• 2.Jihozlar va ko’rgazmali qurollar
  • Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги тошкент автомобил-йщллар институти




    Download 235.74 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana03.03.2023
    Hajmi235.74 Kb.
    #44192
      1   2
    Bog'liq
    5-LABORATORIYA MASHGULOTI USLUBIY KORSATMA
    Монологическая речь, Tashqi savdoda infratuzilmaning ahamiyati., Lab jumisi 7 klass, 5- mavzu Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda va O‘zbekiston Respu, 50ta fe\'l, kutubxona, 9, printsipy-razrabotki-mnogofunktsionalnyh-veb-prilozheniy-ispolzuya-no-code-podhod, 2-maruza mashguloti, 8 sinf Sinf soati tarbiyaviy soat 2022 2023 to`liq hajmda, 8-sinf choraklik testlari, 8-sinf-mate-testlar-11, 8-sinf-mate-testlar-3, Formanov SH.Q. EHTIMOLLIKLAR NAZARIYASI. (268). 2014 (2)



    5-Laboratoriya ishi 
     
    Keskichning yeyilishini ishlov berish masofasiga bog’liqligini aniqlash 
     
    1. Ishning maqsadi 
    Yig’uv texnologik sxemalarini variantlarini tuzib chiqish va ularning tahlili. 
    Yig’ma birliklarni sxemalar bo’yicha yig’ish ko’nikmalarini hosil qilish. 
    2.Jihozlar va ko’rgazmali qurollar: 
    a).Qismning (uzelning) umumiy ko’rinishi [Ishchi chizmasi 2-rasm] va texnik
    talablari. 
    b). Metallda bajarilgan qism (uzel). 
    v). Slesarlik – yig’uv asbob komplekti. 
    3.Nazariy qism 
    Texnologik jarayonni ishlab chiqishdan avval, mashina yig’ish ketma-
    ketligini to’g’ri belgilash qulay bo’lishi uchun yig’uv texnologik sxemasi tuziladi. 
    Yig’uv sxemalarini tuzishning bir nechta tamoyillari ma’lum. Bulardan biri 
    ko’rgazmaga ega eng sodda va qulayrog’ini prof. V.M. Кovan taklif etgan 
    sxemadir. 
    Har xil yig’iluvchi element (uzel, uzel bo’lagi, detal) uchta katakka bo’lingan 
    to’g’ri to’rtburchak va kataklar o’lchamlari barcha yig’uv elementlari uchun bir 
    xilda bo’ladi. Кataklarga detalning nomi, raqami, yig’uvda qatnashayotgan soni 
    yoziladi (1–rasmga qarang). 
    1-rasm. 
    Qaysi elementdan yig’uv boshlansa o’sha elementni baza detal deb ataymiz. 
    Detal yoki uzel (birikma) baza element bo’lishlari mumkin. 
    Yig’uv sxemasini tuzish uchun qog’ozda to’g’ri chiziqli kesma o’tkaziladi
    (kesmaning uzunligi yig’iluvchi elementlar soniga bog’liq). 
    Кesmaning uchlariga 2,4-rasmda ko’rsatilgandek kataklarga ajratilgan 
    to’g’ri to’rtburchaklar chiziladi. 
    2-rasm. 
    Chap tomondagi to’g’ri to’rtburchak – baza element, o’ng tomondagi to’g’ri 
    to’rtburchak – yig’ilgan mahsulotni ifodalaydi (masalan; yig’ilgan reduktor 2-
    rasm). 



    So’ngra qaysi tartibda yig’ish kerak bo’lsa – sxemada to’g’ri to’rtburchaklar 
    o’sha tartibda joylashtiriladi. Alohida detallar birlashtiruvchi chiziq ustiga, birikma 
    – qismlar esa shu chiziq pastiga chiziladi. Yig’uv texnologik sxemasining misoli
    4-rasmda ko’rsatilgan. 
    Yig’uv sxemasini tuzishda uzelni guruh va guruhchalarga bo’lish qulayroq 
    bo’ladi. 1-guruh deb, mahsulotga bevosita kiruvchi uzelga aytiladi. 2-guruh deb, 
    mahsulotning 1-guruhiga kiruvchi uzelga aytiladi va h.k. Oxirgi guruh faqat 
    detallarga ajralib ketadi. Shuningdek turli tartibdagi guruhlarga ajratadi (4-
    rasmdagi misolni ko’ring). 
    Xuddi shunga o’xshash “Tartibli yig’ma birliklar”ga ajratish usuli ham 
    qo’llaniladi.
    Bu usulda birinchi tartibli yig’ma birlik bevosita buyum (mahsulot) tarkibiga 
    kiradi. Ikkinchi tartibli yig’ma birlik esa birinchi yig’ma tarkibga kiradi va h.k.
    n-tartibli yig’ma birlik faqat alohida detallarga ajraladi. Bu holda buyumning 
    (mahsulotning) o’zi no’linchi yig’ma birlik hisoblanadi. 
    Mahsulotning murakkabligiga bog’liq holda yig’ish sxemasi katta yoki kichik 
    darajadagi kattalashganlikda tuzilishi mumkin. 
    Кattalashtirilgan sxema, bevosita mahsulotga kiruvchi uzellar va detallar 
    oralig’idagi bog’lanishni ko’rsatadi. Bu holda uzellarni yig’ish uchun alohida 
    sxemalar tuziladi. Ayrim hollarda texnologik sxema yozuv ko’rsatmalar bilan 
    ta’minlanadi. 
    Masalan: surik bilan moylang, solidol bilan to’ldiring, bosim bilan o’tqazing, 
    valsovkalang, mahkamlang va boshqalar. 
    Yig’uv texnologik sxemalari ma’lum darajada texnologik jarayon ishlab 
    chiqishni soddalashtiradi. 
    Yig’uv sxemalarini tuzishda yig’uv jarayonini murakkablashtiruvchi turli 
    bog’liqsizliklar ayon bo’ladi va xatoliklar topiladi. 
    Texnologik sxema, texnologik jarayon ishlab chiqilgunga qadar mashinani 
    uzellarga ratsional ajratish imkonini beradi, qaysiki ularning bir-biriga bog’liq 
    bo’lmagan holda yig’uvni ta’minlashga yordam beradi. 
    Yig’uv sxemasi o’lcham zanjirlarini tahlil qilish uchun hamda qurilmalarning 
    texnologiya bopligini baholash uchun qo’llanishi mumkin. 

    Download 235.74 Kb.
      1   2




    Download 235.74 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги тошкент автомобил-йщллар институти

    Download 235.74 Kb.
    Pdf ko'rish