’moli va issiqlik ajratishni 
pasaytirishga yordam beradi, bu esa uni stabil ishlashi uchun juda muximdir. Yangi 
texnologiyaga o‘tish odatda protsessor «yadrosi» xam o‘zgarishiga olib keladi. Lekin masalan, 
2002 yil baxorida Pentium 4 nomi bilan baravariga ikki xil protsessor mavjud bo‘lgan , Tualatin 
yadrosi asosida yaratilgan eski model va Northwood yadrosidagi yangi model (bunisi Pentium 
4 A markasi bilan sotilgan).
Tizimli shina chastotasi. Bu chastota qanchalik katta bo‘lsa, bir vaqt birligida protsessorga 
shunchalik ko‘p berilganlar tushadi. Tizimli shina chastotasi protsessor chastotasi bilan 
«ko‘paytiruv koeffitsiyenti» orqali to‘g‘ri bog‘liq. Masalan , 2,4 GGs li protsessor chastotasi 6 
koef fitsiyentga ko‘paytirilgan 400 MGs li tizimli shina chastotasiga teng . Zamonaviy Intel 
protsessorlarning ko‘pchiligi 400 i 533 MGs li t izimli shina chastotasida ishlaydi (aniqrog‘i, 
tizimli shina chastotasi bu xollarda 200 va 266 MGs ga teng, lekin protsessorlar, axborotni ona 
platadan «bir necha oqimda olish» xisobiga, uni oshira oladilar.
Qo‘shimcha imkoniyatlar. Zamonaviy protsessorlar qator eksklyuziv imkoniyatlarga ega bo‘lib 
, ular axborotni qayta ishlash tezligiga ta’sir ko‘rsatadi. Ularni qatorida grafika, video va tovush 
bilan ishlashni optimallashtiruvchi maxsus «multime dia buyruqlarini», ko‘rsatish mumkin . 
Masalan, Intel protsessorlari SSE va SSE 2 buyruq tizimlari bilan ta’minlangan, AMD 
protsessorlari esa — shunga o‘xshash 3 DNow buyruq to‘plamlari bilan. Intel ni Pentium 4 dan 
boshlab yangi protsesso rlaridagi eng qiziq yangiliklardan biri - HyperThreading funksiyasidir, 
u protsessorga baravariga ikkita berilganlar oqimi bilan ishlashga imkoniyat yaratadi, natijada 
tezlik 10—20 foizga oshishi mumkin. 

Download 1,22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12 zamonaviy protsessorlar, turlari va xususiyatlari negmatova Nilufar Ergash qizi

Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish