13-Mavzu. O‘zbekistonda axborot xavfsizligining ma’naviy va huquqiy
asoslari
Reja:
1. Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi
2. Axborot xizmatining huquqiy asoslari
3. Axborot xizmatining qonuniy asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-
son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16
sentyabrdagi 250-son Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Aloqa,
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi
huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashkil etilgan
Markazning asosiy vazifalari:
•
"Elektron hukumat" tizimi axborot tizimlari komplekslari,
resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash;
•
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq "Elektron hukumat" tizimini
joriy etish doirasida axborotlashtirish ob’ektlarini attestatsiyadan o‘tkazish;
•
davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot
xavfsizligi siѐsatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;
•
axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash, "Elektron hukumat" tizimi
axborot tizimi, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish
holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan tashkiliy va dasturiy-texnik
еchimlarni samarali qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;
•
"Elektron hukumat" tizimining axborot tizimlari, resurslari va
ma’lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog‘i milliy segmentining
axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani
takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
•
telekommunikatsiyalar
tarmoqlarining
operatorlari
va
provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va
axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining
oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning
faoliyatini muvofiqlashtirish;
•
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy
segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘laѐtgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z
vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha
konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;
•
qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar
makonidagi ruxsatsiz ѐxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda
foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza
qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
Tashkilotda axborot xizmatini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga
qo‘yishda uning huquqiy asoslari g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot
xizmatining huquqiy asoslarini O‘zbekiston Respublikasining tegishli
qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari tashkil etadi.
Aytish joizki, mamlakatimizda jamoatchilik bilan aloqalarni yo‘lga
qo‘yish va shu maqsadda tashkilotlarda axborot xizmatlarini tashkil etishda
dastlab Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrda qabul qilingan “Davlat
va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 203-qarori muhim huquqiy asos
bo‘lib xizmat qilgandi. Qarorda, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari
faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, keng jamoatchilik va aholining
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
islohotlarning borishi to‘g‘risida muntazam xabardor qilish, mamlakatni
demokratik yangilash va modernizatsiyalashning, oshkora fuqarolik jamiyati
qurishning muhim yo‘nalishi hisoblanishi qayd etilgan holda, “Vazirliklar,
davlat qo‘mitalari, agentliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik boshqaruvi
organlari (keyingi o‘rinlarida idoralar deb yuritiladi) tarkibida xodimlarning
umumiy soni doirasida axborot xizmatlari tashkil etilsin” deb belgilangan.
Aytish joizki, o‘tgan yillar mobaynida mazkur qarorda belgilangan qator
vazifalar ijrosi ta’minlandi. Chunonchi, barcha vazirlik, tashkilot, muassasa va
boshqa idoralarda axborot xizmatlari tashkil etildi va ular faoliyati yo‘lga
qo‘yildi, internet tarmog‘ida vebresurslari tashkil etildi. Shu tariqa bugungi
kunga qadar axborot xizmatlari muayyan vazifalarni amalga oshirib kelayotir.
Biror huquqiy asosga ega bo‘lmasdan bunday muhim vazifalarni amalga
oshirish mushkul edi, albatta.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevral
kuni e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 125-sonli qarori sohani yanada takomillashtirishda
muhim qadam bo‘ldi.
Qarorda qayd etilganidek, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda
axborot va bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni yaratish va tarqatishni
ta’minlovchi tizimlar esa – barqaror rivojlanishning strategik omillariga
aylanmoqda. Ushbu sharoitlarda O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni
va ochiq adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, shuningdek, insonning huquq va
erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashdek strategik maqsadga erishish,
davlat boshqaruvining sifati davlatning axborot, bilim va innovatsiyalarga
asoslangan modeliga o‘tishini ta’minlaydigan axborotni va bilimni yaratish,
qabul qilish va tarqatish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan
davlat va xo‘jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan
samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor
shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas’uliyatini
ta’minlash zarur. Bu davlat va xo‘jalik boshqaruvi apparatining samarali
faoliyat yuritishi hamda jamiyatda adolatni qaror toptirishning muhim sharti
hisoblanadi. Bunda jamiyatni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining
faoliyatidan keng xabardor qilish, ularning aholi oldidagi hisobdorligini
ta’minlash «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir» degan
konstitutsiyaviy normani amalga oshirishning, «Xalq davlat idoralariga emas,
balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g‘oyani
ro‘yobga chiqarishning muhim sharti hisoblanadi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot jihatidan ochiqligini
yanada oshirish, jamoatchilikka amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlarning maqsadlari, vazifalari, borishi hamda natijalari, mamlakatning
global axborot jamiyatiga uyg‘un integratsiyalashuvi haqida o‘z vaqtida,
xolisona va to‘laqonli axborotni tezkorlik bilan еtkazish, shuningdek, davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini
tubdan oshirish maqsadida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining mazkur
qarorida quyidagi huquqiy normalar hamda vazifalar belgilangan:
1.
«Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan aholi bilan
ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlari va usullarini joriy
etishga, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatishga doir
huquqlarini ta’minlashga qaratilgan normalari ijrosini so‘zsiz va sifatli
ta’minlash barcha darajalardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining eng
ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblansin.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbari ushbu vazifalar amalga
oshirilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
2.
Belgilab qo‘yilsinki, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining
axborot xizmatlari (matbuot xizmatlari, jamoatchilik bilan aloqalar xizmatlari)
(keyingi o‘rinlarda axborot xizmati deb yuritiladi) davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organi xodimlarining umumiy soni doirasida tashkil etiladi hamda
shu organ rahbariga bevosita bo‘ysunadigan alohida mustaqil bo‘linma
hisoblanadi.
Quyidagilar axborot xizmatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbariyati tomonidan zamonaviy
talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga
oshirishda ishtirok etish; axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga
oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati,
davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan
samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organining faoliyati, uning faoliyat sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar
to‘g‘risida keng jamoatchilikni xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, axborot xizmati bilan
doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot
xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish,
ommaviy tadbirlarni tashkil etish; axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organining rasmiy veb-saytida tezkor joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab
borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil
tarmoqlarni rivojlantirish; axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil
qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha
ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, ommaviy axborot vositalarida,
shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks
ishlarni tashkil etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining boshqa
bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida
tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot tusidagi materiallar, sharhlar va
axborot-tahliliy materiallar tayyorlash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi
faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarini,
shuningdek,
xorijiy
mamlakatlarning
O‘zbekistondagi
diplomatik
vakolatxonalarini axborot materiallari (kino, foto, audio va videomateriallar,
bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan ta’minlash; idora faoliyatiga nisbatan
jamoatchilik fikrining holatini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot
vositalari pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallardan
iborat ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.
3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati
to‘g‘risidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Shuningdek qarorda, axborot xizmatlari kadrlarining malakasini oshirish
va Xizmatlarni jurnalist kadrlar, jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish va
boshqa sohalardagi yuqori malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash,
shuningdek, axborot xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur
zamonaviy moddiy-texnik bazani shakllantirish bo‘yicha «yo‘l xaritalari»ni
ishlab chiqish; axborot xizmatlari tomonidan ommaviy axborot vositalari
vakillari bilan, shu jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining
rahbarlari ishtirokida muntazam ravishda (bir oyda kamida bir marta) matbuot
anjumanlari, brifinglar o‘tkazilishini hamda ommaviy axborot vositalari va
jamoatchilik bilan ishlashning boshqa zamonaviy shakllarini amaliyotga joriy
etish vazifalari ham belgilangan.
Har bir tashkilotning Nizomi uning huquqlari, vazifalari, burchlarini
kafolatlovchi asosiy huquqiy hujjati hisoblanadi. Axborot xizmati aslida
tashkilot markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblansa-da u ham
alohida Nizomiga ega bo‘ladi.
Axborot xizmati xodimlari Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi
125-son qaroriga ilova tarzida berilgan quydagi hujjatga ham alohida e’tibor
qaratishlari zarur:
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati to‘g‘risida
|