takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar
tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda
milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar,
sharhlar va axborot-tahliliy
materiallar tayyorlash; davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organi faoliyatini xorijiy OAVda sifatli yoritish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonlarini,
shuningdek,
xorijiy
mamlakatlarning
O‘zbekistondagi
diplomatik
vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va videomateriallar, bosma
mahsulotlar va shu kabilar) bilan ta’minlash; idora faoliyatiga nisbatan
jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil
qilish va ular to‘g‘risida davlat hokimiyati va boshqaruvi organi rahbariyatiga
axborot berish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining faoliyat sohasiga
aloqador matnli, foto,
audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.
5. Xizmat yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi
funksiyalarni bajaradi:
OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi (chop
etadi), shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda,
hamma kirishi mumkin
bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish va yangilab borishni ta’minlaydi;
ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining
rahbarlari ishtirokidagi tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot
anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil
etadi va o‘tkazadi;
OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga og‘zaki va yozma
shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etadi; qabul
qilinayotgan qonun hujjatlari, sotsial va ijtimoiy
ahamiyatga molik muhim
dasturlar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida huquqni qo‘llash
amaliyoti holati monitoringini olib boradi va keng jamoatchilikni xabardor
qilib boradi;
Xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan
axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining boshqa bo‘linmalari bilan
o‘zaro hamkorlikda to‘playdi va ularni puxta ishlaydi; davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organi faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma
materiallarni tayyorlaydi hamda milliy va xorijiy nashrlarda e’lon qiladi,
teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi, tegishli sohada davlat
siyosatini amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatiga doir
masalalar bo‘yicha
jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari
pozitsiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshiradi, davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish uchun e’lon qilingan
dolzarb materiallar
sharhlarini tayyorlaydi;
OAV bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha
tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki
tashkil etilishi va yuritilishini ta’minlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi
faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy OAV
hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organining veb-sayti tashkil etilishini va uni
zamonaviy darajada yuritishni ta’minlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organi tomonidan tashkil etiladigan rasmiy tadbirlardan teledasturlar, roliklar
va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu
materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini
ta’minlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatiga doir foto, audio va
videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va
nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organining faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va
videomateriallar ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini
ta’minlaydi.
6.
Xizmat o‘z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot
agentliklari hamda OAVning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyati
to‘g‘risidagi materiallarni
tayyorlashda ko‘maklashish
to‘g‘risidagi
buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.
3-bob. Xizmatning huquqlari va javobgarligi
7.
Xizmat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun
quyidagi huquqlarga ega:
Xizmatning vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan
axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining boshqa bo‘linmalaridan,
idoraviy mansub tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish; davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organining yig‘ilishlarida, majlislarida va boshqa
tadbirlarida
qatnashish; qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organining rahbari bilan kelishgan holda idoraning boshqa
bo‘linmalari xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning
mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan, shartnoma asosida jalb
etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari
bilan
belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish; rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra
davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda
Xizmat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organi nomidan vakillik qilish; o‘z vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr
etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining axborot siyosatini
takomillashtirishga doir takliflarni, Xizmat faoliyati masalalari bo‘yicha
normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun kiritish.
8. Xizmat: o‘ziga yuklangan vazifalarning sifatli va o‘z
vaqtida bajarilishi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatining milliy va xorijiy OAVda
xolisona, sifatli va tezkor yoritilishini ta’minlash uchun javob beradi.