Boynazarova Shahnoza




Download 180.52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.02.2024
Hajmi180.52 Kb.
#163942
Bog'liq
2-ma\'ruza
PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR


2-Mavzu. Multimediali ilovalarni yaratish texnologiyasi
So‘nggi yillarda elektron nashrlarning ahamiyati o‘sib bormoqda. Pedagog- olimlar,
elektron darsliklar yaratish jarayoniga katta e‘tibor qaratmoqda. Elektron qo‘llanmalarning
mazmuniga, texnik tomoniga, yordamchi funksiyalariga javob beradigan mualliflar guruhi
tashkil etilmoqda. Elektron qo‘llanmalar obyektiv kamchiliklar: moliyaviy, tashkiliy va vaqt
bilan bog‘liq sarf-xarajatning oshishi, shartli guruhlarning o‘zaro aloqadorligini past
samaradorligi va hakozo. Sodda tayyor darsliklarni yaratishga imkon beradigan dasturlarni
yaratishga zarurat tug‘ildi.
Bu kabi dasturlarning qo‘llanilishi alohida o‘qituvchilardan tortib, yirik
universitetlargacha bo‘lgan korporativ ta‘lim tizimlarini shakllanishiga olib keldi. Bunday
yondashuvning o‘ziga xos yutuqlari ham mavjud: o‘quv qo‘llanmasini yaratish sarfining
sezilarli pasayishi, interfeysning bir xilligi, ruxsatsiz nusxa ko‘chirishdan himoyalash va h.
Hozirgi kunda mamlakatimizda maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar, turli soha
xodimlariga mo‘ljallangan elektron darsliklar keng tarqalmoqda. Elektron qo‘llanmalarni
yirik tashkilotlardan tortib kichik guruhlarda ishlab chiqarish amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Internet tarmog‘i orqali xorijiy elektron qo‘llanmalarni ko‘chirib olish imkonitati
mavjud. Bizning fikrimizcha, mazkur dasturiy mahsulotlarning asosiy kamchiligi ulat tayyor
holatda ya‘ni o‘zgartirish imkoniyati cheklangan holatda tarqatilayorganligidadir.
Bunday vaziyatda qobiq dasturlarning (masalan, LearningSpace, Edugen, ―Прометей‖
va sh.o‗) qo‘llanilishi maqsadga muvofiq sanaladi. Mazkur qobiqlar faqatgina elektron
qo‘llanmalar (o‘quv qo‘llanma+ test prinsipida) yaratish imkoninigina berib qolmasdan,
tarmoq orqali o‘qitish (virtual dekanat kabi)ni tashkil etish imkonini beradi. Biroq, ularning
narxi yuqori bo‘lganligi sababli, faqat yirik o‘quv yurtlarida qo‘llaniladi. Bundan tashqari
ularning qo‘llanish sohasi masofaviy ta‘lim sohasi bilan bog‘liq.
Katta miqdordagi turli o‘quv kurslarini Internet tarmog‘idan topish mumkin. Ushbu
qo‘llanmalarning ba‘zilari erkin tarqatiladi, ba‘zilari esa foydalanuvchidan to‘lov qilishni
talab qiladi. Hozirgi kunda yirik o‘quv yurtlarining hamkorligi darajasidagi o‘qitish
kurslarining integratsiyalashuvi an‘anaga kirib bormoqda. Bunga ochiq Internet
universitetlarini misol sifatida keltirish mumkin. Bu jarayonda ular yuqorida qayd etilgan
qobiq dasturlar yoki xususiy ishlanmalariga tayanigan holda ish olib borishmoqda.
Elektron darslik va qo‘llanmalar haqida gap ketganda ushbu tushunchalarni
aniqlashtirishga zarurat tug‘iladi. Bu yerda siz bu tushunchalar haqida to‘liqroq ma‘lumotga
ega bo‘lasiz.
Elektron nashr - grafik, matnli raqamli, nutqli, musiqali, video, foto va boshqa
ma‘lumotlarning jamlanmasidir. Elektron nashr ixtiyoriy elektron tashuvchilarda bajariladi va
elektron kompyuter tarmog‘ida e‘lon qilinishi mumkin. Elektron tashuvchilarga esa magnitli
(disketa, boshqa magnitli disklar), optik disklar (CD, DVD va b.) kiradi.
Elektron darslik- mos ilmiy-amaliy bilimlar sohasida tizimga solingan materiallarni
o‘z ichiga oladi va o‘quvchi- talabalarning bu sohadagi bilim va ko‘nikmalarni faol
egallashlarini ta‘minlaydi.
Darslik- o‘zida o‘quv fanini yoki fanning bir bo‘limining tizimli ravishda bayon
etadigan, davlat ta‘lim standarti va o‘quv dasturiga mos keladigan, hamda rasmiy
tasdiqlangan o‘quv nashridir.
Elektron o‘quv qo‘llanma- yuqori ilmiy va metodik darajada yaratilgan, yo‘nalish yoki
mutaxassislikning to‘liq Davlat ta‘lim standartlariga mos keluvchi, standart va dasturning
didaktik birliklari bilan aniqlanuvchi nashr turi.
O‘quv qo‘llanma-darslikni qisman yoki to‘liq o‘rnini bosuvchi, darslikni to‘ldiruvchi
va rasmiy tasdiqlangan nashr turidir.
Elektron o‘quv qo‘llanma- darslikni qisman yoki to‘liq o‘rnini bosuvchi, darslikni
to‘ldiruvchi va rasmiy tasdiqlangan electron nashr turi.
Gipermatn — elektron shaklda tasvirlangan va bir-biri bilan bir ma‘lumotdan


ikkinchisiga bir onda o‘tish imkonini beruvchi daraxtsimon tizimda bog‘langan elektron 
matndir.
Vizuallashtirish — rasm, grafika va animasiya yordamida ko‘rinma shaklda tasvirlash
Elektron darslik hech qachon (hatto eng yaxshisi ham) kitobnining o‘rnini bosa 
olmaydi. Elektron darsliklar o‘quv yo‘nalishidagi asarlarning yangi janriga mansub 
hisoblanadi. Film tomosha qilganimiz kabi u ham kitob o‘qish jarayoni o‘rnini bosa olmaydi 
va u o‘quvchini kitob bilan ko‘proq ishlashga undashi lozim. Shuning uchun ham elektron 
qo‘llanma yaratish yaxshi darslikni olib elektron ko‘rinishga o‘tkazib chiqishdan iborat 
bo‘lmasligi lozim. Elektron darslik rasmli matnga yoki ma‘lumotnomaga aylanib qolmasligi 
kerak.
Elektron darslik tushuncha, tasdiq va misollarni maksimal darajada tushunish va eslab 
qolishni yengillatishi zarur. Shu bilan birga o‘quv jarayoniga kompyuter tushuntirishlaridan 
foydalangan holda oddiy darslikdan keskin farq qiluvchi, inson miyasi, xususan, eshitish va 
hissiy xotiralarining imkoniyatlarini joriy etishi lozim. 
Elektron darslikda matnli ma‘lumotlarga chegara qo‘yish lozim, chunki darslik, 
qog‘oz va ruchka yordamida kompyuterda o‘rganilgan ma‘lumotlarni chuqurlashtirishga ham 
imkon berish lozim. 
Elektron qo‘llanmalar yaratishda quyidagi prinsiplarga amal qilish maqsadga muvofiq:
1. Kvantlash prinsipi- materialni tugallangan bo‘limlarga ajratish.
2. To‘liqlik prinsipi- har bir bo‘lim quyidagi tashkil etuvchilarga ega bo‘lishi 
lozim:

Nazariy qism

Nazorat savollari

misollar 

mustaqil bajarish uchun topshiriqlar

yordam 

izoh 
3. ko‘rinishlilik prinsipi- har bir tashkil etuvchi yangi tushuncha, tasdiq va 
usullarni tushunishni osonlashtiruvchi qisqa matnlardan tashkil topishi
4. tarmoqlanish prinsipi- foydalanuvchi bir ma‘lumotdan ikkinchisiga oson 
o‘tishini ta‘minlovchi gipermatnli ishoratlarning mavjudligi
5. Boshqarish prinsipi- foydalanuvchi mustaqil ravishda foydalana olishi, o‘z 
bilimini tekshirib ko‘ra olishi.
6. Adaptatsiya prinsipi- foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra ma‘lumotlarni 
o‘rganishi
7. Kompyuterda foydalanish prinsipi- foydalanuvchi istalgan vaqtda kompyuter 
imkoniyatlaridan foydalangan holda o‘z ishini yengillatishi, ko‘proq 
ma‘lumotni o‘rganishi 
Elektron darslik o‘quvchilarning mustaqil ta‘lim olishi, ayniqsa, masofaviy ta‘limda 
zarurdir. Chunki elektron darslik 

induktiv yondashuv, eshitish va hissiy xotiraga ta‘sir qilish kabi usullardan 
foydalanagan holda materialni tushunishni osonlashtiradi; 

o‘quvchining ehtiyojiga mos ravishda moslashuvga yo‘l qo‘yadi; 

o‘rganish jarayonida o‘z-o‘zini tekshirish uchun keng imkoniayatlar taklif 
qiladi;

bajarilgan vazifani fayl ko‘rinishda o‘qituvchiga taqdim etish;

Cheksiz tushuntirishlar berib ma‘lumotlarni qayta takrorlash orqali sabrli 
murabbiy vazifasini bajaradi va b. 
Talaba uchun darslik fan bo‘yicha har tomonlama mustahkam bilim olish uchun zarur 
bo‘lsa, elektron darslikning maxsus auditoriya va amaliy mashg‘ulotlarda foydali tomonlari 
quyidagilardan iborat: 

Katta miqdorda masalalarni yechishda kompyuter imkoniayatlaridan 


foydalanish imkonini beradi;

O‘ituvchiga mashg‘ulotni mustaqil ish shaklida o‘tish imkoniyatini yaratadi; 

O‘qituvchiga kompyuter yordamida tez va effektiv ravishda talaba bilimini 
baholash imkoniayatini yaratadi. 
Elektron darslik o‘qituvchiga quyidagi imkoniyatlari bilan qulayliklar tug‘diradi. 

O‘z qarashiga muvofiq ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotga material taqdim etish 
imkonini beradi;

Uy vazifalari va nazorat ishlarini tekshirishdan ozod qiladi;

Misol va topshiriqlarning sonini optimallashtirish imkoniyatini beradi; 

Talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi.
Elektron qo‘llanmani ishlab chiqish bosqichlari quyidagi tartibda bo‘lishi maqsadga 
muvofiq: 

Manbani tanlash

Qayta ishlash uchun shartnomalar tuzish 

Mundarijani tuzib chiqish 

Matnni qismlarga ajratish va yordam tizimini ishlab chiqish 

Elektron shaklda gipermatn ishlab chiqish 

Kompyuter muhitini ishlab chiqish 

Multimediali jarayon uchun ma‘lumotni ajratib olish 

Ovoz berish jarayoni 

Ovoz berishni yakunlash 

Ma‘lumotlarini vizuallashtirish
Elektron darslikni ishlab chiqishning birinchi bosqichda quyidagi talablarga javob 
beradigan matbuot nashri tanlab olinadi: 

standart dasturga to‘liqroq mos keladi,

gipermatnlar yaratish uchun qulay,

ko‘proq misol va masalaga ega bo‘lgan,

qulay shaklda mavjud. 

Ikkinchi bosqishda sotish uchun shartnomalar tuzish. 

Uchnchi bosqichda mundarija ishlab chiqish, materialni tugallangan qismlarga 
ajratish. 

To‘rtinchi bosqichda manba matnlari qayta ishlab chiqiladi. 

Beshinchi bosqichda elektron shaklda gipermatnlar tayyorlanadi 

Oltinchi bosqichda kompyuterga beriladigan vazifalar ishlab chiqiladi. 

Yettinchi bosqichda ba‘zi tushuncha, tasdiqlarni tushuntirish usullari 
oz‘gartiriladi va multimediali materiallar bilan almashtiriladigan matnlar 
ajratib olinadi.

Sakkizinchi bosqichda matnga ovoz berish jarayoni bajariladi. 

To‘qqizinchi bosqichda ovoz bila ishlab chiqilgan matn kompyuterga yoziladi. 

O‘ninchi bosqichda vizuallashtirish amalga oshiriladi.

O‘n birinchi bosqichda rasm, grafika va animasiya foydalanilgan senariy 
kompyuterda amalga oshiriladi.
Shu bilan elektron darslikni ishlab chiqish tugallanadi va endi uni ishlatish mumkin 
bo‘ladi. Elektron darslikni ishlatishga tayyorlash bosqichida quyidagilar amalga oshiriladi: 

test qilish;

ishlatishga oid ko‘rsatma yozish;

metodik ta‘minot ishlab chiqish;

grif olish uchun material tayyorlash hamda olish 

elektron darslikni himoyalash va tarqatish 
Elektron darslikni yaratishda metodik materiallar bilan to‘ldirish ko‘zda tutilmasa uni 


ta‘lim tizimida qabul qilish imkoniyati kamayadi. Shuning uchun elektron nashrni metodik 
materiallar bilan boyitib borish zarur. Ta‘lim tizimidagi islohotlar talaba va o‘qituvchi uchun 
bir xil kompyuter muhitini ta‘minlash mavjud bo‘lgan o‘quv electron darsliklarni yaratishni 
talab etadi. Zamonaviy ta‘lim tizimida barcha bir xilda foydalanishi uchun ma‘lumot 
manbalarini (xususan, O‘quv elektron qo‘llanmalari) yaratish zarur. Shundan kelib chiqib turli 
o‘quv elektron qo‘llanmalarning paydo bo‘lishi va takomillashishi bilan o‘quv dasturlari va 
ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotlarning rejalari, o‘quv jarayonida o‘qituvchining vazifasi 
tubdan o‘zgarishi lozim. Metodik ta‘minot quyidagilardan tashkil topishi maqsaga muvofiq: 

Ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotlarning kompyuterni hisobga olingan holda 
tuzilgan yang rejalari. 

Har bir mashg‘ulot uchun metodik qo‘llanmalar. 

Uyda va o‘quv binosida joylashgan kompyuter dasturlarining imkoniyatlari 
haqida to‘liq ma‘lumot.
Elektron qo‘llanmalarni yaratishda dastlab dasturlash tillaridan biridan foydalanilgan. 
Buning natijasida yaratilgan dasturlarni o‘zgartirish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli dastur 
tez eskirgan. Keyinchalik qobiqlar deb ataluvchi metodik ma‘lumotlar bilan to‘ldiriladigan 
universal dasturiy muhitlar yaratilgan. Ularning imkoniyatlari ham elektron darsliklarning 
keng ishlab chiqilishiga imkon yaratmagan.
So‗nggi yillarda turli texnologiyalarni videolar, aniqrog‗i, videodarslar orqali 
o‗rganish tobora odat bo‗lib bormoqda. Sababi ma‘ruzalarni video shaklda yozish muammo 
bo‗lmay qoldi. Buning uchun bir qancha texnologiyalarni bilish kifoyadir. Shuning uchun 
videodarslar orqali o‗rganish ommaviy tus olmoqda. Videodarslar orqali o‗rganish juda oson 
va tez samara beradi hamda ixtiyoriy inson o‗z bilimlarini video formatida yozib boshqalarga 
o‗rgatish imkoniga ega bo‗ladi. Endilikda ko‗plab qalin va ayrim tushunarsiz kitoblarni 
o‗qishga vaqt sarflanmaydi. Ularning o‗rnini videodarslar egallaydi.
Videokurs o‗zi nima? O‗quv videokursi ma‘lum bir sohani yoki mavzuni yoritib 
beruvchi o‗ziga xos darslar yig‗indisidir. U o‗zida amaliy samaraga ega, nazariy va metodik 
materiallarni qamrab oladigan videoroliklardan iborat bo‗ladi.
Videokurslar tinglovchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

o‗qitishning interfaol usullarini qo‗llash natijasida o‗quv materiyalini to‗liq 
tushunish samaradorligini oshirish;

kursni o‗rganayotganlarning qiziqishini oshirish, turli psixologik to‗siqlarni 
yengish hamda taqdim etilayotgan materialni tushunish va esda saqlashni 
osonlashtirish;

o‗quv jarayonini yanada qiziqarli va ommaviy bo‗lishini ta‘minlash;

kerakli nazariy va eng muhimi, amaliy ko‗nikmalarni hosil qilish. 
Aksariyat videodarslar o‗rganilayotgan materialni hayotga tatbiq qilishga yordam 
beradi. Videodarslarda muallif qo‗yilgan muammoni batafsil va hammabop tilda bayon 
etishga harakat qiladi. Bu — tinglovchilar bilan o‗zaro interfaol aloqa hosil qilishga yordam 
beradi. Har bir videokurs CD yoki DVD-diskdagi o‗quv videofilmlardan hamda bu 
videokursni qanday qo‗llashga doir o‗quv va metodik yordamchi materallardan iborat bo‗lib, 
bu materiallar kursni foydalanuvchilar yakka holda yoki guruh bo‗lib o‗rganishida yo‗l-yo‗riq 
ko‗rsatadi.
Odatda, bu disklarda ommaviy foydalanuvchilarga mo‗ljallab menyular ishlab 
chiqiladi va u orqali kursning ixtiyoriy darsini ko‗rish mumkin bo‗ladi. Videoroliklar barcha 
kompyuterlarda o‗qilishi mumkin bo‗lishi uchun ommaviy videoformatlarda yoziladi. 
So‗nggi vaqtlarda esa flash-rolikar ko‗rinishida videodarslarni yozish ham odat bo‗lmoqda. 
Bunga asosiy sabab video hajmining kichik bo‗lishidir.


O‗quv videokursi faqatgina videofilm emas. Har bir videokurs bir qancha o‗zaro bir-
birini to‗ldiruvchi elementlardan iborat bo‗lib, bu elementlarni qo‗llash ta‘lim jarayonini 
soddalashtiradi.
Ular yordamida bilim olish ta‘limning boshqa odatiy va multimediyali tizimlaridan bir 
qancha afzalliklarga ega:

biror-bir fanni, hunarni yoki texnologiyani o‗rganish uchun hech qayerga 
borish shart emas, bemalol uyingizda ham o‗rganishingiz mumkin;

videodarslarni ko‗rish uchun ixtiyoriy vaqt ajratishingiz, kunning istalgan 
vaqtida o‗rganishingiz;

mumkin, agar tushunmagan bo‗lsangiz, uni to‗liq qayta va ixtiyoriy joyidan 
ko‗rish imkoniga ega bo‗lasiz;

videodarslar yordamida ta‘lim olishda odatiy vositalarga nisbatan o‗z vaqtingiz 
va mablag‗ingizni tejaysiz;

eng asosiysi, videodarslarda interfaol muhitning mavjudligidir. 
Biroq, hamma ham sifatli va foydali videokurslar va videodarslarni yarata olmaydi. 
Aytish mumkinki, hozirgi kunda turli xil veb-texnologiyalarni, Photoshop va Flash 
dasturlarini o‗rgatuvchi videokurslar mavjud. Ularning aksariyati rus va ingliz tilida, shu bois, 
o‗zbek tilida videokurslarni yaratish dolzarb masalalardan biridir. Masalan, Web-dasturlash 
sohasi bo‗yicha Adobe Dreamweaver CS4 dasturini o‗rgatuvchi multimediyali o‗qitish tizimi 
yaratilgan. Mazkur multimеdiyali qo‗llanma Adobe Dreamweaver CS4 dasturini vidеodarslar 
orqali o‗rgatishga mo‗ljallangan bo‗lib, bu qo‗llanmadan vеb-dasturlash ko‗nikmalariga ega 
bo‗lgan foydalanuvchilar hamda zamonaviy vеb-tеxnologiyalarni o‗rganmoqchi bo‗lganlar 
foydalanishlari mumkin. Ularning mavjud analoglaridan farqi shundaki, vidеodarslar to‗liq 
o‗zbеk tilida yaratilgan. Foydalanuvchi mеnyusi imkon darajasida soddalashtirilgan.
Multimediyali ta‘lim tizimini yaratishda bir qator jarayonlarni bajarish kerak, 
jumladan, ta‘lim sohasini tanlash va zarur fanlarni tahlil qilish, videodarslar yozishga 
mo‗ljallangan dasturlar orasidan eng yaxshisini tanlash, videodarslarni yozish hamda montaj 
qilish va boshqalardan iborat. Videodarslar yozadigan dasturlar bir nechtadir. Ulardan 
Webineria, UltraVNC Screen Recorder, Captivate, BB FlashBack Express, Camtasia Studio, 
Jing kabilarni alohida ajratib ko‗rsatish mumkin. Ular kompyuter ekranidagi harakatlar, 
mikrofondan ovozlarni yozadi hamda kompyuterlar tushunadigan video fayllar formatiga 
o‗girib beradi. Bu vositalardan Camtasia Studio dasturi o‗zining interfeysi, juda ko‗plab 
formatlari, video fayllarga turli xil belgilar va izohlar qo‗yilishi, darslarga menyular hosil 
qilinishi bilan ajralib turadi, shuningdek, bu dastur yordamida audio fayllarni ham yaratish 
mumkin. Dars yozish davomida ekranning kerakli joyini alohida ajratib ko‗rsatish imkoni 
ham mavjud. Ana shu afzalliklari tufayli videodarslar yozuvchi dastur sifatida Camtasia 
Studio tanlanadi.
Ta‘lim tizimida turli darslar orasidan keraklisini topish qiyinchilik tug‗dirishi mumkin. 
Buning uchun foydalanuvchi uchun navigatsiya menyusini yaratish kerak bo‗ladi. Bunday 
navigatsiya interfeysini Avtomatik menyu qurish dasturlari, xususan, AutoPlay Mediya 
Studio dasturi yordamida hosil qilish mumkin. Mazkur dastur yordamida vizual obyektlarni 
qo‗llagan holda mukammal navigatsiyani yaratish mumkin. Interfeysda hosil bo‗ladigan har 
bir sahifa xuddi veb-sahifalar kabi ko‗rinishga ega bo‗lib, sahifalardagi obyektlarda turli xil 
amallarni belgilash mumkin. Yaratilgan multimediyali o‗qitish tizimi foydalanuvchilarga 
diskda keladi. Bu diskni kompyuter diskovodiga qo‗yganda diskdagi autorun.exe fayli ishga 
tushadi. Natijada foydalanuvchi uchun qulay bo‗lgan navigatsiya menyusi ekranda hosil 
bo‗ladi. Quyidagi rasmda videokursning barcha bo‗limlari ko‗rsatib o‗tilgan. Shuningdek, 
asosiy oynada kirish darsini ishga tushiruvchi tugma bo‗lib, bu darsda kursning maqsadi, 


o‗rgatadigan sohaning qisqacha tahlili hamda videokursdan foydalanish ko‗nikmalari yoritib 
berilgan. Ekrandagi mos tugmaga bosilganda kerakli bo‗limning ichki sahifasiga o‗tiladi. Bu 
sahifada shu bo‗limning darslari joylashgan bo‗ladi.
Videokursdagi biror-bir bo‗limga kirilgandan so‗ng asosiy oynaga qaytish uchun 
navigatsiya tugmalari quriladi. Ularni qo‗llab asosiy oynaga qaytish, navigatsiya menyusini 
pastga tushirish va navigatsiya menyusini yopish mumkin.
1-rasm. AutoPlay Menu Studio dasturi yordamida menyu qurish 
Multimеdiyali qo‗llanmalarni ishga tushirish uchun kompyuterga bir qator texnik 
talablar qo‘yiladi. Masalan,

OT : Windows 2000/ NT/XP/Vista/7/8;

Qattiq disk hajmi: 1 GB;

Opеrativ xotira: kamida 128 MB;

Framework : ixtiyoriy;

Flash Player : ixtiyoriy;

Videokodek: TechSmith Screen Capture Codec;

Audiokodek: Lame mp3. 
Hozirda deyarli barcha sohaning elektron qo‗llanmalari mavjud. Biroq axborotning 
insonlarga har doim ham foydali bo‗lavermaydi. Shunday ekan, multimediyali o‗qitish 
tizimlari tayyorlashda ham ana shu jihatga e‘tibor qaratish zarur. Zero bugungi kunda biror-
bir mavzu yoki texnologiyani o‗rganishning bundan osonroq usuli mavjud emas. 

Download 180.52 Kb.




Download 180.52 Kb.
Pdf ko'rish