Mavzu: Davlat (o‘zbek) tili fanini o‘qitishda yangicha talab va imkoniyatlar
Reja:
Zamonaviy о‘qituvchi va ularga qо‘yiladigan talablar.
Davlat (o‘zbek) tili fandagi yangiliklar, til o‘rgatishning dolzarb masalalari. O‘zbek tili fani darsliklari va ularga qo‘yiladigan yangicha talablar.
O‘zbek tili darslarida yangicha usullarda darslarni tashkil etish.
Tayanch so‘zlar: zamonaviy o‘qituvchi, smart dunyo, til o‘rgatish, novatorlik, innovatsiya, an’anaviy ta’lim, metodika, QR kod, interfaol metodlar, til ta’limida zamonaviy baholashlar, Vunderkind bola
Ustoz misli yonib turgan shamga o‘xshaydi. O‘zi yonib atrofga nur-ziyo taratadi. Ma`lumki, hamma kasblarni ham avvalo ustoz-muallim o`rgatadi. Ustoz – ilm o‘rgatuvchi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, tarbiyalovchi murabbiydir. Dastlabki saboqni ham o`qituvchi beradi. Dastlabki ona - Vatan so‘zlarining ma`nosini, mohiyatini ham o‘qituvchi o`rgatadi. Shuning uchun ham barcha kasblar ichida o‘qituvchilik-muallimlik kasbi o‘ta sharafli va mas`uliyatli hisoblanadi. Zero, Prezidentimizning ,, O‘zbekistonda bugundan boshlab, eng hurmatli, eng e’zozli inson — bu muallim! yoki O‘qituvchini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman! ‘’ deb ta’kidlab aytganlari o‘qituvchilik kasbining nechog‘lik sharafli ekanining isbotidir. Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqqiyati oqituvchi kadrlarning kasb mahorati va savodxonligiga bevosita bog’liq. O‘qituvchi-pedagogik-psixologik jihatdan o‘z ixtisosligi bo‘yicha maxsus ma’lumotga ega, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga ega, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir.
Dars- ta’lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo‘lib, unda sinf dars tuzilishining barcha xususiyatlari aks etadi. Darsda o‘qituvchi rahbarligida har bir o‘quvchining bilim olish imkoniyatlari hisobga olinadi.
Bugungi kunda biz g‘aroyib bir davrda yashayapmiz. Atrofimizdagi olam juda tez sur’atlarda tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib boryapti. Shuning uchun o‘sib kelayotgan ishlaydigan o’qituvchi juda ko‘p narsalardan xabardor bo‘lishi kerak.
Zamonaviy o‘qituvchi qiyofasidagi shaxs pedagogik-psixologik jihatdan yuksak tayyorgarlikka ega ega bo‘lishi uchun unda quyidagi fazilatlar namoyon bo‘lishi kerak.
O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy va siyosiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o’quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim. Ilm-fan, texnika, texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lishi;
- O‘z mutaxassisligi bo’yicha chuqur, puxta bilimga ega bo’lishi, o’z ustida tinimsiz izlashi shart;
- Pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi;
- Ta’lim–tarbiyaviy faoliyatda pedagogik va axborot texnologiyalarining eng samarali shakli, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
- Ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishi;
Ayniqsa, o‘qituvchi o‘zining individual nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur;
Zamonaviy o‘qituvchi o’z nutqini takomillashtirib borishi uchun ta’lim va tarbiya jarayonida quyidagi yo’nalishlarga doimiy amalga oshirib borishi lozim:
- o‘zbek adabiy til qonuniyatlari va normalarini mukammal bilishi;
- o‘z-o’zini va nutqiy faoliyatini muntazam nazorat qilish;
- o‘zining nutqiy madaniyatini doimiy rivojlantirib borish;
O‘z-o’zini nazorat va ifodali nutq malakalarini rivojlantirish uchun o‘qituvchi o’z nutqiy faoliyatini kuzatishi lozim.
O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o’quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar orasida obro’-e’tibor qozonishini ta’minlaydi. Darsda o’qituvchi rahbarligida har bir o’quvchining bilim olish xususiyatlari hisobga olinadi. O‘quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Zamonaviy o‘qituvchi quyidagilarni o’z vazifasi deb bilishi kerak:
O‘z mutaxassisligi bo’yicha eng so’nggi bilimlardan xabardor bo’lishi, ta’limni pedtexnologiyalar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib, amaldagi o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi;
ta’limda o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib, o’z mahoratini, bilimini va qobilyatini namoyish etishi;
o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olgan holda ular tomonidan bilimlarni o’zlashtirishga sharoit yaratish;
o‘quvchilar tomonidan o’rganilayotgan o’quv fanlarining o’zaro aloqadorligini ta’minlash;
shaxsni har tomonlama kamol topishini faollashtirish;
O‘qituvchi o’z tajribasidan kelib chiqib, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagilarga qattiq e’tibor berishi shart.
integral fanlarning ilg‘or yutuqlari, kompyuter, pedtexnologiyalar va axborot texnologiya imkoniyatlaridan keng foydalanish, darsni zamonaviy o’quv –tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;
o‘quvchilarning qiziqishi, iqtidori va talablarini hisobga olish;
o‘quvchining o’zi qiziqqan, orzu qilgan kasbi bo’yicha mahoratini shakllantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
Hozirgi kun o’qituvchisi eng avvalo, faol, mehnatkash, fidoyi, talabchan, izlanuvchan, davr bilan hamnafas hamda ijodkor bo’lishi kerak!
O‘qituvchi, avvalo, o‘zini yaxshi anglab olishi lozim.
|