7. Tirik va interaktiv ta'lim vositalari:
O‘qituvchilar uchun tirik va interaktiv ta'lim vositalarining o‘rganish va qo‘llashni bilish xislatlari katta ahamiyatga ega. Bu vositalar o‘qishingizni zamonaviy, samarali va interaktiv qilish uchun grafiklar, infografika, animatsiyalar, darsliklar, interaktiv dasturlar va boshqalar orqali yordam beradi.
8. Talabalarni baholash va shaxsiy kengaytirish:
O‘qituvchilar uchun talabalar baholarini topish, o‘rganish va qo‘llash juda muhimdir. Bu xislatlar talabalarning asl bilimlarini namoyon etish, ularning rivojlanish sathi va kengayishini monitoring qilish uchun zarur bo‘ladi.
Buyuk shoir va olim, fors-tojik adabiyotining ulug‘ namoyandasi Abdurahmon Jomiy o‘z pedagogik qarashlarida soha egalarini adolatga, xushmuomalalik va dono so‘zlar bilan xizmat qilishga da’vat etadi. Shunday ekan, umumiy savol tug‘iladi: xo‘sh zamonaviy o‘qituvchi qiyofasi qanday bo‘lishi kerak?
O‘rganishlarimiz natijasida zamonaviy o‘qituvchi qiyofasida quyidagi 6 xususiyat bo‘lishi shart deb o‘ylaymiz:
1. O‘qituvchida estetik go‘zallik bo‘lishi lozim.
Kiyinish madaniyatida, masalan, erkak o‘qituvchilarda oddiy ko‘ylakdan tortib, soqol va sochning chiroyli parvarish qilinishi ham muhim hisoblanadi.
Allomalarimiz so‘zi bilan aytganda, ta’lim maskani ziyo tarqatadigan muqaddas dargoh! Ushbu dargohda fikrni chalg‘ituvchi holatlarga o‘rin bo‘lmasligi lozim.
Zero, Charlz Darvin aytganidek: “Inson tabiati o‘zidagi go‘zallikni doim bo‘rttirishga harakat qiladi”. Biz, pedagoglar esa oddiylikka qarab borishimiz, yosh qalblarga uni qabul qilmoqlikni o‘rgatmog‘imiz kerak.
2. O‘qituvchida huquqiy madaniyat bo‘lishi kerak.
Bugungi kunda ayrim o‘qituvchilari Konstitutsiyamizning fuqarolar tengligi, erkinliklari, huquqlari va burchlari, ta’limga oid moddalarini bilmaydi. Hokimiyat tizimi va boshqaruv organlari vakolatlari, hattoki, o‘qituvchilarning vakolatlari, huquqlari va burchlarini bilmaydigan o‘qituvchilar ham ko‘p.
Bugungi o‘qituvchi nafaqat Konstitutsiyamizni, balki ta’limga oid barcha qonun va qonunosti hujjatlarini mukammal bilmog‘i shart.
O‘qituvchilar huquqiy savodxonligining pastligi oqibatida millat tarbiyachilarini majburiy mehnatga jalb etish holatlari yoki sohani botqoqqa botiradigan korrupsiya illatlari namoyon bo‘lmoqda.
Konstitutsiya va qonunchilikni yaxshi bilgan o‘qituvchi o‘quvchilar yoki ularning ota-onalari bilan yuzaga kelgan munozarali vaziyatda masalaga adolatli yondashib, o‘z haq-huquqlarini joyida himoya qila oladi.
Umumiy muammolarni esa davlat tashkilotlari, kasaba uyushmalari yoxud siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lib, kerak bo‘lsa, parlament orqali qonunchilikka o‘zgartirish kiritib, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisiga aylanishi kerak. Buning uchun esa, albatta, huquqiy madaniyati yuksak shakllangan bo‘lishi lozim. Ze’ro, Ibn Sino pedagogik qarashlarida, “Ma’rifatli kishi jasur, o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, faqat haqiqatni qaror toptirish uchun harakat qiladigan bo‘lishi lozim”, deb aytgan.
|