O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Prezidenti olib borayotgan ijtimoiy




Download 22,12 Kb.
bet2/2
Sana17.05.2024
Hajmi22,12 Kb.
#240143
1   2
Bog'liq
Kommunikativlik


Kommunikativ nutq – bu kishilarningagi omillar orqali o‘rganib chiqqanligini


ko‘rishimiz kishilarning nutq yordamida bir–birlari bilan fikr almashuvidir
Kommunikativ nutq madaniyati – kishilarning bir–birlari bilan fikr almashishi
jarayonida axloq qoidalariga amal qilgan holda nutqdan moxirona foydalanishidir.
Kommunikativ nutq jarayonlarida so‘zlar aniq bo‘lishi talab qilinadi. Nutqdan
doimiy ravishda to‘g‘ri foydalanish kerak. Nutqning keyingi muhim kommunikativ
sifati uning tozaligi, ya'ni adabiy tilda begona elementlarning yo‘qligi. Ta'lim–tarbiya
jarayonida kommunikativ nutq kompetentligi va kasbiy kompetentlik muammolari o‘z
dolzarbligini yo‘qotmaganligi sababli bu muammo masalalari bilan pedagog olimlar
shug‘ullanib kelayotganligini ham ko‘rish mumkin.
Ta’lim-tarbiya jarayonni amalga oshirishda kommunikativ qobiliyatlarini
rivojlantirish texnologiyalari bola bilan doimiy muloqotni tushuntirishni, muhokama
qilishni, agar bolaning xulq-atvori shuni talab qilsa, og‘zaki tanbeh berishni, yaxshi
xulq-atvor uchun taqdirlashni nazarda tutadi.
Tarbiya jarayonining kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish
texnologiyasini quyidagicha sharhlash mumkin:
1.Tarbiyalanuvchini alohida takrorlanmas, individuallik sifatida tushunmoq
lozim. Uning ehtiyojlari strukturasini aniqlash kerak.
2.Ijobiy emosiyalar vositasida ijobiy xulq-atvor odatlarini shakllantirmoq kerak.
Ong ham, iroda ham motivlar ierarxiyasini shakllantira olmaydi. Zotan, bir ehtiyojning
o‘rnini faqat boshqa ehtiyojgina egallashi mumkin.
3. Shu ehtiyojlarni qondirish vositalari bilan bolani qurollantirish tarbiya va
tarbiyachidan muloqotni ham, hamdardlikni ham emas, aynan shu vositalar bilan
qurollantirishni kutadi.
Inson aqlan va axloqan tobora boyib o‘z oldiga oliyjanob maqsadlar qo‘ya oladi.
Shaxs muloqotda kamol topadi va kasbiy mahoratni ham egallaydi. Shu jihatdan
olganda ta'lim-tarbiya jarayonida kommunikativ munosabat (aloqa o’rnatish)
insonning qalbiga kirish qobiliyati. muloqot, intonatsiya, pau’za, ritm, tamp eshitish
sezgilari, idroklari xamda turli ruhiy jarayonlar: xotira, tasavvur, tafakkur, xayolni
talab qiladigan ko‘nikma-malakalarni shakllantiradigan usul va metodlardan
foydalanish o‘rinlidir. Bundan o‘quvchi ta'lim-tarbiya jarayonida ishtirok etib, axloqiy
tushunchalar bilim va ko‘nikmalarni hosil qiladi, natijada u ta'lim-tarbiya jarayonining
kuzatuvchisi emas, balki uning faol ishtirokchisiga aylanadi. Shunday ekan axborotlar
shiddati, kommunikativ qobiliyatlari, kreativ fikrlash va yangiliklar oqimi tobora
kundalik hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylanib bormoqda. Bu esa o‘z o‘rnida har
bir shaxsdan fikriy yetuklikni, to‘g‘ri mushohada yurita olishni, kommunikativ
qobiliyatlarini rivojlantirishni texnologiyalashtirishdan va axborotdan foydalanish
madaniyatini shakllantirishni taqozo etadi. Ayniqsa bu jarayon jamiyatning sezilarli
qismini tashkil etuvchi yoshlar ongi va shu o‘rinda keskin burilishlar, yangicha

qarashlarni vujudga kelishiga ta'sir ko‘rsatadi. Ta'lim mazmunini takomillashtirish,


integratsiyalash, axborot texnologiyalariga asoslanilgan ta'limni tashkil etish esa ana
shunday tezkor davr taqozosidir. Sog‘lom fikr yurituvchi va ma'naviy jihatdan
mukammal, aqlan yetuk, fikran teran, rivojlangan shaxsni tarbiyalash ta'limda yosh
xususiyatlariga e'tiborli bo‘lish, o‘qitishda ta'limning barcha bo‘g‘inlar aro
aloqadorligini ta'min etish va shaxs ongi va ta’lim, fan va innovatsiya tafakkurida
yangicha g‘oya, tasavvurlarni shakllanishiga imkon beruvchi zamonaviy faol
usullardan foydalanishni talab etadi.
Download 22,12 Kb.
1   2




Download 22,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Prezidenti olib borayotgan ijtimoiy

Download 22,12 Kb.