• Tayanch iboralar
  • 13-mavzu. Tarmoqda klient-server nazariyasi asosida tizimlar dasturlarini loyihalash va yaratish Reja




    Download 79.18 Kb.
    bet1/4
    Sana24.04.2023
    Hajmi79.18 Kb.
    #53487
      1   2   3   4
    Bog'liq
    13
    Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazm, 302 guruh. Audit, Презентация Microsoft PowerPoint, tarmoq xavfsizligi 1-ish

    13-mavzu. Tarmoqda klient-server nazariyasi asosida tizimlar dasturlarini loyihalash va yaratish
    Reja

    1. Telekommunikatsiya tarmoq qurilmalarining tuzilish prinsiplari.

    2. Tarmoq qurilmalarining dasturiy ta’minotini loyihalash va yaratish.

    Tayanch iboralar: repeater, bridge, kommutator, marshrutizator, shlyuz, Java dasturlash tili.

        1. Telekommunikatsiya tarmoq qurilmalarining tuzilish prinsiplari.

    Kommunikatsion qurilmalarning eng oddiysi bo‘lgan tak­rorlovchi (repeater), lokal kompyuter tarmog‘ining uzunligini oshirish maqsadida tarmoqning har-xil segmenntlarini fizik bog‘lashni amalga oshi­radi.Takrorlovchi tarmoqning bir segmen­tidan kelgan signallarni, uning boshqa segmentlariga uzatib beradi. Takrorlovchi yordamida tarmoqning aloqa chizig‘i uzunligini oshirish, uzatilayotgan signalni sifatini yax­shilash bilan amalga oshiriladi, bunda signalning quvvati, am­plitudasi va shaklini tik­lash kabi vazifalar bajariladi.
    Portlari soni ikkitadan ko‘p bo‘lgan (6 ta, 8 ta yoki 16 ta) va bir nechta seg­mentlarni o‘zaro bog‘laydigan takrorlovchi – konsentrator yoki xab deb ata­ladi. Konsentratorlar lokal kompyuter tarmoqlarining barcha asosiy texno­logiyalari tarkibida qo‘llaniladi. Bu texnologiya­lar quyidagshilardir: se­tey - Ethernet, ArcNet, Token Ring, FDDI, Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, l00VG-AnyLAN.
    Har qanday texnologiyaga tegishli bo‘lgan konsentratorlar­ning ishlashida o‘xshash tomonlari mavjud, bu ularning bir portlariga kelgan signallarni boshqa portlprida takrorlash­laridir. Biroq ular signallarni qaysi port­larida takrorlash­lariga qarab bir-birlaridan ajralib turadilar. Masalan Ethernet konsentratori (13.1-rasm, a) bir portiga kelgan signal­larni o‘zining boshqa barcha portlarida takrorlab beradi. Token Ring konsentra­tori (13.1- rasm, b) esa bir portiga kelgan sig­nalni o‘zining halqa bo‘yicha keyin ulangan kompyuteriga bora­digan portidagina takrorlab beradi.

    13.1. Rasm Har-xil texnologiyalarning konsentratorlari
    Konsentratorlar har doim tarmoqning fizik topologiyasini o‘zgartiradi, ammo uning mantiqiy topologiyasi esa o‘zgarmay qolaveradi.
    Fizik topologiya deganda, kabellarning bo‘laklari yordamida hosil qilingagan bog‘lanishlar shakli (konfiguratsiyasi), mantiqiy topologiya de­ganda esa tarmoqda mavjud kompyuter­lar orasidagi axborotlar oqimi yo‘llariningning shakli (kon­figuratsiyasi) tushuniladi.
    Tarmoqlarni konsentratorlar yordamida fizik strukturalash, tarmoqlarning uzunligini (yoki diametrini) oshirish imkoni bilan birga, ularning ishonchliligini ham oshirish imkonini ham beradi.
    Tarmoqni fizik strukturalash ko‘pgina jihatlardan foydali bo‘lsada , o‘rtacha va katta o‘lchamlardagi tarmoqlarni qurishni esa mantiqiy strukturalashsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ne­gaki tarmoqning har-xil segmentlari orasida uzatilayotgan tra­fikni taqsimlash muammosini, fizik struktura­lash yordamida hal qilish mumkin emas. Katta tarmoqlarda axborotlar oqimining bir tekis bo‘lmasligi tabiiy holdir. Katta tarmoq ko‘pgina ishchi guruxlarining, bo‘limlarning, korxona filial­larining va boshqa administ­rativ tuzilmalarining nisbatan kichikroq tarmoq osti tarmoqlaridan (sub­net) iborat bo‘ladi.
    Biror-bir segment kompyuterlari uchun yuborilgan ma’lu­motlarni, ya’ni trafikni, faqatgina shu segment chegarasida­gina tarqatish (uzatish) – tra­fikni lokalizatsiyalash deb ata­ladi. Tarmoqni mantiqiy strukturalash de­ganda esa – tarmoqni lokalizatsiyalangan trafikli segmentlarga ajratish (bo‘lish) tushuniladi.
    Tarmoqni mantiqiy strukturalash uchun quyidagi kommunika­tsion qurilmalar ishlatiladi: ko‘priklar kommutatorlar, mar­shrutizatorlar va shlyuzlar.
    Ko‘prik (bridge) – tarmoqda barcha kompyuterlar tomonidan birgalikda foydalaniladigan ma’lumotlar uzatish muhitini mantiqiy segmentlarga ajratadi. Ko‘prik bir segmentdan boshqa segmentga axborotni uzatish kerak bo‘lsagina uzatadi, ya’ni ax­borotyuborilayotgan kompyuterning adresi o‘sha segmentga te­gishli bo‘lsagina axborot ko‘prikdan o‘tadi, aks holda esa o‘tmaydi. 13.2-rasmda yuqorida keltirilgan tarmoqdagi markaziy konsentrator o‘rniga ko‘prik qo‘yilib hosil qilingan tarmoq keltirilgan.

    13.2. Rasm Ko‘prik yordamida qurilgan tarmoqning mantiqiy strukturasi
    Kommutator (switch, switching hub)- ma’lumotlarni (kadr­larni) ishlash tamoili bo‘yicha ko‘prikdan farq qilmaydi. Kom­mutatorning ko‘prikdan farqli joyi shuki, u o‘ziga xos kommu­nikatsion multiprotsessor bo‘lib, uning har bir porti ko‘prik singari ma’lumotlarni ishlash algoritmi aso­sida mustaqil ishlaydigan maxsuslashtirilgan protsessorlar bilan ta’min­langan.
    Kommutator tomonidan kadrlarni parallel uzatish.
    Marshrutizator (router)- bu qurilma katta tarmoqlar tarki­bidagi tarmoq osti tarmoqlari (subnet) ichida va ular orasida uzatilayotgan axborotni, ko‘priklarga nisbatan yana ham ishonchliroq himoya qila oladi. Negaki mar­shrutizatorlar tar­kibiy raqamli adreslar asosida tarmoqni mantiqiy seg­ment­larga ajratadi. Bu adreslarda tarmoqning nomeri degan qismi bo‘ladi. Adresining ana shu qismi bir-xil bo‘lgan kompyuter­lar, bir tarmoq osti tarmoqqa tegishli bo‘ladi. Bundan tashqari marshrutizator quyidagi vazifa­larni bajarishi mumkin:
    - har-xil texnologiyali tarmoq osti tarmoqlarni bir tarmoqqa birlashti­rish, masalan Ethtrnet va X.25;
    - axborotlarni uzatishda nisbatan qisqa yo‘llarni – marshrut­larni tanlash.
    Shlyuz (gateway) – bu qurilmalarni ishlatishdan asosiy maqsad sistemali va amaliy dasturiy ta’minoti turlicha bo‘lgan tarmoq osti tarmoqlarni, bir tarmoqqa birlashtirish hisoblanadi.


    1. Download 79.18 Kb.
      1   2   3   4




    Download 79.18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13-mavzu. Tarmoqda klient-server nazariyasi asosida tizimlar dasturlarini loyihalash va yaratish Reja

    Download 79.18 Kb.