O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Prezidenti olib borayotgan ijtimoiy




Download 22,12 Kb.
bet1/2
Sana17.05.2024
Hajmi22,12 Kb.
#240143
  1   2
Bog'liq
Kommunikativlik


O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Prezidenti olib borayotgan ijtimoiy -
iqtisodiy siyosatda mamlakat hayotining barcha jabhalarini tubdan rivojlantirishga,
ayniqsa kelajak avlodni unib-o‘sishi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratishga
muhim ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoevning: “Yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va
ma'naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi
sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun
davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, degan
fikrlari mustaqil O‘zbekistonimiz kelajagi bo‘lmish yoshlarni har tomonlama kamol
topishiga berilayotgan e'tibordan darakdir.Yuqoridagi fikrmulohazalardan kelib
chiqib, kreativ yondashuv asosida o’quvchilarni muloqot texnikasini rivojlantirish
hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanib kelmoqda.
Zamon ta’labi shundaki, o‘quvchilar kompetentligining mavjud holatlarini va
kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlantirish muhim omillardan biri sifatida
qaralishi yetakchi funksiyailardan sanaladi.
Ta'lim jarayonida ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishning omillari A.V.
Morozov, D.V.Chernilevskiy, M.M.Zinovkina , va boshqalar tomonidan o‘rganilgan
bo‘lsa, ijod qilishning psixologik xususiyatlariga qaratilgan konseptual nazariyalar
A.N.Leont'ev, D.B.Bogoyavlenskaya, Y.A.Ponomaryov, O.A.Xalifayev kabi olimlar
tomonidan yaratilgan. Bizga yaxshi ma'lumki, bir qator pedagog olimlar
o‘quvchilarning kommunikativ qobilyatlarini va nutq madaniyatiga oid muammolarini
quyidagicha ya’ni nutq faoliyatining mohiyati to‘g‘risidagi masalalarni keltirib
o’tmoqda;
- maktab o‘quvchilari nutq faoliyatining mohiyati to‘g‘risidagi masalalar;
xalq pedagogik ta'limda o’quvchilarining kommunikativ qobiliyatlarini
rijlantirish borasidagi masalalar;
- kommunikasiya va muloqot toifalarining o‘zaro bog‘liqligi masalasi.
Inson o‘z oldiga qo‘ygan barcha vazifalarni til yordamida muloqot qilish orqali
hal qiladi, yoqimli muloqot qila bilish esa qadim zamonlardan san'at hisoblanadi.
Hayotda duch kelinadigan muammolarni hal qilish ko‘proq ularni muhokama qilish,
boshqalarga tushuntirib bera olish bilan chambarchas bog‘liq. Buning uchun esa til
bilish va kommunikativ qobilyatlarni rivojlantirish zarur. Muloqot
qachon, qaerda, qaysi mavzuda, kim bilan bo‘lishidan cho‘chimaydigan, o‘zini erkin
tutadigan, fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda bemalol ifoda eta oladigan insonlarni
kreativ yondashuv asosida kommunikativ qobilyatga ega deya olamiz. Bunday inson
o‘z barkamolligi bilan jamiyat ravnaqiga sezilarli hissa qo‘sha oladi.
Hozirgi davrda kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari
shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Ta'lim tizimida o‘quvchilarning
kommunikativ kobiliyatini rivojlanirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Maktablarda
hamda o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta'limning kommunikativ tamoyilini barcha o‘quv
fanlariga joriy etishni ko‘zda tutuvchi standartlar hamda dasturlar sinovdan
o‘tkazilmoqda.
Bu ta'lim standartlari amaldagi standartlardan o‘quvchilarni bilim olish bilangina cheklanmasdan, ularda yig‘ilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni tajribada qo‘llay olish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilganligi bilan farq qiladi. Bunda kommunikativ layoqat alohida ahamiyat kasb etadi. O‘quvchi tushunishi, bilishi bilan bir qatorda tushuntira olishi ham lozim. Yangi dasturlarda axborot bilan ishlashga e'tibor
kuchaytirilgan. Har bir o‘quvchi kuchayib borayotgan axborot oqimidan o‘zi uchun zarurini tanlab, undan unumli foydalana bilmog‘i kerak. Ko‘zda tutilayotgan
o‘zgarishlar o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda samarali ko‘mak beradi. Ta'lim
tizimida fan yunalishlari bo‘yicha berilayotgan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay bilish
kommunikativ qobiliyat bilan uzviy bog‘liq.
Ushbu qobiliyatni tarbiyalash va takomillashtirish qator masalarni hal qilishni
taqozo etadi.
Kommunikasiya - muomala, muloqat, aloqa -bu kishilar o‘rtasidagi hamkorlik
zarurati tufayli sodir bo‘ladigan ko‘pqirrali munosabatlar jarayonidir. Muomala
kishilar o‘rtasidagi axborot olish va berish hamda kishilarning bir-biriga o‘zaro ta'sir
qilish jarayonidir. Muomalaning asosiy vositasi til hisoblanadi. Muomala orqali
kishilar amaliy va nazariy faoliyatlarini tashkillaydilar, axborot almashadilar, birbirlarini tushunadilar, bir-birlari bilan kelishadilar, maqsadga qaratilgan harakat
dasturlarini tuzadilar, bir-birlariga o‘zaro ta'sir o‘tkazadilar. Muomala jarayonida
shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar shakllanadi, yuzaga chiqadi va amalga oshadi.

unosabatlar shakllanadi, yuzaga chiqadi va amalga oshadi.


Download 22,12 Kb.
  1   2




Download 22,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Prezidenti olib borayotgan ijtimoiy

Download 22,12 Kb.