Bilimlarni tashkillashtirish muammolarining aspektlari




Download 1,12 Mb.
bet7/10
Sana22.11.2023
Hajmi1,12 Mb.
#103339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari
Сирдарё 5 ташаббус, 1-ma\'ruza (C tilining leksik asoslari) , 415-------------, \'OT, 3 мавзу Дастурий таъмин.Операцион тизимлар, Талаба билимини баҳолаш, 1 мавзу, 1-mavzu. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari faniga kirish, 3 амалий машгулот, O\'quv Web kontentlarni yaratishning dasturiy vositalari, 1. Operatsion tizim tushunchasi va ularning ahamiyati 2, 2 Mavzu, 9 Mavzu Web texnologiya, презентация Excel
5. Bilimlarni tashkillashtirish muammolarining aspektlari

Bilimlarni tashkillashtirish ma’lum darajada tanlangan usul(modeli)ga bog`liq emas.


Bilimlarni tashkillashtirish muammolarining quyidagi aspektlarini ajratamiz:
- namoyish qilish va detallilik darajalari bo`yicha bilimlarni tashkillashtirish;
- ishchi xotirada bilimlarni tashkillashtirish;
- BBda bilimlarni tashkillashtirish.

Bilimlarni namoyish etish darajalari va detallilik darajalari. ET yechimni izlash jarayonini boshqara olishi, yangi bilimlarni hosil qilish va o`z harakatlarini tushuntira olishi uchun, u nafaqat o`z bilimlarini qo`llay olishi, balki ularni tushunish qobiliyatiga ega bo`lishi ham kerak, ya’ni ET muammoli soha haqida uning bilimlari qanday namoyish etilgani haqidagi bilimlarga ega bo`lishi lozim. Agar muammoli muhit haqidagi bilimlarni namoyish etishni keyingi darajadagi bilimlar deb nomlash mumkin bo`lsa, unda namoyish etishning birinchi darajasi metabilimlarga ega, ya’ni nolinchi darajadagi bilimlar tizimining ichki olamida qanday namoyish etilganligi to`g`risidagi bilimlarga ega. Birinchi daraja nolinchi daraja bilimlarni namoyish etish uchun qanday vositalar ishlatilishi haqidagi bilimlarni saqlaydi. Birinchi daraja bilimlar yechim jarayonini boshqarishda, tizim harakatlarini hosil qilish va tushuntirishda katta rol o`ynaydi. Namoyish etish darajalarining soni ikkitadan ortiq bo`lishi mumkin. Namoyish etishning ikkinchi darajasi birinchi daraja bilimlari haqidagi ma’lumotlarni, ya’ni birinchi darajaning bazaviy tushunchalarini namoyish etish haqidagi bilimlarni saqlaydi. Namoyish etish darajalari bo`yicha bilimlarni ajratish tizimning qo`llanilish sohasini kengaytirishni ta’minlaydi [1-3].


Detallilik darajalari bo`yicha bilimlarni ajratish bilimlarni turli darajadagi tahlillarda qarashga imkon yaratadi. Detallilik darajalarining miqdori ko`pincha yechilayotgan masalalarning maxsusligi, bilimlar hajmi va ularni namoyish etish uslublari bilan aniqlanadi. Qoidaga ko`ra uchtadan kam bo`lmagan detallilik darajalariga ajratiladi [1-3]. Ular umumiy, mantiqiy va fizik bilimlarni tashkillashtirishni ifodalaydi. Bir qancha detallilik darajalarini kiritish qo`shimcha ravishda tizimning mustahkamligini ta’minlashga imkon beradi. Detallilikning bir darajasidagi o`zgarishlar shu darajada qo`shimcha o`zgarishlarga olib kelishi mumkin, bu esa ETda ma’lumotlar va dasturlar strukturalarining mosligini ta’minlash uchun juda muhim hisoblanadi.

Download 1,12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilimlarni tashkillashtirish muammolarining aspektlari

Download 1,12 Mb.