5. O‘qituvchi ijtimoiy-psixologik moslashuvchan bo‘lishi kerak.
Ijtimoiy moslashuv nima?
Rus olimi, faylasuf, sotsiolog Vladimir Dobrinkovning fikriga ko‘ra, ijtimoiy moslashuvchanlik bu bo‘ysunish emas, maqsadga erishish yo‘lida harakat yoki harakatsizlik kabi o‘zgarish.
Maktab o‘qituvchisi o‘quvchining psixologik-pedagogik tashxis daftaridan xabardor bo‘lishi kerak. Ya’ni, Dobrinkov g‘oyasiga qaytadigan bo‘lsak, o‘qituvchi o‘quvchi psixologiyasidan kelib chiqib, u bilan muloqot jarayonida dastlabki qadam tashlab, o‘quvchining ruhiyatidan kelib chiqib, uni o‘zgartira olishi shart. Bu, albatta, dars mobaynida o‘quvchining darsga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi, diqqatini oshiradi. Ibn Sino har bir insonning temperamentidan kelib chiqib, unga alohida e’tibor berish kerakligini ta’kidlaydi. Forobiy bo‘lsa, “Inson aqli faqat bilish bilan cheklanmaydi, balki odatlar va qarashlarni o‘zining maqsadlariga bo‘ysundira olishi, yo‘naltirishi, o‘zgartirishi ham mumkin”, deb yozadi.
Demak, pedagog jamiyat, voqelikka, atrof-muhitga psixologik moslashuvchan bo‘lishi lozim.
6. O‘qituvchining qalbi adabiyotga oshno bo‘lishi kerak.
O‘qituvchi sohasiga taalluqli nafaqat ilmiy, balki badiiy adabiyotlar ham o‘qishi lozim. Adabiyot bilan yashaydigan talaba va o‘quvchilar illatlardan nafratlanadi. Bu o‘qituvchi ta’limni tarbiya bilan olib borishida zamonaviy yo‘nalish kasb etadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, Mahmudxo‘ja Behbudiy 1912-yilda o‘z xulosalarini shunday ifoda etgan: “Dunyoda turmak uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur” deganlar.
O‘qituvchida shuncha xislatlarni ko‘rgan o‘quvchi hayotga o‘z ustozining ko‘zi bilan qaraydi va hayotni oq-qora rangda emas, serjilo ranglarda ko‘rib, unga muhabbat qo‘yadi. Shu go‘zal hayotning, millatning chiroyiga o‘z hissasini qo‘shish uchun ulg‘ayadi. Eng asosiysi, u o‘quvchiligidayoq shu jamiyat, shu millatga kerakman, degan ruhda kamol topadi.
Bugungi g‘ala-g‘ovur dunyoda ustoz o‘z so‘ziga, o‘z o‘rniga, o‘z obro‘siga ega bo‘lishi, yoshlarni yurtga otilgan har qanday toshlarga qalqon qilib tarbiyalashi shart. Bu vazifa, muqaddas va sharafli kasb egalari uchun ham farz, ham qarzdir!
Dars - maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. Dars insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni oʻquvchilarga juda qisqa vaqtda oʻrgatishning eng samarali usuli. Taʼlimning dars shakli Turkistonda uzoq zamonlardan buyon qoʻllanilib kelgan. Darsni tashkil etish va uning samaradorligini taʼminlashda oʻqituvchining oʻrni beqiyos boʻlgan. Turkiston maktablarida taʼlimning tashqi shakliy jihatlariga emas, balki mohiyatiga ham eʼtibor berilgan. Chunonchi, oʻquvchilarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda bolalarning yoshi va maktabda qancha vaqt oʻqiganligiga emas, balki oʻtilgan mashgʻulotlarni nechogʻli oʻzlashtirganliklariga tayanilgan.
Turkiston maktablarida taʼlimning dars shakli boʻlganligi bilan mashgʻulotlarni sinf - dars tizimi tarzida uyushtirish tajribasi boʻlmagan. Shuningdek, darsning davomiyligi, predmetlarning oʻrinlashuvi, kundalik mashg’ulotlarning miqdori singari taʼlimiy chegaralar har bir oʻqituvchining o‘zi tomonidan belgilangan. Madrasalarda dars belgilangan muayyan tartib asosida uyushtirilgan. Ayni vaqtda, madrasa darslarida talabalarning mustaqil oʻzlashtirishlariga katta eʼtibor qaratilgan. Dars taʼlim muassasalari uchun darsning jamoa va individual shakllari xos boʻlgan.
Dars taʼlimning jamoa boʻlib amalga oshirilish tarzi sifatida ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, dars maktab yoshidagi bolalarni yalpi oʻqitishni osonlashtiradi, ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qoʻshadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga koʻmaklashadi. Darsda oʻquv mashgʻulotlarining individual, guruhiy va umumsinf shakllari uygʻunlashadi.
Har qanday jamiyatda dars jamiyat tomonidan taʼlim oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Darsning vazifalari taʼlim jarayonining qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs borasidagi tushunchalari bilan qatʼiylashadi.Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga koʻra zamonaviy dars oʻquv muassasasining mulkiy mansubligidan qatʼiy nazar quyidagi xususiyatlarga ega boʻlishi lozim: taʼlimning tarbiyaviy maqsadlarga boʻysundirilganligi, oʻquvchini komil shaxs sifatida shakllantirishga yoʻnaltirilganligi, ilmiyligi va izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini taʼminlashga qaratilganligi, insonparvarlik yoʻnalishiga egaligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda oʻzlashtirishga qaratilganligi, amaliy ahamiyatga egaligi va h.k.
Zamonaviy taʼlim tajribasida bir dars uchun belgilangan standart vaqt mavjud darsdir. Bu vaqt taʼlim muassasalarining tabiati, taʼlimning bosqichlari va oʻquvchilar imkoniyatidan kelib chiqib, 45, 40, 35 va 30 daqiqani tashkil etadi.
Taʼlim tizimida dars va uy vazifasi munosabatlari oʻta muhim sanaladi. Zamonaviy taʼlim tizimining turli bosqichlarida oʻquvchilarga uy vazifasi berilishi yoki berilmasligi, uning miqdori singari jihatlar oʻquv muassasalarining nizomlarida aks ettiriladi.
Uzoq vaqt davomida har bir dars yangi mavzuning bayoni, uni oʻquvchi xotirasida mustahkamlash, bilimlarni amaliyotda qoʻllash kabi qismlardan iborat boʻlishi shart deb hisoblab kelingan. Oʻquv jarayoni mantiqan bunday qatʼiy tarkibni talab etmaydi. Dars va maktab tajribasi bu tizimni maʼqullamadi. Oʻquv jarayonida darsni tashkil etishning oldindan belgilab qoʻyilmagan va hamma uchun majburiy boʻlmagan har xil yoʻllarini qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash hamisha mavzuni mustahkamlashning manbai boʻlib kelgan va bu masalani dars tarkibida alohida koʻrsatishning hojati ham yoʻq. Bir necha darsni yangi mavzuning bayoniga bagʻishlash, ayrimlarini lobaratoriya topshiriqlarini bajarishga ajratish ham mumkin. Muhimi, oʻtilayotgan mavzu oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilib, ularda koʻnikma paydo boʻlishi va bu koʻnikmalarni amaliyotda qoʻllab malakaga aylantira bilishlaridir. Dars tarkibi masalasi darsni tasniflash, yaʼni tipologiya bilan bogʻliq. Pedagogik adabiyotlarda dars mazmunga, didaktik maqsadga, oʻtish yoʻllariga, taʼlim jarayonining xususiyatlari va uning qismlariga koʻra tasnif qilingan. Odatda, dars kirish, yangi bilim berish, mustahkamlash, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qoʻllash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga boʻlinadi. Taʼlim tajribasida bir dars jarayonida bir yoki bir necha dars turlari umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan aralash dars koʻp uchraydi. Dars oʻquv jarayonining yolgʻiz shakli emas. Turli sinflarda fakultativ mashgʻulotlar, seminar, oʻquv konferensiyalari, bahslar, muammoli darslar, amaliy ishlar, ustaxonada ishlash kabi darslar mavjud.
Bolalarning bilish jarayonlarida ushbu o‘yinlarning ahamiyati kattadir. Mutaxassislar shaxsning rivojlanishi moddiy olam bilan bog'liq bo‘lib inson turmush tarzi uning ongini belgilaydi, deb hisoblaydilar. Insonning bolalikdagi rivojlanishida o‘quv - biluv faoliyati muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar bilish faoliyatining kengayishi, birinchi navbatda, ularning ilmiy hodisalar, fikrlar, g'oyalar, dalillar va xalqning ijtimoiy tajribasini o‘zlashtirishlari natijasida amalga oshadi. Pedagogika fanida rivojlanish va o‘qitishning o‘zaro aloqadorligi o‘ziga xos tarixiy taraqqiyot yo‘liga ega.
Dastlab, pedagoglar o‘quvchilarning rivojlanishi o‘z-o‘zidan amalga oshadi, degan fikrni ilgari surganlar. Ta’limning rivojlanish ta'sirini aniqlaganlaridan so‘ng, ular bu ta'sirning beixtiyor xarakterga ega ekanini ta’kidlaganlar. Shu bilan bir qatorda, o‘quvchilarni o‘qitish va aqliy rivojlantirish muammosi bo‘yicha shaxsiy nuqtai nazarlar vujudga keldi. Mazkur nuqtai nazarning asosiy mohiyati yaxshi tashkil etilgan o‘quv jarayoni o‘quvchi rivojlanishini jadallashtiradi. Ta'lim nafaqat yakunlangan turkumlarda quriladi.Ushbu yondashuv asosida pedagogika fanida ta'limda faoliyatli, individual, tabaqalashgan yondashuv nazariyasi vujudga keldi.
Shaxsning rivojlanish jarayonida bir xillik mavjud emas. Boshlan‘ich sinf o‘quvchilari uchun bu vaqt obrazli tafakkur qilish asosida intellektual rivojlanish davridir. Bu asosan o‘quv-biluv jarayonida amalga oshadi. O‘quv-biluv jarayonida shaxsning boshqa jihatlari rivojlanmaydi. Biz o‘quvchilar uchun yetakchi bo‘lgan rivojlanish yo‘nalishini asoslashga harakat qilamiz. Intellektual rivojlanishda o‘z-o‘zini hurmat qilishning asosini o‘quvchilarning shaxsiy ijobiy tajribasi tashkil qiladi. Bu o‘quv-biluv jarayonida namoyon bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat o‘quvchilarda bunday tajriba mavjud emas. O‘z faoliyati natijasidan qoniqmaslik o‘quvchilar o‘z-o‘zlarini hurmat qilishlarining asosini tashkil eta olmaydi. Bu yo‘nalishda muhim o‘rin egallaydigan qonuniyatlardan biri o‘quvchilarda muayyan o‘quv vaziyatlarida bilish faoliyatining kengayishi, shaxsiy tenglik hamda o‘z-o‘zlarini hurmat qilishdan iborat. Bu o‘quvchilar faoliyatlari orqali namoyon bo‘lib bilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar o‘quvchining kayfiyati va rivojlanishiga muayyan ta‘sir ko‘rsatadi. O‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘qituvchi o‘z oldiga bu faoliyatni qanday kengaytirish kerak, degan savolni qo‘yishi lozim. Mavjud ilmiy manbalarning tahlili va amalga oshirilgan kuzatishlar natijasida o‘quvchilardagi bilish faoliyati quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
- bilish qiziqishlari;
- o‘quv maqsadlari;
- hissiyotlar: shaxsiy bezovtalik va hissiy barqarorlik;
- yutuqlarni qo‘lga kiritish va muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyoj;
- intellektual layoqatlilik va muloqotga kirishuvchanlik;
- shaxsiy tajribalar hamda ko‘nikmalar.
Rus fiziologiyasi va ilmiy psixologiyasining atoqli namoyondasi I.M. Sechenovning (1829—1905) «Bosh miya reflekslari» degan mashxur asari 1863 - yilda bosilib chiqdi. «Insondagi psixik va fiziologik jarayonlar—degan edi Sechenov—bu bir xil tartibdagi hodisalar, bir-biriga yaqin real dunyoga xos bo‘lgan hodisalardir». Sechenov psixik jarayonlarning asosi bosh miya reflekslaridir, degan ta’limotni ilgari surdi. Sechenov davomchisi I.P.Pavlov oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga doir mashhur asarlarida psixik moddiy substrat faoliyatidagi asosiy qonuniyatlarni va ayrim jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini ochib berdi.
Izlanishlarimizning asosini muayyan o‘quv vaziyatlarida o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini kengaytirishning samarali yo‘llarini tashkil qiladi. O‘z-o‘zini hurmat qilish har bir shaxsning tahliliy sifatidir. Buning tarkibini tahlil qilish orqali o‘quvchining mayllari, qadriyatlari, tayanadigan qoidalarini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. O‘quv-biluv jarayonida bilish faolligini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda o‘quvchilarning mustaqilligidan kelib chiqqan holda ular faolligini ta’minlash uch yo‘nalishga ajratilgan.
- namunaga asoslangan taqlidiy;
- izlanuvchilikka asoslangan ijrochilik;
- ijodiy bilish faoliyati.
Taqlidiy faoliyat harakatning tayyor namunalari asosida hosil bo‘ladi. Ideal tarzda bo‘lgani singari, predmetlilik asosida ham o‘quvchilarni tirishqoq bo‘lishga undaydi. Izlanuvchilikka asoslangan ijrochilik faoliyati tadqiqotchilik faoliyati bilan qiyosiy tarzda o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan muammoli vaziyatlarni yechish yo‘llarini mustaqil tarzda izlashdan iborat. Ijodiy faoliyat esa bilish faoliyati hosil bo‘lishining yuqori shakli sifatida muammolarni yechishning yangi, o‘ziga xos usullarini izlash, o‘z xatti-xarakatlarini mustaqil boshqarishning yuqori ko‘rsatkichlarini namoyon qilish, hamda mazkur darajani shaxsiy faollik bilan qiyoslash mumkin.
An’anaviy ta’lim sharoitida bilish faoliyati o‘qituvchining o‘quvchilarga tayyor bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan harakati sifatida tushuniladi. Mutaxassislar bosqichma-bosqich bilish faoliyatining yangi darajalariga o‘tish zarurligini tushuna boshladilar. Dastlab bilimlarning muayyan qismi, keyinchalik esa barcha axborotlar o‘quvchilarga tayyor tarzda uzatilmasligi lozimligini mutaxassislar nazariy jihatdan asoslashga muvaffaq bo‘ldilar. O‘qituvchi o‘quvchilarga muloqot asosida taqdim etadigan axborotlarning muayyan qismi mustaqil izlanish uchun asos bo‘lishiga erishish nazarda tutilmoqda. O‘quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy yondashuvlar ikkita asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga qamrab oladi:
Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
fanning ilg‘or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;
o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
o‘quvchilar anglab etadigan fanlararo bog‘liqliklarni o‘rnatish;
ilgari o‘rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o‘quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;
shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
o‘quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi;
pedagogik vositalardan samarali foydalanish;
zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish;
mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;
har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.
Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo‘naltiriladi: o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o‘quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo‘ljal va darsni mahorat bilan o‘tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar o‘quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o‘quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo‘lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o‘quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo‘lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o‘quvchilarda o‘quv-o‘rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o‘quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o‘zib ketish” darajasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, o‘quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko‘ra bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi.
Nostandart darslar. XX asr 70-yillari o‘rtalarida, milliy maktablarda o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart darslarning tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Nostandart dars an’anaviy tuzilishdagi improvizatsion o‘quv mashg‘ulotidir.
Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish nostandart darslarning o‘nlab turlari mavjudligini ko‘rsatdi. Ular orasida “berilish” darsi, amaliy o‘yinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi o‘yinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, binar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash, “paradokslar”, auksionlar, dialoglar va boshqalar ko‘zga tashlanadi.
Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog‘liq. YAxshi rejalashtirilmagan, etarlicha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o‘quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta’minlash, komleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). SHu bilan birga o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o‘z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak mashg‘ultning algoritmlari, samaradorligi bog‘liq bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
Loyihalashtirish (rejalashtirish) o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so‘rash, qaerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir.
Xulosa
Har bir dars aniq maqsadni ko’zlagan holda puxta rejalashtirilmog’i lozim. Bu jarayonda o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars bosqichlarini, ya’ni qanday tamomlash, ko’rgazmali materiallardan foydalanish kabilarni oldindan hal qilib oladi.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilarga ega, chunonchi: o‘quvchilarning doimiy guruhi, o‘quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o‘rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o‘z xususiyatini ham aks ettiradi).
Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli. Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi nuqtai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi, unda o‘quvchilarni ommaviy qamrab olish, tashkiliy tartib va o‘quv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iqtisodiy jihatdan foydalidir. O‘quvchilar hamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini bilishi o‘qituvchi uchun har bir o‘quvchi faoliyatiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bo‘lmaydigan ustunligi hisoblanadi.
|