Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari




Download 15,41 Kb.
Sana18.01.2024
Hajmi15,41 Kb.
#140489
Bog'liq
1-MARUZA

KIRISH.FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI


Hozirgi kunda O‘zbekistan Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innoatsiyalar vazirligini ta’lim sohasida Davlat olib borayotgan islohotlari, mamlakatni ijtimoiy
– iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq kadrlarni sifatli o‘qitish v tarbiyalash, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, hozirgi zamon bozor sharoitlarida ishni izchil tashkil eta oladigan, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.
Metal qirquvchi asboblar sifati ularning konstruksiyasiga, materialiga tayyorlash texnologiyasiga bog‘likdir. Asbobsozlik ishlab chikarishning istikbolli texnologik yo‘nalishlariga, maxsus prokat profilidan, bimetal zagotovkalaridan, plastik deformatsiyalash usullaridan, kukunli metalurgiya va h.k lardan foydalanib, zagotovka shaklini detal shakliga yakinlashtirishdir. Shuningdek sun’iy o‘ta qattiq abraziv materiallarni, yangidan-yangi termik va termo-ximik usullarni, emirilishiga chidamli qoplamalarni, elektrofizik va elektrokimiyaviy usullarni qo‘llanilish miqyosini kengaytirish ham maqsadiga muvfiqdir, shu bilan birgalikda metal qirquvchi asboblarni ishlab chikarish texnologiyasi fanini qimmatbaxo va noyob asbobsozlik materiallarini ko‘llanilishi, yukori katiklikka ega bo‘lgan zagotovkalarga ishlov berish, murakkab yuzalarga ishlov berish shu bilan birga aniqikni, geometrik shaklni va kerakli yuza g‘adir-budirligiga erishish va h.k. kabi alohida xususiyatlari bor.
Tez kesar pulatlar tarkibida volfram, vannadiy, molibden, kobalt kabi qimmatbaxo va noyob elementlar bo‘lgan qattik qotishmalarda, ularni maksimal iqtisod qilishni talab qiladi. Shu maqsadda tarkibiy—ya’ni ishchi qismi tezkesar po‘latdan yoki qattiq qotishmadan bo‘lgan, quyriq qismi esa konstruksion po‘latdan yasalgan asboblarni ishlab chiqarish keng yulga quyilgan. Xar-xil bo‘lgan materiallardan birikma xosil qilish, payvandlash, kavsharlash, elimlash kabi xar-xil usullar bilan amalga oshiriladi
Korpusga charxlanmaydigan kesuvchi plastinkani mexanik usulda maxkamlab ishlab chiqariladigan asboblarni ham o‘ziga mos maxsus – texnslogik usullari bor. Asboblarni ishlab chiqarishda issiq va sovuq xolatda plastik: deformatsiyalash (shtampovka, presslash, redutsirovanie, prokatka) kabi asbobsozlik materiallarkni tejab koluvchi usullar keng joriy qilinmokda.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish. Asboblarni ishlab chiqarishni takomillashtirishda, asosiy yo‘nalish bo‘lib, asboblarni unifikatsiyalash va standartlashtirish va uni tayyorlashni ixtisoslashtirish hisoblanadi.
Asboblarni ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, maxsuslashtirilgan jixozlarni qo‘llash samaradorligini oshiradi shuningdek maxsus jihozlar va oqimli (поточный) avtomatik liniyalarni qo‘llash imkonini beradi. BITAI (Butun ittifoq ilmiy tadqiqotlash asbobsozlik institute) korxonasining ma’lumotlari bo‘yicha, mayda ishlab chiqarish turida qo‘llaniladigan maxsus stanoklar soni 5-6% atrofida, ommaviy ishlab chiqarish turida esa 35-40%ni, hamma ishlatiladigan stanoklar orasida, tashkil etadi. Har-xil ko‘rinishdagi asboblarni o‘rtacha tannarxi mayda seriyali ishlab chiqarishda, ommaviy ishlab chiqarishga qaraganda 2,5-8-marotaba ko‘pdir. Asboblarni ishlab chiqarishni avtomatlashtirish qa uni texnik miqdorini oshirish ikki yo‘nalshlda olib boriladi: a) universal stanoklarni avtomatlashtirish darajasini oshirish; b) ularni maxsus moslamalar komplekti bilan jihozlash va ular asosida ixtisoslashgan maxsus stanoklar, avtomatik liniyalar tashkil etish.
Raqamli dastur bilan ishlovchi stanoklarni qo‘llash. Asbobsozlik ishlab chiqarishida avtomatlashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu rakamli dastur bilan ishlaydigan stanoklarni qo‘llashdir. Raqamli dastur bilan ishlaydigan maqsadga muvofiq qo‘llash natijasida mexnat xarajatlari 72,5-80% gacha iktisod kilinadi. Bir dona RDBS stanogi 3 tadan 8 tagacha bo‘lgan, qo‘l bilan boshqariladigan universal stanoklarni o‘rnini bosadi. Mashina vaqti miqdori ortib, mexnat unumdorligi 50% gacha ortadi. Hozirgi paytda raqamli dastur bilan boshqariladigon stanoklar tokarlik ishlov berishda (masalan: dumaloq protyajka va proshivkalarga, sheverlarga, dolbyak, chervyakli frezalarga ishlov berishda)
protyajkalarni tashqi diametorlarini jilvirlashda va ularni charxlashda, rezba jilvirlashda, shakildor jilvirlashda va h.k. ishlarda keng qo‘llanilmoqda.
Darslik oliy ta’limning magistratura mutaxassisligi bo‘yicha texnika oliy o‘quv yurti talabalariga mo‘ljallangan. Darslikni yaratishda yaqindan yordam bergan assistentlar U.T. Mardonov, J.N. Bigbutayev, Sh.O. Ozodovalarga va taqrizchilar t.f.d. prof. D.E.Alikulov, t.f.d. dots. B.T. Mardonovga muallif o‘z nomidan mittatdorchilik bildiradi.
Download 15,41 Kb.




Download 15,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari

Download 15,41 Kb.