Tarmoq abonenti- Tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni iste’mol
qiluvchi ob’ektdir (tarmoqning har bir abonenti stantsiyaga ulanadi).
Stantsiya- axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq: vazifalarni
bajaruvchi ob’ekt. (Abonent va stantsiya birgalikda "Abonent tizimi" deb ataladi.
Abonentlarning o’zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud
bo’lishi kerak).
Fizik uzatish muhiti - elektr, radio, telefon yoki boshqa signallar yordamida
amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish
qurilmasidir. (Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o’rtasida axborot
uzatishni ta’minlovchi kommunikatsion tarmoq tashkil etiladi.)
Abonent tizimining hududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta
asosiy turkumga ajratish mumkin:
Lokal tarmoqlar (LAN-Local Area Network- 20 kmgacha masofani qamraydi)-
biror korxoka yoki idora binolari va filiallarini o’zaro birlashtirib turadi. Alohida
xususiyati - yuqori tezlikda ishlaydigan ma’lumot uzatish kanali;
Mintaqaviy tarmoqlar (MAN- Metropolitan Area Network- - 1000 kmgacha
masofani qamraydi) -shaharlar, viloyatlar, kichikroq davlatlar hududini o’z ichiga
olgan tarmoqlar, odatda telefon tarmoqlari vositasida ulanadi;
Global tarmoqlar (WAN- Wide Area Network - masofasi cheksiz) - turli
mamlakatlar yoki qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq
abonentlar o’rtasidagi aloqa telefon, radioaloqa va kosmos aloqa tizimi negizida
amalga oshiriladi. Eng mashhur global tarmoq Internet tarmog’idir.
Global, mintaqaviy va lokal kompyuter, tarmoqlarining birlashuvi
ko’ptarmoqli ierarxiyani tashkil etib, umumjahon axborot resurslarini birlashtirish
va ulardan kollektiv ravishda foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.