O’ zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI.
MEHNAT VA UNI O’QITISH
METODIKASI.
Maruzalar matni.
Tuzuvchilar: P.f.n dotsent. Sanaqulov.H.R.
O’qituvchi. N.Qambarov
Taqrizchilar: Nizomiy nomli TDPU p.f.n. dotsent S.Boltaboev
p.f.n. dotsent. N.Uluxujaev
Annotatsiya.
Maruzalar matni bakalavriyat yo’nalishi 5141600 – Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish uchun mo’ljallangan bo’lib, unda talabalarga mehnatga pedagogik va psixologik asosda bilim berish, mahnaviy va mahrifiy madaniyatni takomillashtirish, mehnat tarbiyasi asosida o’quvchilarda kasb-hunarga qiziqishini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, bundan talabalar mustaqil ravishda mehnat va uni o’qitish metodikasidan nazariy va amaliy bilimlar mavzusiga tayyorlanish jarayonida talaba bajarish lozim bo’lgan topshiriq va metodik ko’rsatmalardan foydalanish mumkin.
KIRISH.
Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan fan texnika taraqqiyotini hayotga tadbiq eta oladigan yetuk malakali kadrlar tayyorlash masalasi turibdi.
Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’sib kelayotgan avlodning tahlim va tarbiyasidagi eng zarur masalalardan biridir.
Ayniqsa boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, moyilliklar va imkoniyatlariga asoslangan qo’l mehnati hisoblanadi. Shu munosabat bilan mehnat ta’limi jarayoni o’quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, axloqiy, estetik iqtisodiy-ekologik va aqliy imkoniyatlarni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan, natijada ularni mehnatga tayyorlashni qo’l mehnati jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish texnologiyalar chiqindilari (qog’oz,karton,sim, yog’och,gaz mol va boshqalar) bilan tabiiy va sun’iy xom ashyolar (maxsus loy,yog’och va plastmassalar, plastilin, yelim va boshqalar) bilan ishlash keyingi sinflarda davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qiladi.
Mazkur maruzalar matni pedagogika institutlarining talabalari uchun "Mehnat va uni o’qitish metodikasi” fani bo’yicha mo’ljallangan bo’lib, unda yangi pedagogik texnologiya yutuqlari asosida, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun talablarini bajarish maqsadida o’quvchilarning tafakkurlarini yuqori darajada rivojlantirishga erishish umumiy tahlim maktablari oldida turgan eng muhim vazifalarini amalga oshirishda. Maruzalar matni talabalarning mehnat ta’limi bo’yicha boshlang’ich ta’lim metodikasidan nazariy, amaliy va seminar mashg’ulotlarida bajaradigan ishlarning namunalariga yo’llanmani o’z ichiga oladi. Har bir nazariy, amaliy mashg’ulotlarning mavzusi, unga tayyorlanish jarayonida talaba bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlar, metodik ko’rsatmalar va eng muhim nazariy manbalar keltirilgan. Maruzalar matni talabalarning mashg’ulotlarga tayyorlanishida foydalanishlari uchun, ularning mustaqil ishlarini tashkil etish uchun mo’ljallangandir.
BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MEHNAT TA’LIMIDAN NAZARIY BILIMLAR.
Mavzu: Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limi va tarbiyasining vazifalari.
Reja.
1. Boshlang`ich sinfda mehnat o`qitish metodikasining fan sifatida o`z oldiga qo`ygan vazifalari.
2. O`qitishning metodik sistemasi (tizimi) va uning turlari.
3. O`quvchilarni mehnatga axloqiy va ruhiy tayyorlash jarayonlari, vazifalari.
Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, mehnatning xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak talablar qo’yadi. Shunga ko’ra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq o’zgarishlar qilishi lozim. Har bir o’quvchida zamonaviy ishchi shaxsining sifatlarini shakllantirish uchun maktabning boshlang’ich sinflarida va hatto ilgariroq maktabgacha muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi tahlim va tarbiyani rivojlantirish, keyinchalik kasb-hunar kollejlarida o’z bilimlarini davom ettirishlari lozim. Butun kuch va qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bilim bilan qurollantirish va jismoniy mehnatni har tomonlama uyg’unlashtira olishga o’rgatishdan iboratdir.
Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich maktablarda butun ta’lim va tarbiya tizimida hamda barcha o’quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o’rinda mehnat darslari yetakchi rolg’ o’ynaydi.
Maktabda muntazam mehnat ta’limining boshlang’ich bosqichi boshlang’ich sinflarda mehnat darslarida va kichik maktab yoshidagi bolalarni qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir.
Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari mehnatga axloqiy va ruhiy tayorlash, o’quvchilarni boshlang’ich politexnik bilimlar bilan qurollantirish, mehnatga amaliy tayorlashlardan iboratdir.
Mehnatga axloqiy tayyorlash – Ukuvlarga jamoada ishlashni, o’zaro do’stona yordamni, ijodiy tashabbuskorlikni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish, mehnat kishilari va mehnat natijalarini xurmat kilishga o’rgatishdan iboratdir.
Mehnatga ruhiy tayyorlash. Mehnatga ruxiy tayyorlash murakkab, uzoq davom etuvchi va ko’p qirrali jarayon bo’lib, u butun tahlim va tarbiyaga singib ketgandir. U garchi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsada mehnatga axloqiy tayyorlashga juda yaqindir.
Mehnatga ruhiy tayyorlash – ukuvchilarni mehnatga ruhiy tayyorlash va unda mehnatga nisbatan uning yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy musbatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko’nikmalarni egallashga qiziqishini shakllantirishdan ibortadir. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarga yoshligidan boshlab mehnatning yaxshi tomonlarini singidirishdir. Bolalarni mehnatga qobiliyati har bir kishi uchun zarur bo’lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashish zarurligini anglashlari juda muhimdir.
Mehnat ruxiy tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirishni va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib-anglash, psixomotor, emotsional idrok, diqqat, xotira, taffakkur mehnatning psixologik komponentlaridir.
Mehnatga o’rgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Bundan tashqari bolaning xotirasini o’stirish ham alohida ahamiyatga ega. Mehnat fani bo’yicha o’quv materiallarni eslab qolish boshqa predmetlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Barcha yangi asboblar, materiallarni, opreatsiyalarning nomini boshlang’ich sinf o’quvchilari so’z nomini, predmetini ko’rib idrok etish bilan fikran biriktirib, tinglab fahmlaydilar, tushunib oladilar.
O’qituvchi mehnat darslarida faqat tushuntiribgina qolmay, balki asosan materiallar va buyumlar namunasini, asboblarni metarialga ishlov berish usullarini, ish bosqichlarini izchilligini ko’rsatadi. Shunung uchun mehnat ta’limida eshitish, ko’rish xotirasi va harakatlanuvchi xotira muhim rolg’ o’ynaydi. O’quvchilarda mehnat darsidan mehnat darsigacha yangidan-yangi bilim va ko’nikmalar mujassamlashib boradi, ularni esa anglash va xotiralab qolish kerak.
Mehnat ta’limini to’g’ri tashkil etish bolalarni qiyinchiliklarni yengishga, qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida matonat va qathiyat bilan kirishishga, boshlangan ishni chala tashlab ketmay, balki oxiriga yetkazishga o’rgatish lozim. Bu o’rinda ijobiy natijalar: mehnatdan quvonish, lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining namoyon bo’lishi juda muhimdir.
Mehnatda shaxsning qiziqish, qobiliyat, intiluvchanlik kabi shaxsiy psixologik xususiyatlari shakllanadi. Mehnatga psixologik va axloqiy tayyorlash jarayoni murakkab va uzoq davom etuvchi jarayondir.
O’quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash. Boshlang’ich sinflarda keng mahnodagi ilmiy asoslar haqida emas, politexnik ta’limning elementlari to’g’risida gap boradi. Bu o’quvchilarda fan-texnika yutuqlariga nisbatan qiziqish uyg’onishiga yordam beradi. Biroq, umum ta’lim predmetlarini o’qitish mehnat darslarini mahlum darajada politexnik asoslarda, darsdan-darsga politexnik bilimlarni qo’shib olib borishga yordam beradi. Politexnik tayyorgarlikka ega bo’lib, qo’yilgan mehnat vazifalarini bajarishda asboblardan to’g’ri foydalanishga yordam beradi. SHuningdek bu tayyorgarlik kerakli ishlab chiqarish bosqichlarini qanday va qaysi izchillikda amalga oshirish, qanday asboblarni qo’llash va undagi sabablarin anglashga ko’maklashadi. Mehnat bo’yicha dasturning istalgan bo’limini o’tishda o’qituvchi bolalarga mahlum hajmdagi politexnik bilimlarni beradi. Boshlang’ich politexnik bilim bilan qurollantirish o’quvchilarga predmetni yasash, ishlov berilayotgan materialning xususiyatlari, texnologik o’ziga xosliklari, materialga qo’lda ishlov berilganda qo’llaniladigan asbob-moslamalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish qoidalari haqida mahlumot berishdan iboratdir.
Politexnik bilimlar asosan boshlang’ich sinf o’quvchilarida fan-texnika yutuqlariga nisbatan qiziqish uyg’otadi.
O’quvchilarga berilayotgan politexnik bilim, amaliy ko’nikma va malakalarga o’rgatishni ma’lum nazariy darajada amalga oshirishga imkon beruvchi zamindir.
Mehnat malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish. Mehnatga amaliy tayyorlash mehnat ta’limining muhim omillaridan biridir. U o’zaro bog’langan bir nechta elementlardan: oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish u yoki bu materialga mahlum izchillikda ishlov bera olish, yo’l qo’yilgan xatoni o’z vaqtida aniqlash va to’g’irlay olish kabilardan tarkib topadi.
Mehnatga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasida amalga oshishi mumkin. U boshlang’ich maktabda boshlang’ich politexnik bilimlarga asoslanadi. Mehnat tahlimining mazmuniga muvofiq o’quvchilarda mazkur yosh uchun qulay bo’lgan materiallarga ishlov berishda qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalarni ishning amaliy malaka va ko’nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob va moslamalar maxsus asbob va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi.
Amaliy malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish, asosiy ishlab chiqarish operatsiyalarini o’rgatish ham demakdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari duch keladigan buyumlar texnologiyasi xilma-xildir, biroq bu masalani batafsil o’rganmasdanoq ish opreatsiyalarining tipikligini sezib olish qiyin emas, ular: materiallarni o’lchab olish va belgilash, ularni qirqib ishlov berish, qismlarni yelimlash, tikish, o’rash va bog’lash kabi yo’llar bilan birlashtirish va mustahkamlash, detallarni yig’ish va buyumni mantaj qilishdir. Yakunlovchi bosqich buyumni bezashdir.
O’quvchilardagi mehnatga bo’lgan qiziqishni o’z vaqtida aniqlash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg’ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir.
Bunda o’quvchilarni ehtiboriga eng oddiy buyum o’yinchoqlarni, o’yinlarni, o’quv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, applekatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari bolalarda mehnatga qiziqishni uyg’otish, mehnat darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir qo’llar” to’garaklarida, kun uzaytirilgan guruhlarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Mehnat tahlimi jarayonning o’sishiga tahsiri. Mehnat tahlimi vazifalari haqida gapirilganda, o’quvchilarda mehnatsevarlik, mashuliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashni tilga olmaslik mumkin emas. SHu bilan birgalikda mehnat odamlar tirikchiligining moddiy va mahnaviy tahminotining vositasi, jamiyat taraqqiyotining eng muhim omilidir. Bolalarni aqliy o’stirishda ham mehnat tahlimining roli ko’p qirralidir. Mehnat o’quvchilarning bilim olishiga intilishlarini qo’zg’atuvchi vositagina emas, balki uning manbai hamdir. Mehnat tahlimi jarayonida o’quvchilarni aqliy o’stirishda jismoniy va aqliy mehnatni almashtirib turish muhim ahamiyatga egadir. Biroq har qanday mehnat ham aqliy o’sishga yordam bermasligini unutmasligimiz kerak.
Mehnat eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat tahlimida mehnatga psixologik tayyorgarlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanadi.
Darslarning jihozlanganligi o’z mehnati uchun shaxsiy mahsuliyatni, mehnat madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar yomon jihozlangan sinfda, qupol, og’ir va yoshlariga nomunosib asboblar bilan shug’ullansalar ish natijalari ko’ngildagidek bo’lmaydi.
Agarda bola har bir qadamda tartiblilikka, aniqlikka rioya qilish lozimligiga ishonch hosil qilinmasa, bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish haqida gapirish qiyin.
Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibga va harakat izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo’ladigan ko’p mashq qilishlar natijasida tarkib topadi.
O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
SAVOLLAR.
Mehnatga axloqiy tayyorlash deganda nimani tushinasiz?
O’quvchilarni ish unumi qanday oshiriladi?
O’quvchilarda mehnat ko’nikmasi qanday hosil qilinadi?
O’quvchilarni aqliy o’sishida mehnatning ahamiyati?
TOPSHIRIQLAR.
Mehnat tahlimi tushunchalari.
Mehnat tarbiyasi tushunchalar
ADABIYoTLAR.
1. Tahlim to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997 yil T.,“SHarq” nashriyoti)
2. Kadrlar tayyorlash buyicha milliy dasturi.( Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997 yil T.,“SHarq” nashriyoti)
3. R.A.Mavlonova ,O.T.To’raeva , K.M.Xoliqberdiev “Pedagogika” T., “O’qituvchi”
4. X.Sanaqulov ,M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy ishlar” 1996 5. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O. “Mehnat tahlim metodikasi” T., “O’qituvchi” 1986 yil
Mavzu: Boshlang’ich sinflarda mehnat tahlimining mazmuni.
Reja.
1. Boshlang`ich kasb-hunar tushunchalarini tarbiyalash.
2. O`qituvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash.
3. Boshlang`ich politexnik bilim bilan qurrolantirish.
4. Mehnat malaka va ko`nikmalarini shakillantirish bosqichlari.
Mehnat tahlimining mazmuni va uning tashkil etilishi. Mehnat tahlimi dasturida o’quvchilar mehnat darslarida egallashi lozim bo’lgan ilmiy-texnik bilimlarining, mehnat ko’nkmalarini va malakalarini hajmi hamda mazmuni belgilab boriladi.
Dasturda jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlarga mehnat tahlimi berish, ularni tarbiyalash sohasida qo’yilgan maqsad va vazifalar o’z ifodasini topadi. Mehnat tahlimi dasturi o’quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. Mehnat tahlimi o’qituvchisi o’zining kundalik faoliyatida bu dasturga amal qiladi va uning bajarilishi majburiy hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda o’qituvchi o’quv dasturiga mahalliy sharoitni hisobga olib mahlum o’zgarishlar kiritishi mumkin. Bu boradi bir qancha talablar hisobga olinishi lozim. Dasturning mazmuni didaktik printsiplarga to’la – to’kis javob berishi, ilmiy va mafkuraviy jihatdan puxta bo’lishi, murakkabligi ortib borishi hisobga olingan holda va mehnat tahlimining tanlangan didaktik tizimiga muvofiq ravishda, muayyan izchillikda bayon qilinishi turmush tajribasi bilan bog’langan bo’lishi kerak. Unda mehnat o’rinlari politexnik xususiyatlariga ega bo’lishi, ularning tavsiya qilinadigan ro’yxati esa ijtimoiy ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lishi lozim.
Mehnat malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish. O’quvchilarni tarbiyalash va ularni bo’lajak amaliy faoliyatga tayyorlashda mehnat malakalari va ko’nikmalari katta rolg’ o’ynaydi. Qo’yi sinf o’quvchilariga mehnat tahlimini berish vazifalaridan biri ularda bir qator mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantirishdir. Mehnat malakalari va ko’nikmalari natijasi bo’lib qolmay balki, o’quvchilarni mehnat faoliyatiga, ijtimoiy foydali ishlab chiqarish mehnatini bajarishga jalb qilish sharti hamdir.
Ko’nikma – bu kishining bilim va tajriba asosida egallangan, mahlum harakatni ongli bajarishga bo’lgan qobiliyatdir. Masalan: kartonni kesa bilish ko’nikmasi, qaychini to’g’ri ushlay bilish, harakatni aniq muvofiqlashtirish, yo’nalish, kuch va bosimning tengligini saqlash, qomatni muvofiq keluvchi tarzda tutish degan mahnoni anglatadi. Bu o’rinda ustalik bilan harakat qilib, mahlum ishning suhrati va aniqligiga rioya qilish kerak. Aks holda ish qo’pol chiqishi mumkin. Berilayotganini o’zlashtirish – bu o’zgalar tajribasini natijalarini o’z tajribasini natijalari bilan qiyoslashdir.
Mehnat harakatlarining mukammallashuvi sintetik bosqichda maxsus mashqlar tahsirida yuzaga keladi. O’rganuvchining ongli ayrim harakatga birlashtirish jarayoniga yo’llangan bo’ladi.
Malaka - bu faoliyatning mashq qilishlar jarayonida yetilgan, mujassamlashgan tajribadir. Bu tez va aniq bajarish, mashq qilish tufayli tarkib topgan ko’nikma yoki bu mahlum miqdordagi mashq va usullar bajarilganda ko’nikmadan sakrab o’tish degan mahnoni anglatadi. SHunung uchun mazkur ko’nikma agarda malakani yuzaga keltirishni nazarda tutgan mashq va usullar to’g’ri tuzilgan bo’lsa u to’g’ri malakaga aylanishi mumkin. Biroq malakaning takommillashuv darajasi o’qitishning turli bosqichlarida turlichadir. Uning strukturasi ham o’zgaruvchandir. Mashqlar jarayonida o’quvchilar bajarilayotgan harakatlar murakkablashib borgan sari, asta-sekin oddiy malakalarning murakkab malakalarga birlashuvi sodir bo’ladi.
Mehnat malaka va ko’nikmalarini shakllantirish qo’ydagicha asosiy bosqichlardan tarkib topadi:
a) boshlang’ich tushuncha.
b) mehnat harakatlarini sinov uchun bajarish.
v) ish harakatlari.
g) yakun chiqarish.
1. Ko’rsatilayotgan harakat maqsadga muvofiq, barcha munosabatlarda ham namunali bo’lishi.
2. Ko’rsatish namunaning ongli idrok etilishiga yordam berish kerak. O’qituvchi o’quvchining ehtiborini harakatning eng asosiy ahamiyatli tomoniga yo’llashi, boshqa harakatni emas, aynan shu harakatning maqsadga muvofiqligini asoslash, ularning loyihalash ongli egallanishiga erishish lozim. SHunung uchun ko’rsatish doimo qisqa tushuntirish bilan birga boradi.
3. Ko’rsatish harakat namunasining o’quvchilar tomonidan faol idrok etilishini tahminlash kerak. Faollik tafakkur faoliyatida hamda ko’rsatilayotgan narsani idrok etishda ish hajmi miqdorining ko’payishida ifodalanadi.
4. Ko’rsatilayotgan harakat barcha detallari bilan har bir o’quvchiga yaxshi ko’rinishi kerak.
Mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantirish jarayonidagi mashqlar. Mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantirishga mo’ljallangan mashqlar faqat vaqtga ko’ra taqsimlanganda hamda mahlum tizim asosida o’tkazilgandagina ijobiy natija beradi.
Mashqlar tizimi qo’yidagi asosiy talablarni o’z ichiga oladi:
Mashqlarning materiali qiyinlikning oshib borishini nazarda tutgan holda joylashtirish lozim.
Keyingi materialning hammasi to’liq tarzda oldingi materialga asoslanishi lozim.
Mustaqillik darajasi ortib borilishi kerak.
Mehnat malakasining muvaffaqiyatli bo’lishi bir qator shartlarga bog’lik. O’quvchi o’z faoliyatini mustaqil rejalashtirmas ekan, uning malakasi hech qaon to’liq bo’lmaydi. Nazoratning yo’qligi ko’pincha xato va nuqsonlarning mashqlar jarayonida ortib yuorishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida yetilmagan harakat va usllarning shakllanishiga sabab bo’ladi.
1 – sinf dasturining mazmuni. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi mehnat tahlimi buyicha ishlarni amalga oshirayotganda o’quvchilar u yoki bu ishni bajarish natijasida qanday ko’nikma, bilim va malakalarni egallashlarini aniq bilish kerak. Ana shunday holda o’qituvchi sinf uchun shu vaqtda zarur bo’lgan materiallarni tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu o’rinda muhimi o’quvchilar mazkur materiallarni tayyorlash jarayonida dastur nazarda tutgan bilim va malakalarni egallab olishlaridan iborat.
Birinchi sinfdagi ish turlari qo’yidagilardan iborat.
Qog’oz va karton bilan ishlash.
Gazlama bilan ishlash.
Turli materiallar bilan ishlash.
Texnik modellashtirish.
Qishloq ho’jaligi mehnati.
2 – sinf dasturining mazmuni. Boshlang’ich sinf mehnat tahlimi darslaridagi tahlim-tarbiyaviy vazifalar umumtahlim maktablaridagi mehnat tahlimining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, quyidagi mashg’ulot turlari jarayonida amalga oshiriladi.
1. Qog’oz va karton bilan ishlash.
2. Gazlama bilan ishlash.
3. Turli materiallar bilan ishlash.
4. Texnik modellashtirish.
5. Qishloq ho’jaligi mehnati.
Har bir o’quv yilida va barcha sinflarda ish turlari shu tartibda olib boriladi. Birinchidan o’quvchilar mahlum nazariy bilimlarga ega bo’ladilar, ularning fanlararo texnologik xususiyatlarini, ularning hayotda qo’llanilishi bilan tanishadilar. Ikkinchidan materiallarga ishlov berishda eng oddiy usullardan boshlab murakkab usullargacha amaliy o’rganadilar.
SAVOLLAR.
Mehnat tahlimi mazmuni nimalardan tashkil topgan.
Mehnat malakasini shakllantirish nima.
Mehnat ko’nikmasini shakllantirish nima.
2-sinf mehnat darsining mazmuni kanday.
TOPSHIRIQLAR.
Mehnat tahlimining mazmuni nimalardan tashkil topgan.
Mehnat ko’nikmasi qanday shakllantiriladi.
ADABIYoTLAR.
1. Kadrlar tayyorlash buyicha milliy dasturi.( Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997 yil T.,“SHarq” nashriyoti)
2. R.A.Mavlonova ,O.T.To’raeva , K.M.Xoliqberdiev “Pedagogika” T., “O’qituvchi”
3. X.Sanaqulov ,M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy ishlar” 1996 y
4. R.A.Mavlonova ,Goroxova,Ogluzdina O., “Mehnat tahlim metodikasi” T., “O’qituvchi” 1986 yi
Mavzu: Mehnat darsining maqsadi va vazifalari.
Hunarni asrobon nedkumdir oxir,
Olib tuproqqamu ketgumdur oxir.
A.Navoiy.
Reja.
Mehnat darslarini tashkil qilish shakillari, mehnatga o`rgatishda ish turlarining mazmun va mohiyati.
Ish turlari haqida tushunchalar. Kasb-hunarga yo`naltirish.
Ish turlari vositalaridan foydalanish qoidalari.
Mehnatga munoasabat tushunchalarini o`stirish.
Boshlang`ich mehnat elementlari bilan tanishtirish va amalda foydalanishi qoidalarini o`rganish.
Mustaqil har tamonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo’lgan mahnaviyat qirralari iymon, ehtiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat do’stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur kabi fazilatlarini shakllantirish zarur.
Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og’zaki va yozma ijodiyot avloddan-avlodga o’tib kelayotgan iymon-ehtiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Tahlim to’g’risida”gi yangi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” tahlim sohasidagi siyosatimizni belgilab berdi. Uzluksiz tahlimni tashkil etishni rivojlantirish printsiplari uzluksiz tahlimni isloh qilish, uzluksiz tahlim tizimi va turlari masalalarini qamrab olgan. Prezidentimiz I.A Karimov tahkidlaganidek “Har bir insonning ayniqsa endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadga erishishi o’zlariga bog’liq ekanligini, yahni bu narsalar ularning sobit qadam, g’ayrat, shijoatlariga, to’la-to’kis fidokorligi va cheksiz mehnatsevarliklariga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak”.
Mehnatni sharaflash mehnat ahlining qadr-qiymatini uning mashaqqati uchun astoydil kurashish, o’sib kamol topayotgan yosh avlodga tahlim-tarbiya berish jarayonida mehnatga munosabatlarini shakllantirish zarur bo’lib, yosh avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o’z bilimi: mehnat, kasb-hunarlari bilan hissa qo’shishlari pedagog tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Kichik sinf o’quvchilarini qo’l mehnatiga o’rgatishning asosiy maqsadi, boshlang’ich mehnat elementlari bosqichlarini yahni bajariladigan ishlarning oddiy elementlari (qog’ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik figuralarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar.
Undan tashqari qo’l mehnatiga o’rgatishda “Tikish va bichish”, “Pazandachilik”, “Plastilin bilan ishlash”, “ Qog’oz va karton bilan ishlash”, “Applikattsiya va mozayka ishlari” turlari bilan bosqichma-bosqich tanishib boradilar. Har bitta bo’lim o’quvchilarni hayotga mustaqil qilib tarbiyalashda muhim o’rin egallaydi.
Yaratilgan mehnat natijalari o’ziga va yon atrofdagilariga foydasi tegishini ko’rgan o’quvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat
kishilarining mehnat natijalarini ham hurmat-izzat qilishga o’rganadi.
Topshirilgan ishga mahsuliyat hissini va mehnatdagi intizomni tarbiyalash, o’qitishni ishlab chiqarish bilan birga olib borilishi salomatlik va yosh uchun foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat izchilligini amalga oshiradi.
Boshlang’ich maktablarda mehnat tahlimi va tarbiyasining asosiy vazifalari o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’qitish va umumtahlim maktablarining boshlang’ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat tahlim standartlari talabi bo’yicha tarbiyalash hamda o’quvchilarni kasb-hunar egasi bo’lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil topgan.
Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning ehtiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to’g’ri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarining mehyori va sifatiga, ish ko’rsatkichini tahminlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olinggan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak.
Kerakli material va asboblari bilan yetarli tahminlanmaganlik ham mehnat madaniyatini shakllanishiga salbiy tahsir etadi. Bahzan o’quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli o’qituvchining ko’p vaqti bekorga sarf bo’ladi: biri qaychisini, ikkinchisi qog’ozini olib kelmasdan mashgulotlarga katnashish ish qilayotgan o’rtog’ini narsa so’rab chalg’itadi. SHuning uchun o’qituvchi dars boshlashdan oldin guruh sardorlari yordamida o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro do’stona yordamga tayanib o’z vaqtida choralar ko’rish lozim. Biroq har qanday holatda ham o’quvchini uyga junatmaslik yoki jazo berish tartibida o’quvchini ishsiz qoldirmaslik kerak.
Mehnat tahlimiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatning aqliy rivojlanish omiliga aylantirmaydi. Bilimlarni qo’llashni talab qilmaydigan, tafakkurni faollashtirmaydigan mehnat faoliyati aqliy qobiliyatlarni o’stirmaydi.
Mehnat tahlimi u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibda va harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo’ladigan ko’p marta mashq qilishlar natijasida tarkib topadi.
SAVOLLAR.
1.Mehnat deganda nimani tushinasiz?
2.Mehnatga qanday munosabatda bo’lish kerak?
3.Boshlang’ich sinflarda qanday ishlar o’rganiladi?
4.Qo’l mehnatiga o’rgatishda asosiy maqsad nima?
TOPSHIRIQLAR.
Qo’l mehnati ishlariga ijodiy yondoshuvda nimaga ehtibor qaratish kerakligini ayting.
Mehnat darslarida ish qurollarini joylashtiring.
ADABIYoTLAR.
1. Tahlim to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997 yil T.,“SHarq” nashriyoti)
2. Kadrlar tayyorlash buyicha milliy dasturi.( Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997 yil T.,“SHarq” nashriyoti)
3. R.A.Mavlonova, O.T.To’raeva, K.M.Xoliqberdiev “Pedagogika” T., “O’qituvchi” 1998 yil
4. X.Sanaqulov ,M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy ishlar” 1996 yil
5. R.A.Mavlonova ,Goroxova,Ogluzdina O., “Mehnat tahlim metodikasi” T., “O’qituvchi” 1986 yil
6. Pereverteng’. “O’quvchilarda ijodkorlikni shakillantirish”.T.
“O’qituvchi”. 1990y.
Mavzu: Mehnat tahlimining shakl va metodlari.
Reja.
Boshlang`ich sinfda mehnatga o`rgatish metodi.
Metod tushunchalari.uning turlari.
O`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog`liqlik.
O`quvchilarni mustaqil ishlarga o`rgatish sifatida o`qitishni tashkil qilishda didaktik ko`rgazmalar yasash metodlaridan foydalanish.
Ilmiy-texnik tafakkurning borgan sari yoshlarning fan-texnikaning jo’shqin rivojlanishida faol ishtirok etishlari faqat tahlim mazmunini emas, balki o’qitish jarayoning usuli va tashkil etilishini, o’qitishga qiziqishini, ijodiy qobiliyatini, egallagan bilimlarini amalda qo’llay bilishni rivojlantirish maqsadlarida yanada takomillashtirishni ham talab qiladi. Bu esa maktab zimmasiga yoshlarda ijodga ehtiyoj uyg’otish, ijodiy qobiliyatlar, har qanday faoliyatga ijodiy yondashish asoslarini tarkib toptirishga, ijodiy masalalarni mustaqil hal etishga o’rgatish vazifasini yuklaydi.
Mehnat tahlimiga o’rgatishning ahamiyati mehnat malakalarini egallash imkoniyatini berish bilan cheklanmaydi, balki bu malakalar hamma uchun kerakligini ehtirof qilish kerak. Ko’pgina ilmiy kengashlar, agarda ularda qatnashgan kishilar turmush ishlarini bajarishni: ovqat pishirish, kiyim yamash, ozodalikni saqlash va shu kabilarni bilmaganlarida shunchalik muvaffaqiyatga erishmagan bo’lardilar.
Mehnat tahlimiga o’rgatishda ham zamonaviy pedagogika ishlarini to’g’ri tashkil etish va uning usullariga qo’yadigan umumiy talablariga muvofiq tarzda amalga oshirish kerak. O’qitish metodlari – bu o’qituvchi va o’quvchilarning usullari bo’lib, bular yordamida o’qituvchi o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini egallashlariga erishiladi. O’qituvchi o’z tajribasida o’qitishning xilma-xil usullaridan foydalanishi mumkin. O’qituvchining intilishi, hatti-harakati darsda o’quvchilarning diqqat-ehtiborlari susaymasligiga, fikrlarning jamlangan bo’lishiga, ularning chambarchasliklariga yo’llangan bo’lishi kerak. O’qituvchi darsning har bir daqiqasini qadrlab, o’quvchilarni ham shunga o’rgatish kerak. Har bir o’qituvchiga o’z uslubi, o’z usulining o’ziga xosligigi ega bo’lish huquqi berilgan. Biroq shuni aytish mumkinki, bularning barchasiga mustahkam bilim, bir qarashda hammaga ravshan bo’lgan haqiqatlarni egallab olganlaridagina erishish mumkin.
O’z faoliyatini o’qituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi bo’lgan o’qituvchilar mana shu hammaga mahlum haqiqatni o’zlashtirishdan boshlashlari kerak. Ular darslarda suhbat, gapirib berish, amaliy mashg’ulotlar kabilardan foydalanib o’zlashtirganini tekshirish, yangi mavzuni tushuntirish va o’tilganini mustahkamlashni eng boshidan o’rganishlari lozim. Faqat barchaga mahlum haqiqatlar o’zlashtirgandan keyingina va sinfning imkoniyatlarini nazarda tutib, yangisini qo’llash mumkin.
Mehnat tahlimi bilimlarini egallash, o’zlashtirish, amalda qo’llash va o’quvchilarni rivojlantirish faol jarayonining muvaffaqiyati asosan o’qituvchining bilimi hamda ishga ijodiy yondashishiga bog’liq.
Mexnat tahlimini amaliy mexnat faoliyati bilan birlashtirish va ukuvchilarning ilmiy bilimlarini chukur uzlashtirishini tahminlashda tahlimning turli usullaridan foydalaniladi. Nazariy materialni tushuntirish chogida ukituvchi ukuvchilarning bilimlari va tajribasiga suyanadi. Ukuvchilar tomonidan bajariladigan barcha mexnatga oid xarakatlar nazariy bilimlarni bilishga tayanadi.
Kur-kurona taxminiy yul bilan egallangan kunikma va malaka tor mahnoda bulib, puxta bula olmaydi. Amaliy topshiriklarni tanlash mexnat tayyorgarligini nazariy va amaliy saviyasini kutarish vazifalariga buysundirilishi kerak. Ukuvchilarga berigan topshiriklar ularni ijodiy izlantirish, tahlim olish va adabiyotlar bilan ishlash malakasini shakllantirishi lozim.
Boshlangich sinflarda ish materiallarining mazmuni, xajmi va usullari ukuvchilarning tayyorgarlik boskichiga mos kelishi zarur. Ukuv materiallarini ukuvchilarga yetkazib berishda fakat soddalashtirish yuli bilan borish maksadga muvofik bulmaydi. Bunday yul bilan borish ukuvchilarning akliy rivojlanishi tahminlay olmaydi. Xar bir mavzuni urganishda soddadan murakkabga karab borish maksadga muvofikdir.
Ko’pgina o’qituvchilar o’qitishning turli metod va usullarini qo’llab shunungdek, sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli tashkil etib, yaxshi o’zlashtirish natijalariga erishmoqdalar va bilimga muhabbat hamda qiziqishlarini sindirmoqdalar. Bunday o’qituvchilar qo’l mehnatini o’rgatishda o’quvchilarga turmush sohasidagi bilim va ko’nikmalarni singdirish bilan birga, ularda ijodiy qobiliyatlarni va bilishga qiziqishini, mustaqil faollikni o’stirishga yordam bermoqdalar.
O’qitish usullari bilimlarni shunday darajada egallanishiga xizmat qilishi kerakki, unda o’quvchilar chizmani o’qituvchi chizgan o’lchamlar asosida emas, balki buyumni istalgan o’lchami bo’yicha chizib, egallagan bilimlarini amalda qo’llay olsinlar.
|