• GEOMETRIK SHAKLLI APPLIKATSIYАLAR.
  • GEOMETRIK FIGURALARDAN PREDMETLI APPLIKATSIYА
  • KO’P RANGLI APPLIKATSIYА
  • MUNDARIJA. KIRISH._ _______________________________________________2 1-BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MEHNAT TAHLIMINING MAZMUNI.
  • 11-BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MEHNAT TAHLIMIDAN AMALIY MASHG’ULOTLAR
  • ADABIYОTLAR RUYXATI 1.
  • QOG’OZDAN APPLIKATSIYА VA UNING TURLARI




    Download 469,5 Kb.
    bet9/9
    Sana29.12.2019
    Hajmi469,5 Kb.
    #6174
    1   2   3   4   5   6   7   8   9

    QOG’OZDAN APPLIKATSIYА VA UNING TURLARI
    Applikatsiya - badiiy asarlar yaratishning eng sodda va oson usulidir. Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlaridagina ko’rgazmali qog’ozlar turli o’yinlar uchun qo’llanmalar, uyinchoqlar, bayroqchalar, suverinlar, devoriy ro’znomalar, stendlar, ko’rgazmalar va kostyumlarni tayyorlashdagina emas, balki kartina, pano naqshlarni va shu kabilarni yaratishda ham keng qo’llash imkonini beradi.

    Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir. Applikatsiya 2500 yil muqaddam ko’chmanchi xalklarda paydo bo’lgan. Applikatsiya bilan kiyim-bosh, turar joylar bezatilgan. Applikatsiya ishida asosiy material qog’ozdir, dazmollangan va kraxmallangan gazlama bulakchalaridan ham foydalanish mumkin. Bu materiallar bilan bir qatorda samon qo’ritilgan o’simliklar urug’i - danak, barglar shu kabilardan ham foydalanadilar.

    Qog’ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul tushurilgan- barxat, kumush va bronza, rasm solish va chizmachilik qog’ozi navlari applikatsiya uchun yaroqlidir.

    Applikatsiya ishlari doimo xotirada saqlanishi haqida majburiy qoida sifatida bajarilishi lozim bo’lgan izchillikda ado etiladi. Eng oddiy applikatsiyalar bu goemetrik figuralardan qilingan applikatsiyalardir.

    Applikatsiyada avval eskizi tuziladi, so’ngra kerakli detallar o’lchami va miqdori hisoblanadi. Detallarni tayyorlab mahlum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi detaldan boshlash kerakligi aniqlanadi. So’ngra tayyorlangan materiallar bir-biriga yopishtiriladi.

    GEOMETRIK SHAKLLI APPLIKATSIYАLAR.

    Bajarilish texnikasiga ko’ra applikatsiyaning eng oddiy turlaridan biri geometrik shaklli appilkatsiyalardir.1 va 3 sinf o’quvchilari geometrik shaklli applikatsiyani bajarishda qo’yidagi bilimlarni egallaydilar.



    1. Geometrik shakllar: kvadrat, to’g’ri burchak, uchburchak, aylanani qog’oz bo’lagidan va o’lchov asboblari yordamida hosil bo’lishi haqidagi mavjud bilimlarni mustahkamlaydilar.

    2. Badiiy didni o’stiradi, rasm darslarida polosa, doira, kvadratda ornamentlar tuzish bo’yicha olingan bilimlarni chuqurlashtiradilar.

    3. Ayrim predmetlarni detalma-detal tahlil qilib geometrik shakllarni to’g’ri idrok etishni o’rganadilar.

    4. Bolalarni “ko’p, kam, uzunasiga, ko’ngdalangiga, qism va qatlam, ikki qismga qirqish, to’rt qismga, teng qismlarga” kabi tushunchalari mustahkamlanadi.

    5. Bolalar ranglar uyg’unligini to’g’ri tanlashni o’rganadilar. Ularda estetik did tarbiyalanadi. Geomterik shaklli applikatsiyalarni ham dekorativ-ornament, predmet, syujetli applikatsiyalarga ajratish mumkin.



    GEOMETRIK FIGURALARDAN PREDMETLI APPLIKATSIYА.

    Bolalarni predmetlarni fazoviy idrok etishini rivojlantirish kerak. Buni atrofimizni o’rab turgan narsalar: uy, archa, darxt, mashina, idish-tovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada geometrik shakllar bilan ifodalash mumkin.

    Rangli qog’ozlardan olingan doiralar va ularning qismlari bilan applikatsiya bo’yicha juda ko’p geometrik ishlarni bajarish mumkin. Doiralarni har birini shunday joylashtirish kerakki, pufak kabi oddiy shakllarni bajarishni 1-sinfdanoq boshlash mumkin. 2-3 sinflarda murkabroq va atroflicha tasavvurni, badiiy erishish yo’lida

    qathiyatlik, tartiblik tarbiyalanadi.

    Uyushqoqlik bilan ishlash ko’rsatmalariga rioya qilish, tashabbuskorlik ko’rsatish ko’nikmalari shakllanadi. O’quvchilar tayyorlagan applikatsiyalar ona tili va matematika darslari uchun ajoyib didaktik material, o’quvchilar nutqini o’stirish vositasi bo’lishi, ularning predmetldari shakli, rangi, fazoda joylashishi haqidagi tushunchalarini boyitishga xizmat qilishi mumkin.

    KO’P RANGLI APPLIKATSIYА

    Ko’p rangi applikatsiyalarni qirqish ancha murakkab ish bo’lib, tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu turdagi applikatsiyalarni bajarishda fonni tanlash juda muhimdir. Fon ifodalangan predmetlar rangidan ochroq bo’lishi kerak. Ana shunda predmet xuddi bo’rtib turgandek yorqin ko’rinadi. Hammasi o’ylagan asarga bog’liq. Fondda joylashgan detallar rangi ham shunga qarab tanlanadi, detallarning tabiiy joylashishi va o’lchamlarining uyg’unligiga ehtibor berish kerak. Bu ishlarning bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim detallar oldindan belgilamay qirqiladi, ayrim detallar esa belgilangan eskizlar bo’yicha qirqiladi.

    Ko’p rangli applikatsiyalardan biri dekorativ applikattsiyalardir. Dekorativ applikatsiya - naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlangan hodisa harakatlar uyg’unligini aks ettiruvchi manzaralardan iborat bo’lishi mumkin.

    Dekorativ applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa materillardan olishlari, ayrim elementlarni qo’lda yaratishlari mumkin. SHarq naqshi applikatsiyasining bu turi uchun boy material hisoblanadi. Dekorativ applikatsiya bir va ko’p rangli bo’lishi mumkin.

    SHakliga ko’ra ornamental cheksiz va cheklangan bo’ladi. CHeksiz ornamentda uni tashkil etuvchi ayrim elementlar ritmik yoki simmetrik almashinib turadi. Bu elementlarning rangi, shakli bir xil bo’lishi mumkin.

    CHeklangan ornament bir shakl – kvadrat, to’g’ri burchak, doira, oval, va shu kabilar ichiga joylashadi yoki erkin kompanovka qilinadi. Undagi elementlar ham xuddi shunday fazoviy uyg’unlikda bo’lishi kerak.




    BADIIY APPLIKATSIYА

    Mavzuli ishlarni yaratish faqat mehnatga emas, balki badiiy tayyorgarlikni ham talab qiladi. Mehnat tahlimi darslarida applikatsiya ishlarini bajarilish texnikasi o’rganiladi.

    Rangdor surat applikatsiya mavzusining elementlarini o’quvchilar turli bayramlarga bag’ishlangan (tabriknomalar, ochiq xat muqovasini, yo’l belgilari) ishlarini bajaradilar. Ish mavzu va fikr tanlashdan boshlanadi. Quticha ochiq tondagi qog’oz fon tarzida tanlanadi. Applikatsiyaga qaratilgan asarning yaratilishi va elementlar miqdori qog’ozni tashlashni belgilaydi. Asarni yaratish ustida ishlagan asosiy ehtibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarni tanlashga qaratiladi.

    Asarni yaratish hajmiga ko’ra eng katta element asosiy mavzu elementi bo’lishi mumkin. Buklash yo’li bilan yasaladigan ko’rsatmali qurollar va ularning yasalishi yo’llari



    MUNDARIJA.
    KIRISH.________________________________________________2

    1-BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MEHNAT TAHLIMINING MAZMUNI.

      1. Boshlang’ich sinflarda mehnat tahlimi va tarbiyasining vazifalari.________________________________________3

      2. Boshlang’ich sinflarda mehnat tahlimining mazmuni._____7

      3. Mehnat darsining maqsad va vazifalari.______________11

      4. Mehnat tahlimining shakl va metodlari.______________13

      5. Mehnat darslarida qo’l mehnatining usullari._________21

      6. Boshlang’ich sinflarda mehnat darsining olib borilishi.24

      7. Mehnat darslarida o’quv jarayonini tashkil etish.______27

      8. Boshlang’ich sinflarda mehnat tahlimidan amaliy ishlar.32

      9. Boshlang’ich sinf mehnat darslarida iqtisodiy bilim tushunchalarini shakllantirish.______________________35

      10. Mehnat darslarining ish unumini oshirish usullari.___38

      11. Mehnat tahlimida sinfdan tashqari ishlar.___________40

      12. Applikatsiya ishlarining bajarilishi va uning turlari._45

      13. Qishloq xo’jaligi mehnati darsining mazmuni va undan foydalanish usullari.__________________________________________49

      14. Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi._____________53

      15. O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar merosidan foydalanish______________________________55

      16. Mehnat darslarining ishlanmasini tuzish_____________58

      17. Qog’oz va karton bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi._______________________________________60

      18. Turli tabiiy materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi.__________________________________63

      19. Plastilin va loy bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi________________________________________68

      20. Applikatsiya va mozayka bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi.___________________________________71

      21. Gazlama bilan ishlash darsini tashkil etish metodikasi._74

      22. Yumshoq o’yinchoq yasash darsini tashkil etish metodikasi._76

      23. Konstruktorlik vamodellashtirishishlari darslarini tashkil etish metodikasi.____________________________79

    11-BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MEHNAT TAHLIMIDAN AMALIY MASHG’ULOTLAR.

    2.1 Boshlang’ich sinfda qo’l mehnatining ahamiyati----------82

    2.2 Qog’oz turlari---------------------------------------------------82

    2.3 Qog’ozdan amaliy ishlar---------------------------------------84

    2.4 “Lola” ko’rsatmali quroli.-----------------------------------85

    2.5 “Qaldirg’och” ko’rsatmali quroli.---------------------------86

    2.6 “Qurbaqa” ko’rsatmali quroli.------------------------------86

    2.7 “Xo’rozcha” ko’rsatmali quroli.------------------------------87

    2.8 “Kobra” ko’rsatmali quroli.---------------------------------87

    2.9 “Baliq” ko’rsatmali quroli----------------------------------87

    2.10 “Qushcha” ko’rsatmali quroli.-------------------------------88

    2.11 “Stakan” ko’rsatmali quroli.-------------------------------88

    2.12 “Xo’tikcha” ko’rsatmali quroli.-----------------------------88

    2.13 “Yulduzcha” ko’rsatmali quroli.-----------------------------89

    2.14 “CHo’ntakcha” ko’rsatmali quroli.------------------------ ----89

    2.15 “Quticha” ko’rsatmali quroli---------------------------------89

    2.16 “Sichqoncha” ko’rsatmali quroli.-----------------------------90

    2.17 “Xaltacha” ko’rsatmali quroli.-------------------------------90

    2.18 “Turna” ko’rsatmali quroli.---------------------------------90

    2.19 “Dars jadvali” ko’rsatmali quroli.-----------------------90

    2.20 “Quloqli shapka” ko’rsatmali quroli.---------------------91

    2.21 “Soyabonli shapka” ko’rsatmali quroli---------------------91

    2.22 “Buzoqcha” ko’rsatmali quroli.-------------------------------92

    2.23 “Quyoncha” ko’rsatmali quroli.--------------------------------92

    2.24 “Pirpirak” ko’rsatmali quroli.----------------------------92

    2.25 “Elkanli qayiq” ko’rsatmali quroli.----------------------92

    2.26 Qog’ozdan applikatsiya va uning turlari -------------------
    ADABIYОTLAR RUYXATI
    1. Tahlim to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997 yil T.,“SHarq” nashriyoti)

    2. Kadrlar tayyorlash buyicha milliy dastur.( Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997 yil T.,“SHarq” nashriyoti)

    3. I.A.Karimov O’zbekistonning siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T., “O’zbekiston”

    5. R.A.Mavlonova ,O.T.To’raeva , K.M.Xoliqberdiev “Pedagogika” T., “O’qituvchi” 1998 yil

    6. X.Sanaqulov ,M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy ishlar” 1996 yil

    7. R.A.Mavlonova ,Garoxova,Ogluzdina O., “Mehnat tahlim metodikasi” T., “O’qituvchi” 1986 yil

    8.SHumulevich N.M.“Qog’ozdan texnik modellar yasash” T.,“O’qituvchi” 1989 y

    9. Vorobg’yov A.SH. “Konstruktorlik va modelleshtirish” T., “O’qituvchi”1989 yil

    10. R.Mavlonova “Birinchi sinf mehnat darslari” T. “O’qituvchi” 1986 yil

    11. R.Mavlonova “Ikkinchi sinf mehnat darslari” T.”O’qituvchi” 1987 yil.

    12. R.Mavlonova, G.Maxmudova “Mehnat” Ikkinchi sinf o’quvchilari uchun darslik. T. “O’qituvchi” 1992 yil.

    13. R.Mavlonova, G.Maxmudova “Mehnat” Uchinchi sinf o’quvchilari uchun darslik. T. “O’qituvchi” 1993 yil.

    14. R.Mavlonova, I.Mannopova “Mehnat” To’rtinchi sinf o’quvchilari uchun darslik. T. “O’qituvchi” 1995 yil.

    15. R.Mavlonova “Turtinchi sinfda mehnat darslari” T.”O’qituvchi” 1989 y.

    16. R.Hasanov, H.Egamov “Tasviriy sahnat va badiiy mehnat”T. “O’qituvchi” 1997 yil.

    . 17. Perevertenv. “O’quvchilarda ijodkorlikni shakillantirish”.T. “O’qituvchi”. 1990y.

    18. P.Magzumov. ”O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.






    Download 469,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 469,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    QOG’OZDAN APPLIKATSIYА VA UNING TURLARI

    Download 469,5 Kb.