|
14 laboratoriya ishi mdya tranzistorlarning statik xarakteristikalarini tadqiq etish Ishning maqsadi
|
Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 38,19 Kb. | | #112680 |
Bog'liq 14- Лаборатория
14 - LABORATORIYA ISHI
MDYa tranzistorlarning statik xarakteristikalarini tadqiq etish
Ishning maqsadi: MDYa tranzistorlarni statik rejimda ishlash xossalarini o’rganish.
1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik ko’rish:
Bu ishni bajarishda stok toki zanjiridagi qarshilik qiymatining uzatish xarakteristikasi ko’rinishiga ta'sirini o’rganib chiqing. Kvazi chiziqli yuklama sifatida turli maydoniy tranzistorlar qo’llanilganda uzatish xarakteriskalar turlicha bo’lishiga ahamiyat bering.
Mantiqiy signallar sathlarini aniqlashda kalitning uzatish xarakteristikasi UCHIQ=f(UKIR) dan foydalanilishiga e'tibor bering. (14.1- rasm)
Mantiqiy nol U0 hamda mantiqiy bir U1 sathlar uzatish xarakteristikasi va uning ko’zguli aksi (punktir chiziq) kesishgan nuqtalardan aniqlanadi.
ΛU = U1 – U0 mantiqiy signallarning sathlar farqi deb ataladi.
14.1-rasm
2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
2.1. MDYa tranzistorda yasalgan kalit uzatish xarakteristikasiga yuklama qarshiligining ta'sirini UCHIQ=f(UKIR) tadqiq etish.
n- turdagi kanali induktsiyalangan MDYa tranzistorda bajarilgan kalit sxemasi 14.2- rasmda keltirilgan. Sxema E2 = 9V manbadan ta'minlanadi. Kirish kuchlanishi UKIR roslanuvchi E1 kuchlanish manbaidan beriladi. Chiqish kuchlanishi UCHIQ va iste'mol qilinayotgan tokni o’lchash uchun raqamli voltmetr va ampermetrlardan foydalaning. VT1 sifatida K176LP1 mikrosxemadagi n-kanalli tranzistorlarning birini oling. Ishlash qulay bo’lishi uchun ilovada keltirilgan mikrosxema printsipial sxemasini chizib oling va elektrodlari raqamlarini belgilab oling.
14.2-rasm
Tajribani quyidagi tartibda olib borish tavsiya etiladi:
- MDYa tranzistor stok zanjiriga chiziqli rezistor R=51 kOm ni ulang;
- kuchlanish manbai qiymatini E2=9 V qilib o’rnating;
- kirish kuchlanishini 0 dan 9V gacha o’zgartirib borib, UCHIQ=f(UKIR) va IIST=f(UKIR) bog’liqligini o’lchang;
- qarshilikning R=10 kOm va 3,5 kOm qiymatlari uchun o’lchashlarni takrorlang;
- tajriba natijalaridan foydalanib UCHIQ=f(UKIR) bog’liqlik grafiklarini quring.
3. Tajribada olingan natijalarni ishlash.
3.1. 2- bandda olingan uzatish xarakteristikalarni quring.
3.2. Har bir kalit uchun mantiqiy signal U0 va U1 sathlari va mantiqiy signallar sathlar farqi ΛU = U1 – U0ni aniqlang.
Olingan natijalarni 7.1 – jadvalga kiriting.
14.1 – jadval
Parametr
Yuklama turi
|
U0, V
|
U1, V
|
ΛU, V
|
PO’RТ, mВ
|
Qarshilikli yuklama
|
|
|
|
|
RYU=51kОм
|
|
|
|
|
RYU=10kОм
|
|
|
|
|
RYU=3,5kОм
|
|
|
|
|
3.3. Mantiqiy nol va mantiqiy bir holatlarida manbadan iste'mol qilinayotgan quvvatning o’rtacha qiymatini aniqlang:
;
4. Hisobot mazmuni.
1) o’lchash sxemalari;
2) olingan bog’liqliklar jadvallari va grafiklari;
3) o’lchash va hisob natijalarining tahlili.
5. Nazorat savollari.
1. Yuklama sifatida qarshilik ulangan kalit parametrlarining yuklamadagi qarshilik qiymatiga bog’liqligini tushuntiring.
2. Nima sababli KMDYa tranzistorlarda yasalgan kalit statik holatlarda manbadan quvvat iste'mol qilmaydi ?
|
| |