• 5.1. Konstruksiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi va ularning ishlash moyilligiga kuchlanish va deformatsiyaning ta’siri
  • 5-ma’ruza konstruksiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi




    Download 0.54 Mb.
    bet1/2
    Sana23.04.2024
    Hajmi0.54 Mb.
    #205032
      1   2
    Bog'liq
    5-Presentation
    O’lchamlar, og’ishlar va joizliklar to’G’risida tushunchalar-fayllar.org, Mavzu Ayqash o‘qli vintaviy va gipoid uzatmalar Reja, 138, Sirpanish podshipniklarini hisoblash. N. P. Petrovning gidrodnam, 15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`r, Ayqash to, Presentation 5
    • 5-MA’RUZA
    •  
    • Konstruksiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi
    •  
    • Reja:
    • 5.1. Konstruksiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi va ularning ishlash moyilligiga kuchlanish va deformatsiyaning ta’siri
    • 5.2. Payvandlashdagi deformatsiya va kuchlanishlarga qarshi kurash usullari
    • 5.1. Konstruksiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi va ularning ishlash moyilligiga kuchlanish va deformatsiyaning ta’siri
    • Deformatsiyalar va kuchlanishlar kattaligi detallarni payvandlash uchun yig’ish usuliga bog’liq. Detallar birikmaning qirralarini bikr mahkamlab yig’iladi, bunda bitta detalning boshqasiga nisbatan siljish imkoni bo‘lmaydi (bikr prixvatkalarda yig’ish, 5.1- rasm, a; bikr yig’ish moslamalarida, masalan 5.1-rasm, b da ko‘rsatilganidek). Elastik mahkamlab, birikma qirralaridan ma’lum oraliqda chok hosil qilish jarayonida detallarning siljishiga yo‘l qo‘yadigan usulda (masalan, 5.1- rasm, v da ko‘rsatilgan payvandlash prixvatka-taroqlari; qo‘zgaluvchan yig’ish moslamalari, masalan 5.1-rasm, g dagi universal moslama) mahkamlab yig’iladi.
    • Yig’iladigan detallarni bikr maxkamlash qalinligi 8 mm gacha bo‘lgan yupqa detallar uchun, elastik (moslanuvchi) qilib maxkamlash qalinligi 8 mm dan ortiq detallar uchun qo‘llaniladi.
    • 5.1-rasm. Payvandlash uchun listlarni yig’ish
    • Natijada deformatsiyalar va kuchlanishlarning kattaligiga choklar hosil qilish ketma-ketligi ta’sir qiladi. Masalan, choklar quyidagi ketma- ketlikda bajarilsa, uzel uzunligi bo‘yicha eng kam egiladi (5.2-rasm), dastlab ko‘ndalang chok 3, so‘ngra bo‘ylama chok 1 va undan keyin vertikal ko‘ndalang chok 2 payvandlanadi.
    • Buyumlarning payvand deformatsiyalari va kuchlanishlarini kamay- tirish uchun ayniqsa kichik plastikka ega bo‘lgan metallarda, masalan cho‘yan yoki toblanadigan po‘latlardan yasalgan buyumlarda ularning qirralari birlashtiriladigan joydan 40-50 mm masofada oldindan qizdirish usulini qo‘llash mumkin. Oldindan qizdirish harorati metallning kimyoviy tarkibi, uning qalinligi va konstruksiyaning bikrligiga qarab belgilanadi, masalan po‘lat uchun 400-600°C, cho‘yan uchun 500-800°C, alyuminiy qotishmalari uchun 200-700°C, bronza uchun 300-400°C tavsiya etiladi.
    • Qalinligi 40 mm dan ortiq kam uglerodli po‘latlardan yasalgan juda ma’suliyatli buyumlarni payvandlashda qizdirish temperaturasi 100-200°C, qalinligi 30 mm dan ortiq kam legirlangan po‘latlarni payvandlashda 150-200°C qilib belgilanadi. Buyumlar oldindan gaz gorelkalari, elektr yoki induksion qizdirgichlar vositasida qizdiriladi.
    • Agar oldindan qizdirish o‘rniga payvandlash bilan birga qizdirishdan foydalanilsa, payvandlash jarayonida paydo bo‘ladigan deformatsiya va kuchlanishlar ancha kamayadi. Bu qizdirishlar payvandlash deformatsiyalari va kuchlanishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
    • Bir qatlamli chok o‘rniga ko‘p qatlamli chok qo‘llanilishi chokdagi metallning qizishini uning qalinligi va uzunligi bo‘yicha baravarlashishiga yordam beradi, natijada buyumdagi payvandlash kuchlanishlari va deformatsiyalar kamayadi.
    • Teskari bosqichli usulda payvandlash (5.3-rasm) chok metalini uning butun tegishli uzunligi bo‘yicha ancha tekis qizishini ta’minlaydi va shu usul bilan payvandlash deformatsiyalari va kuchlanishlarini kamaytirish mumkin. Teskari bosqichli usulda payvandlashda bosqich uzunligi metall qalinligiga, payvandlanayotgan buyumning shakli va bikrligiga bog’liq. Bosqich uzunligi keng chegarada (100-400 mm) tanlanadi. Payvandlanadigan metall qancha yupqa bo‘lsa, bosqich uzunligi shuncha kichik bo‘ladi. Ko‘p hollarda payvandlanayotgan bosqich uzunligi bitta yoki ikkita elektroddan hosil bo‘ladigan chok uzunligi bo‘yicha hisoblanadi.
    • Payvandlash jarayonida metallning majburan sovitilishi issiqlikning tez va intensiv olib ketilishini ta’minlash yo‘li bilan qizdiriladigan zonani kichiklashtiradi hamda bularning hammasi payvandlashdagi qoldiq deformatsiyalarning kamayishiga yordam beradi, lekin payvand birikmaning metalidagi payvand kuchlanishlari ortishi mumkin.
    • Buyumni suvga botirib va faqat payvandlanadigan uchastkasini havoda qoldirib, issiqlik olib ketiladi. Bu usul kam uglerodli toblanmaydigan po‘latlarni payvandlashda yaroqli. Boshqa hollarda issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan mis yoki mis qotishmalaridan tayyorlangan og’ir tagliklardan foydalanish mumkin. Taglik chok tagiga qo‘yiladi va ularni taglik ichida aylanib yuradigan suv yordamida qo‘shimcha tarzda sovitish mumkin. Mis tagliklar, masalan uncha qalin bo‘lmagan, zanglamaydigan po‘latlarni payvandlashda yaxshi natijalar beradi.
      1   2




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma’ruza konstruksiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi

    Download 0.54 Mb.